58
buyurtmachilar takliflari bilan o‘rganib chiqish zarurati bo‘lganida
katalogli model
qo‘l keladi va nihoyat, bu modelni talab yetarlicha bo‘lgan va narxlar kamdan - kam
o‘zgarganida qo‘llash yaxshi samara beradi.
Auksion (kim oshdi savdosi) - narxlar qayd etilmagan, balki oldi-sotdi
jarayonida o‘rnatilgandagi savdo tashkiloti maydonchasi modeli. Bu model
nostandart, o‘z yo‘nalishidagi yagona yoki sifati tez o‘zgaruvchi
mahsulotlar
(xizmatlar, mahsulotlar) narxini aniqlashga o‘z yondoshishlari bo‘lgan kompaniyalar
tomonidan sotib olinganda yoki sotilganida ishlatiladi. Bu guruhga kamyob
buyumlar, kapital uskunalar, avval ishlatilgan mahsulotlar,
zaxiralar va boshqalar
kiradi.
Birja shunday savdo maydonchasiki, u yerda narx talab va taklif asosida
belgilanadi, buning natijasida kuchli o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Bu model
mahsulot va taklifni vaqtinchalik kelishuvini ta’minlaydi. U talab va taklifni real vaqt
davomida kelishish mexanizmini tashkil qilishni, bozor narxini aniqlashni, shu bilan
birga ro‘yxatta olish jarayoni va oldi-sotdi jarayonini o‘tkazishni talab qiladi. Bu
model keng tarqalgan mahsulotlar uchun ma’qul hisoblanadi.
Birja modeli talab va taklif notekis bo‘lgan bozorda o‘ziga kengroq jalb etadi.
U bozor ishtirokchilari uchun ortiqcha yoki yuqori bo‘lgan
talabni boshqarishga
yordam beradi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, birjalar bir qancha holatlarda
kompaniyalarga anonim holda oldi - sotdi qilishga imkon beradi, masalan, ovoza
bo‘lish sotuvchi va xaridor tutgan o‘rnining raqobatbardoshligiga halaqit berishi
mumkin bo‘lgan holatida u katta ahamiyatga ega.
Ko‘pincha virtual
savdo maydonchalari bir emas, bir necha tashkilot
ishlarining ko‘rib chiqilgan modellarini baravar ishlatishadi, qachonki, bu holatlarda
mijozlar o‘zlarining imkoniyatlari darajasida savdo sxemalarini tanlab olishlari
mumkin.
Virtual savdo maydonchalarining yana bir o‘ziga xos xususiyati ularning
maxsuslashtirilganligidir. U quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- vertikal – biror-bir tarmoq yoki mahsulot turiga mo‘ljallangan;
- gorizontal (funksional) – ma’lum bir biznes-jarayonlarga mo‘ljallangan.