• O‘zbekiston Respublikasida B2B sektorining rivojlanishi
  • O‘zbyokiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti




    Download 6.05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/153
    Sana06.07.2023
    Hajmi6.05 Mb.
    #76399
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153
    Bog'liq
    Elektron tijorat Moliya universiteti
    stress profilaktikasi, Natural sonlar 1, 26-29, 1, google, Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari
    marketplaces) o‘ynaydi. Biznesning B2B modelida savdo maydonchalari 


    56 
    ishtirokchilarga bir nechta asosiy vazifalarni ta’minlaydilar. 
    5.5. Rasm. Elektron biznes texnologiyalari (ta’minoti). 
    Birinchi vazifa – bu umumiy apparat va dasturiy asos (platforma)da 
    ta’minotchi va iste’molchilarga ma’lumotlar yetkazish. Bu orqali savdo 
    kompaniyalari zaruriy axborotlarni ta’minlaydiva tranzaksiyalarni bajaradi. 
    Ikkinchi vazifa – onlayn to‘lov, logistika va dinamik savdo imkoniyati kabi 
    xizmatlar taklifi. Savdo maydonchalarining yana bir vazifasi – limitlash, byudjetlash, 
    kreditlash va yig‘ma chegirmalar mexanizmlarini taqdim etish (rasm 5.4.). 
    Hozirgi kunda elektron savdo maydonchalari jo‘shqin rivojlanish 
    bosqichidadir. Elektron savdo maydonchalari turlarini, tashkillashtirish modellarini, 
    boshqaruv xususiyatlarini va misollarni kengroq ko‘rib chiqamiz. Elektron savdo 
    maydonchalari ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha rivojlanadi. Yo tor sohaga, yo 
    sohalararo jarayonlarga yo‘nalib, mos ravishda yo vertikal, yo gorizontal 
    birlashmalarni hosil qiladi. 
    O‘zbekiston Respublikasida B2B sektorining rivojlanishi 
    «Ideal» holatda B2B andoza bo‘yicha elektron tijorat yuritish tadbirkorlarning 
    avtomatik o‘zaro aloqadorligini ko‘zda tutadi. Xorijda B2B andozasi 40 yil oldin 
    paydo bo‘lgan va keng tarqalgan. B2B andozasidan foydalanishning ikki ko‘rinishi 
    bor: 
    Birinchisi: ikki yoki undan ortiq korxonalar o‘zaro turli xil shartnomalar 
    tuzadi. Misol: korxonalar Internet orqali shartnoma tuzishda o‘z takliflarini 
    yuborishlari, hisob varaqalarini qabul qilishlari va to‘lovlarni amalga oshirishlari 
    mumkin. 
    Ikkinchisi: B2B sektorida elektron tijorat yuritishning rivojlangan 
    tizimlarining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, korporativ axborot tizimlari bilan 
    integratsiya hisoblanadi. Shunday qilib, istiqbolda, nafaqat xarid va sotuv 


    57 
    jarayonining avtomatlashuvi, balki korxona boshqaruvining kompleks avtomatlashuvi 
    masalalari yechimi ham ta’minlanadi. 
    Ichki bozor doirasida elektron tijoratning bu yo‘nalishi ichki ishlab 
    chiqaruvchilar orasida yangi tijorat aloqalarini vujudga keltirishga yordam berdi
    shuningdek, materiallar va uskunalarni xarid qilish jarayoni sezilarli darajada 
    yengillashdi. Xalqaro darajada B2B andoza bizning ishlab chiqaruvchilarga dunyo 
    bozorida ishtirok etishiga keng imkon yaratdi. 
    B2B andozasini qurish va muvaffaqiyatli faoliyat yuritish maqsadida 
    mo‘ljallangan bozor segmenti shu kabi yechimlarni qabul qilish va joriy etishga 
    tayyor bo‘lishi lozim. Bozorning bu segmenti bir necha tasnifga ega bo‘lishi kerak. 
    Ularning eng ahamiyatlisi quyidagilardir: hajmlilik va sig‘imlilik. Tabiiyki, Shimoliy 
    Amerika, G‘arbiy Yevropa va bizning bozorlar uchun hajm bo‘yicha ko‘rsatkichlar 
    keskin farqlanadi. 
    Turli xil korxonalar va ishtirokchilar bozorning bu segmentida har biri o‘z 
    maqsadini ko‘zlaydi, lekin B2B andozasini tadbiq etib, undan foydalanishda hamma 
    yutishi mumkin. Texnologik yechimlarni yetkazib beruvchilar B2B andozasini 
    amalga oshirishda o‘z mahsulotlari texnologiya va ilmlarini sotuvdan va keyinchalik 
    bu bo‘yicha elektron tijorat jarayonini olib borish funksiyalarni amalga oshirishdan 
    yutishadi. 
    Ta’kidlab o‘tish lozimki, ko‘p hollarda korxonalar axborot resursining egasi 
    yoki to‘la huquqli hamkori bo‘lib qoladi va uning faoliyatidan foyda olishda 
    qatnashadi. 

    Download 6.05 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   153




    Download 6.05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbyokiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti

    Download 6.05 Mb.
    Pdf ko'rish