O‘zbyokiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti




Download 6.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/153
Sana06.07.2023
Hajmi6.05 Mb.
#76399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
Elektron tijorat Moliya universiteti
stress profilaktikasi, Natural sonlar 1, 26-29, 1, google, Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari
Boshqaruv omillari: 
 menejment darajasi; 
 aksionerlar va menejerlar o‘zaro munosabatlari xarakteri. 
Elektron tijoratning rivojlanishi umumjahon iqtisodining rivojlanishiga 
quyidagi sabablarga ko‘ra ta’sir ko‘rsatadi: 
 yagona axborot maydonini hosil qilish jarayonini jadallashtirish; 
 jahon bozorida barcha insonlarning amaldagi o‘zaro axborot 
almashinuvi mexanizmi yaratish; 
 markazlashmagan mahsulotlar, o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan alohida 
turdagi bozorlarni rivojlantirish; 
 elektron to‘lov tizimidan foydalanish orqali pul vositalari aylanuvini 
amalga oshirish; 
 olib-sotarlik 
hajmi 
kamayadi, 
ishlab 
chiqarish 
sohasiga 
sarmoyalarning kiritilishini kengaytirish; 
 yangi turdagi servis xizmatlarini yaratish; 
 mahsulot va xizmat bozorida ochiq raqobat uchun sharoit yaratish; 
 elektron tijorat bozorlarida yangi turdagi mahsulot va xizmat harakatlarini 
jonlantirish, xaridor uchun qulay shakldagi xizmat amalga oshirishdan iborat. 
Internet global tarmog‘ining paydo bo‘lishi bilan elektron tijorat ham barcha 
turdagi firmalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Avvallari, elektron 
axborot almashinuvi bilan shug‘ullanish imkoniyati faqatgina yirik kompaniyalarda 
mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib bu narsa oddiy holatga aylanib qoldi. Elektron 
tijorat nafaqat onlayn-tranzaksiyalarni, balki onlayn-marketing, hamkorlar va 
ta’minotchilar bilan onlayn-aloqada bo‘lish, elektron hujjat almashinuvi va 
boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. 
Bu soha– biznes yuritishning eng zamonaviy usuli bo‘lib, firmalarga, ulgurji 
savdogarlarga qo‘shimcha buyurtmachilarni jalb qilish hisobiga daromadlarni
oshirish, xarajatlarni qisqartirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ularni yakuniy 
iste’molchiga yetkazish sur’atini tezlashtirish imk onini beradi.
XX asrning so‘nggi o‘n yilligida “raqamli iqtisodiyot” degan tushuncha paydo 
bo‘ldi. Raqamli iqtisodiyot – bu, raqamli texnologiyalarga asoslangan bo‘lib odatda, 
uni internet-iqtisodiyot, elektron iqtisodiyot, yangi iqtisodiyot yoki veb -iqtisodiyot 
deb ham atashadi. 
Internet-iqtisodiyot o‘zining an’anaviy turidan ko‘p jihatlari bilan farq qiladi: 
kommunikatsiya, 
bozor 
tuzilishi, 
narx 
va 
shu 
kabilar. 
Hayotimizga 
internetiqtisodiyotning kirib kelishi natijasida kompaniyalar o‘z mahsulotlarini 
nafaqat mahalliy yoki mamlakat ichidagi xaridorlarga, balki butun dunyo bo‘ylab 
taqdim qilishi mumkin bo‘lib qoldi. Bugungi kunda elektron iqtisodiyot faqatgina 
elektron savdo bilan cheklanib qolmay, balki hayotimizning barcha jabhalarini-


16 
sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank ishi va boshqalarni ham o‘z ichiga qamrab olmoqda. 
Elektron biznes yoki internet-biznes - bu, yangi paydo bo‘lgan biznes-model 
bo‘lib, unda biznesga oid ma’lumotlarni almashish hamda tijoratga oid tranzaksiyalar 
axborot tizimlari yordamida avtomatlashtiriladi. Bunda, ma’lumotlarni o‘tkazish 
hamda veb-servislarni taqdim qilish uchun internet-texnologiyalardan keng 
foydalaniladi. Ushbu atama ilk marta 1996-yilda IBM korporatsiyasining sobiq bosh 
direktori Lui Gerstner tomonidan ishlatilgan. 
Sodda qilib aytganda, elektron biznes – bu, axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalari vositasida amalga oshiriladigan biznesdir. Elektron tijorat ham 
elektron biznesning bir bo‘lagi bo‘lib, unda tovar va xizmatlar kompaniyalar, 
iste’molchilar o‘rtasida ayirboshlanadi. Shuning uchun ham u elektron biznesning 
eng muhim, ajralmas qismi sanaladi. Elektron tijorat, odatda, o‘zida elektron biznes 
yuritishning savdo-sotiqqa oid sohasini aks ettiradi. Bundan tashqari, u biznes 
tranzaksiyalarining moliyalashtirish hamda to‘lovni amalga oshirish kabi 
bosqichlarini ham ifodalaydi. 
Jadal o’zgarayotgan zamonaviy bozor sharoitida kompaniyalar raqobatdoshligi, 
ko’p jihatdan, axborot tizimlarining qulayligi, aloqa va ma’lumot uzatish 
imkoniyatlariga asoslanayotgani hech kimga sir emas. Binobarin, mamlakatimizda 
elektron tijoratni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu masofani 
qisqartirish, vaqtni tejash hamda ish samaradorligini oshirishda ayni muddaodir. 
Xususan, bugungi kunda bank xizmatlari, elektron to’lovlarning yangi turlari hayotga 
tatbiq etilayapti, to’lov amaliyoti soddalashtirilayotir. Bularning barchasi, jumladan, 
axborot texnologiyalari taraqqiyotining hozirgi bosqichi sohaga oid huquqiy 
poydevorni yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda. Ayni paytda Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasida “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda 
ko’rib chiqilayotganining boisi ham shunda.
Jahon hamjamiyatining ko’zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, 
axborot texnologiyalariga (AT) bo’lgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan oshib borayapti. 
Iqtisodiy o’sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanishi 
axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo 
tajribasi shuni ko’rsatadiki erkin axborot oqimining ta’minlanishi bozor 
iqtisodiyotiga o’tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi. 
Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o’z aksini 
topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida 
erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining 
yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo’llanishi yotadi. O’zbekiston 
iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot 
texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, 
axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va 


17 
tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O’zbekiston uchun axborot 
texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim 
standartlarining 
oshishi, 
milliy 
telekommunikatsiya 
tarmoqlarining 
modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan 
jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion tayorligi mavjud bo’lgan holatdagina 
sodir bo’ladi. 
“Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni 
elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot 
almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni 
o’z ichiga oladi. O’z navbatida Elektron kommersiya tizimi uch sinfga bo’linadi:
- Chakana savdoni tashkil qilishbo’yicha (biznes-iste’molchi, B2C); 
- Biznes hamkor bilan aloqlar o’rnatish (biznes-biznes, B2B); 
- Iste’molchilar o’rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C); Misol; sifatida 
– virtual auksion www.Ebay.com ni keltirish mumkin.
Kompaniya axborot texnologiyalarini samarali qo’llash orqali iste’molchibilan 
ochiq munosabat o’rnatish, mahsulot va xizmatlar to’g’risida hamkor va mijozlarni 
tezkor axborot bilan ta’minlash, sotuvning alternativ yo’llarini, misol uchun tijorat 
saytlarida elektron do’konlar ochish va yaratish imkoni beradi. 
O’zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda, dunyo 
tajribasida keng qo’llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda. 
Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o’ynashi lozim; 
Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar 
qo’yilishiga yo’l qo’yilmaslik lozim;• Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, 
ushbu soha subyektlarini qo’llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish 
maqsadida aralishishi mumkin;• Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini 
ishlab chiqishda davlat hokimiyati Inernetning o’ziga xosliklarini inobatga olishi 
lozim;• Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo’linish va davlat chegaralariga 
bog’liq bo’lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo’lishi lozim. 
Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida 
tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o’z navbatida elektron tijorat 
infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida 
paydo bo’lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar 
inobatga olingan holda elektron tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini 
takomillashtirish bo’yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 
aprelda N613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 
yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” 


18 
tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda qo’llashda to’lov 
tizimini takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari 
Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab 
chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda.

Download 6.05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Download 6.05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbyokiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti

Download 6.05 Mb.
Pdf ko'rish