7-MAVZU. ELEKTRON TIJORAT TIZIMI FAOLIYATINI
BELGILOVCHI ASOSIY FAKTORLAR
1.Elektron tijoratda - umumiqtisodiy faktorlar
2.Elektron tijoratda IT-infratizim omillari
3.Electron tijoratda boshqarish faktorlari
4. Electron tijoratda huquqiy omillar
Tayanch so’zlar: umumiqtisodiy faktor, IT-infratizim omillar, identifikator, distributor – diler
Bir necha yillar avval Internet tarmog`i asosan malumotlarni pochta orqali
ma`lumot almashinuvi va fayllarni uzatishda foydalanilgan xolos. Lekin so`nggi
yillarda axborot texnologiyalari Internetni rivojlangan axborot tizimiga aylantiradi.
Bu tizim bir qancha axborot markazlarini birlashtirdi, jahon axborot resurs
markazlari, kutubxonasi, ilmiy va huquqiy axborotlar bazasi, ko`pgina davlat va
tijorat tashkilotlari, birja va banklarni o`z ichiga oldi. Ixtiyoriy tashkilot o’zining
www internetga ma’lumot abonentlik punktini aniq, butun dunyoga o`z ma`lumotini
tarqatishi mumkin. Katta qiziqish uyg`otayotgan soha bu elektron savdo va xizmatdir.
Bank kartasi orqali xarid qilish soni buyurtmalar tizimini yaratish bilan olib boriladi.
Internet katta bozor hisoblanib, er sharidagi barcha aholini jalb qilishi mumkin. Ochiq
kompyuter Internet tarmog`idan foydalanish, ma`lumot olish, taklif va xizmatga xaq
to`lash, maxsulot sotib olish va hisob kitob qilish imkonini beradi. Savdo-sotiq
62
kelishuvlari odatdagi bozor usulidan xaridorga qulay bo`lgan uy yoki ofisdan
foydalanishga o`tib bormoqda. Shuning uchun ham dastur va qurilma vositalarini
yaratuvchi, savdo va moliya tashkilotlari internetga tijorat faoliyatini olib borishga
turli ko`rinish va usullariga e`tiborni qaratmoqda, elektron savdoda xavfsizlikni
ta`minlash zarur. Savdo va serviz xizmati ko`rsatish korxonalari va bank bo`limlari
to`lov vositasi sifatida kartani qabul qiluvchilar xisoblanib, karta xizmatini o`tovchi
nuqtalari qabul qilish tizimini tashkil etadi. Elektron tijorat tizimi maxsulot etkazib
beruvchi va xaridor o`rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarini amalga oishrishga,
moddiy texnik ta`minotga va mahsulotni o`tkazish masalasini echishga qaratilgan.
Mahsulotni harakat jarayoni 6 turga bo`linadi. Egalik qiluvchi sub`ekt, yangi
mahsulot etkazib beruvchi - distributor – diler - chakana yoki ulgurji sotuvchi-
xoridor. Bu zanjirda faqat birinchi va oxirgi sub`ekt ishtirok etadi xolos. Zanjirda
o`zaro bog`langan juftliklarda elektron tijoratning tashkil etishning o`ziga xos
hususiyatlari mavjud. Bu jarayonda birinchi navbatda ko`p vaqt oluvchi murakkab
qo`l mexnatlarini avtomatlashtirish, buyurtma qabul qilish, talablarni kelishib olish,
tijoratga bog`liq boshqa ma`lumotlar bo`yicha fikr almashinishi. Elektron tijorat
samaradorligini oishirish uchun mahsulot etkazib beruvchi ishlab chikarish va
mahsulot etkazib beruvchi tashkilot orasida axborot almashinuvchi mavjud bo`lib,
doimiy ravishda kelishilgan bo`lishi zarur. Keng tarqalgan elektron tijorat:
1. Xarid boshqaruv tizimi;
2. Mahsulot etkazib beruvchini kuzatib borish tizimi to`liq bosqichi;
3. Sotuvning boshqaruv tizimi;
4. Mijozni kuzatib borish tizimining to`liq bosqichlari;
5. Sohalar (yo`nalishlar) bo`yicha (tarmoqlangan) elektron savdo maydonlari;
6. Elektron bozorlar yoki ko`p soxali savdo-sotiq maydonlari.
Bularni o`zaro bog`lash uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni xom
ashyo bilan ta`minlash tizimi integrallashgan, ya`ni o`zaro bog`langan bo`lishi zarur.
Elektron savdoning asosiy jarayonlari.
1.Ro`yxatga olish. Xaridor va sotuvchini ro`yxatga olish, o`zlarining manzil
yoki rikvizitlarini ko`rsatadilar, shundan so`ng identifiktor va parollarni oladilar.
Ro`yxatga olish. Tizimda xaridor va sotuvchi ro`yxatga olinadi, ya`ni o`z xaqidagi
ma`lumotlar ko`rsatiladi, Shundan so`ng mos keluvchi identifikator va parol
qo`yiladi. Ro`yxatga olish jarayonida savdo tizimi ishtirokchilari va uning poydevori
o`rtasida savdo qoidalariga rioya etish va pulli xizmat olib borishga oid holatlar
bo`yicha kelishib olishadi. Kelishuv ro`yxatga olish jarayonida amalga oshiriladi.
2.Axborotlarni joylashtirish. Foydalanuvchilar, tizim katalogidan foydalanib,
tegishli bo`limlarda mahsulotlarga bo`lgan talab yoki maxsulot etkazib berish
to`g`risidagi takliflar kiritiladi.
3.Ma`lumot izlash. Ma`lumot izlash qo`lda xarakatlantirib kataloglar
63
tarmog`idan yoki avtomatik ravishda maxsulotning kerakli ko`rsatkichlarini (nomi,
tashkiliy bahosi va x.z.) berish va ro`yxatini olish bilan amalga oshiriladi. Ma`lumot
olishning qulay usuli elektron pochta orqali olishdir. Bunda foydalanuvchi kerakli
mahsulot ko`rsatkichlarini beradi va har bir katalog o`zgarganda (ya`ni ayrim yangi
mahsulotlar paydo bo`lganda yoki ayrim mahsulotlar umuman yo`q bo`lganda) yangi
ma`lumot berilib boriladi.
4.Maxsulot xarid qilish. Xarid qilishning uch varianti: katalogdan taklif
etilayotganlardan ma`qulini tanlash, sotuvchi xabar berilgan savdoda ishtirok etish;
yoki o`zining biron bir mahsulot sotib olishga bergan xabaridan. So`nggi xolatda
buyurtmachi soni chegaralangan yoki chegaralanmagan mikdordagi sotuvchilarni jalb
qilishi va ma`lum Shartlarda (etkazib berish muddati, kam va ma’qul baho va x.z.),
o`ziga to`g`ri keluvchi ko`rsatkichli variantdagi taklifni tanlaydi.
5.Maxsulot sotish, xarid qilish jarayonidagi kabi usulda amalga oshiriladi.
Tomonlarning kelishuvini aniqlash. Savdoni kelishib olishgach yoki kelishuvlarning
boshqa shartlari kelishib olingach bir-birlarining rikvizitlari, koordinatalari olinadi.
6.Kelishuvni amalga oshirish. Kelishuv elektron raqamli imzo texnologisidan
foydalanish usuli bilan elektron tarzda amalga oshiriladi. Shuning bilan tomonlar
o`rtasida kelishuv bo`lganligi ishonchligi va savdo jarayonida erishilgan kelishuv
Shartlarini bajarilishiga erishiladi. Kelishuv majburiyatlarini bajarish ishonchligini
ta`minlash. Bu odatda iqtisodda qo`llanilib kelinayotgan mexanizmga asoslanadi,
farqi, xujjatning ya`ni kelishuv xujjatlarining elektron shaklda amalga oshirilishi.
Bundan tashqari savdo kelishuvni amalga oshirishda tavakallikga qisman barxam
beriladi. Xarid qilish tizimini boshqarish. Bu tizim moddiy – texnika resurslariga
bo`lgan talabni chop etish, mahsulot etkazib beruvchilarni izlash, ulardan tijorat
takliflarini olish, tender tashil etish konkurslar tashkil etish va hokaoqozoni o`z ichiga
oladi. Tashkilotni ta`minlash jarayonini nazorat qilish murakkab kechadi. Bu
jarayonlarni avtomatlashtirish amalga oshirishi bilan bu sohada samaradorlik oshadi
xarid qilish tizimi korxonaga maxsulot etkazib beruvchi bilan to`g`ridan to`g`ri
Internet tarmog`i orqali bog`lanish imkonini yaratadi. Bu tizim quyidagilarga
yaratilgan: - Korxonaning xarid qilish ishlarini tashkil etish sarf xarajatini
kamaytiradi; - xarid jarayonida nazorat darajasini oshiradi; - xarid tan narxini
kamayishi tufayli sarf xarakat kamayadi; - doimiy maxsulot etkazib beruvchilar
bozorini yaratish; - xarid maxsulotlari turlarini olish bilan tanlash darajasining
sezilarli darajada oshishi. Bunday tizim moddiy texnika vositalariga buyurtma berish,
maxsulot etkazib beruvchilarni izlash va ulardan tajriba xaqida taklif va tavsiyalar
olish, buyurtmalarni tender yoki auksion maydonlari va tarqatish, doimiy maxsulot
etkazib beruvchiga ishlab chikarish zaxiralarini to`ldirish rejalari haqida axborot
berish yuzasidan ma`lumotlarni chop etish. Bunday tizimdan foydalanish xarid sarf-
xarajatlarini 5-50% kamaytiradi. Xarid boshqaruv tizimining asosiy elementlari; -
64
mahsulot tekazib beruvchilarning qayd etilgan ro`yxati ma`lumotlar bazasi; -
maxsulot etkazib beruvchining maxsulot haqidagi yagona katalog; - tender asosida
savdo qilish tizimi; - xamkorlikda xarid qilish tizimi (bir qancha xaridorlarni
birlashtirib xarid qilish, xarid baxosini kamaytirish maqsadida); - haq to`lash tizimi; -
kelishuvga kredit ajratish va uni sug`urta qilish tizimi; - mantikiy (logistikani)
boshqaruv tizimi; - xarid qiluvchi maxsulot etkazib beruvchi o`rtasidagi turli xisob
tizimlarini birlashtirish moduli (buxgalter, omborxona); - ma`lumotlar xavfsizligi
tizimi. Xududiy tarqalgan yirik korxonalarda markazlashgan xaridni tashkil etish eng
samarali usul xisoblanadi va korporativ xarid tizimi deb yuritiladi. Bu tizimda
xaridga nisbatan nazorat kuchayadi, xarid uchun sarf bo`ladigan vakt qisqaradi, xujjat
almashinuviga ketgan harajat kamayadi. Bu xarid tizimini amalda tatbiq etishdan
olingan foyda tenderli avtomatlashtirilgan savdodan xarid qilinayotgan mahsulot tan
narxini kamaytirish va xizmatni osonlashtirish orqali ifodalanadi. Bu tizim
kompaniya raxbarlari va xodimlariga quyidagi amallarni avtomatlashtirilgan rejimda
bajarish imkonini beradi:
- ofis inventarlari, qurilma uchun ehtiyot qismlar va xizmat, ishlab chiqarishni
tashkil etuvchi qismlari, xom ashyo va boshka materiallarni sotib olish
buyurtmalarini generasiya qilish;
- kelib tushayotgan buyurtmalarni tahlil qilish, o`zgartirishlar kiritish, qo`llab
quvvatlash va rad etish;
- tender asosida maxsulot etkazib beruvchining natijalariga qarab tanlangan xaq
to`lashga sanksiya berish;
- internetda kompaniyaning ehtiyoji, rejalashtirilgan tenderi (muddati va Sharti),
haqida ma`lumot chop etish, Shuningdek, ro`yxatga olingan maxsulot etkazib
beruvchilarga narx xaqida so`rov va xarid, tender xaqida xabar etkazish;
- ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan kompaniyadan ishlatiluvchi mahsulotlar
bo`yicha anik vaqtda auksionlar o`tkazish;
- ular tomonidan ishlab chikarilayotgan maxsulotga rejalashtirilayotgan xarid
haqida avvaldan ma`lumotga ega bo`lish;
- Internet imkoniyatlaridan foydalanib, aniq bir vaktda auksionda ishtirok etish,
savdo natijalarini ko`rish va ancha past narxni taklif etish.
Elektron ta`minot tizimi tashqi katalog va elektron savdo maydonlari bilan
xamda, ichki korxona kataloglar bazasi bilan ishlash imkoniga ega. Internet – xarid
qilish tizimi ishlab chiqarish korxonasi va savdo tashkilotlariga mahsulot etkazib
beruvchilar foydasini kengaytirib, ular uchun ma`qul narxdagi mahsulotlarni olishga
imkon beradi. Bu o`z navbatida mahsulot ta`minlovchilarning mahsulot etkazib
beruvchilar o`rtasidagi kelishmovchiliklarga chek qo`yadi. Xarid qilish tizimi
ta`minot bo`limii xodimlari ish faoliyati samaradorligini oshiradi. Elektron tizim
orqali minglab mahsulot etkazib beruvchilarga takliflarni uzatish, ulardan kelgan
65
ma`lumotlarni taxlil etish va o`zi uchun afzal taklifni tanlab qabul qilishi mumkin.
Xaridor katta tashkilot bo`lsa elektron xarid tizimi orqali o`zaro munosabatni tartibga
keltirish mumkin. Bir necha yillar avval Internet tarmog`i asosan ma`lumotlarni
pochta orqali ma`lumot almashinuvi va fayllarni uzatishda foydalanilgan xolos. Lekin
so`nggi yillarda axborot texnologiyalari Internetni rivojlangan axborot tizimiga
aylantiradi. Bu tizim bir qancha axborot markazlarini birlashtirdi, jahon kutubxonasi,
ilmiy va huquqiy axborotlar bazasi, ko`pgina davlat va tijorat tashkilotlari, birja va
banklarni o`z ichiga oldi. Ixtiyoriy tashkilot o`zining www internetga ma`lumot
abonentlik punktini ochib, butun dunyoga o`z ma`lumotini tarqatishi mumkin. Katta
qiziqish uyg`otayotgan soha bu elektron savdodir u bank kartasi orqali xarid qilish
soni buyurtmalar tizimini yaratish bilan olib boradi. Internet katta bozor hisoblanib,
er sharidagi barcha aholini jalb qilishi mumkin. Ochiq kompyuter Internet
tarmog`idan foydalanish, ma`lumot olish, taklif va xizmatga haq to`lash, maxsulot
sotib olish va xisob kitob qilish imkonini beradi. Savdo-sotiq kelishuvlari odatdagi
bozor usulidan xaridorga qulay bo`lgan uy yoki ofisdan foydalanishga o`tib
bormokda. Shuning uchun xam dastur va qurilma vositalarini yaratuvchi, savdo va
moliya tashkilotlari internetga tijorat faoliyatini olib borishga turli ko`rinish va
usullariga e`tiborni qaratmokda, elektron savdoda xavfsizlikni ta`minlash zarur.
Ko`pchilik
kompaniyalar
ko`p
bosqichli
savdo
qilish
jarayonidan
foydalanadilar:
- boshlang`ich qiziqish uyg`otish (mijozni izlash);
- tovarlar pretenziyasini va reklama seminarini o`tkazish;
- xizmat ko`rsatish va tovar sotish shartlarini batafsil muxokama etish va
kelishuvga erishish;
- xizmat ko`rsatish va bevosita tovarni etkazish;
- tovardan foydalanishni o`rganish va maslaxat berish.
Elektron tijorat tizimi taraqqiyotini belgilovchi faktorlar.
Elektron tijorat texnologiyasi orasida keng qo`llanishi kutilayotgan yo`nalishlar:
- elektron pul yordamida o`zaro xisob-kitob qilish mexanizmi;
- elektron davlat tuzishni amalga oshirish konsepsiyasi;
- geografik jixatdan tarmoqlangan ishtirokchilarning xamkorlikdagi faoliyatini
yuritish texnologiyasi;
-kelishuvning
ma`lum
bosqichida
tomonlarning
aniqlanishi,
kerakli
ma`lumotlarni yig`ish, filtrdan o`tkazish va ma`lumotlarni aylanma xarakati
texnologiyasi.
Bunday texnologiya tarmoqdan foydalanuvchisiga axborot yuklamasini
kamaytiradi, kelishuvda tezlik oshadi va o`zaro bog`lanish sifati oshadi.
|