• Tayanch so’zlar
  • -MAVZU. “ELEKTRON TIJORAT” FANINING




    Download 6.05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/153
    Sana06.07.2023
    Hajmi6.05 Mb.
    #76399
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
    Bog'liq
    Elektron tijorat Moliya universiteti
    stress profilaktikasi, Natural sonlar 1, 26-29, 1, google, Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari
     
    2-MAVZU. “ELEKTRON TIJORAT” FANINING 


    19 
    MAQSADI VA VAZIFASI 
     
    1. “Elektron tijorat” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
    2. Elektron tijorat tizimini asosiy ko‘rinishlari va ularning qo‘llanilish ko‘lami. 
    3. Elektron tijorat tizimidan foydalanishning afzallik va kamchiliklari.
     
    Tayanch so’zlar: Elektron tijorat, elektron kapital harakat, internet-marketing, B2B - korxona 
    – korxona, B2S - korxona - iste‘molchi, S2S - iste‘molchi - iste‘molchi, S2B - iste‘molchi –korxona.
    Elektron tijorat (inglizcha, “electronic commerce” yoki “e-commerce”) – bu, 
    iqtisodiyotning zamonaviy sohasi bo‘lib, u Internet va boshqa turdagi kompyuter 
    tarmoqlari kabi elektron tizimlar orqali mahsulotlar yoki xizmatlarni sotish hamda 
    sotib olishni o‘z ichiga oladi. Elektron tijoratni amalga oshirishda elektron kapital 
    harakati (electronic funds transfer, EFT), ta’minot zanjirini boshqarish (supply chain 
    management), internet-marketing, tranzaksiyalarni onlayn rejimida qayta ishlash 
    (online transaction processing), elektron axborot almashinuvi (electronic data 
    interchange, EDI), moddiy-texnikaviy resurslarni boshqarish hamda ma’lumotlarni 
    avtomatik ravishda yig‘ish tizimlari kabi texnologiyalardan foydalaniladi. 
    Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, "elektron tijorat" tushunchasiga qat‘iy ta‘rif 
    berish bugungi kunda oddiy ish emas. Gap shundaki, bir tomondan, ommaviy axborot 
    vositalarida va taniqli nashriyotlarda elektron tijorat mahsulotlarni Internet orqali 
    sotib olish, deya ta‘riflanadi. Ikkinchi tarafdan, ixtisoslashtirilgan nashriyotlarda 
    elektron tijoratning juda ko’p ta‘riflari keltiriladiki, ularda ushbu global xodisaning u 
    yoki bu hususiyati, qirralari qayd etiladi. Umumiy holda bu erda "elektron" va 
    "tijorat" so’zlarini tashkil etuvchilari butungi kun hisobi bilan qanday ma‘no 
    anglatishini bilib olish lozim. SHundan kelib chiqqan holda, elektron tijorat 
    tushunchalarini amaliy nuqtai nazardan aniqlashtirish bilan chegaralanamiz.
    Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, to’lovni 
    amalga oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) etkazib berilishidagi boshqaruvda 
    qatnashuvni o’z ichiga oluvchi operatsiyalarning (amallar) yopiqssiklli texnologiyasi 
    tushuniladi. Ushbu amallar (operatsiyalar) axborot texnologiyalari va elektron 
    vositalar yordamida o’tkazilib, egalik qilish yoki ishlatish huquqini bir yuridik 
    (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga o’tishi ta‘minlanadi.
    Keltirilgan ta‘rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa so’zlar 
    bilan elektron tijorat tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bo’lgan maqsadni 
    o’zida aks ettiradi. Haqiqatda bugungi kunda faqat takomillashgan elektron tijorat 
    tizimlarigina barcha tijorat kelishuvlar to’liq jarayonlarini (operatsiyalar) elektron 
    yo’l bilan amalga oshirlishini ta‘minlaydi. Keyinchalik biz shunga amin bo’lamizki, 
    elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan tizimlarning asosiy qismi amallar 


    20 
    (operatsiyalar) bajarilishining elektron va odatiy usullari, masalan, tovar va xizmatlar 
    to’lovini o’z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan ta‘rifda "savdo" va "Internet" so’zlari 
    yo’q bo’lishiga sabab shuki, elektron tijoratda savdo xususiy holat va Internet 
    elektron tijoratni kiritish bo’yicha axborot texnologiyalari vositalaridan biri 
    hisoblanadi. Elektron tijoratda Internet imkoniyatlari 90-yillardan faol ishlatila 
    boshlandi. Elektron tijoratning o’zi esa bundan uzunroq tarixga ega.
    Elektron tijorat tushunchasining paydo bo’lishi 1948 yilda G’arbiy Berlinni 
    kerakli material-texnik xom ashyo bilan ta‘minlash uchun G’arbiy mamlakatlar 
    tomonidan bunyod etilgan havo (avia) ko’prikni tashkillashgirish ishlarida 
    qo’llanilgan amaliyot bilan bog’lanadi. Ushbu ko’prik deyarli 11 oy faoliyat 
    ko’rsatib, shahar ehtiyojlari to’g’risida juda tez va aniq ma‘lumotlar uzatilishini talab 
    qilgan.
    Agar Berlin avia ko’prigini elektron tijoratning paydo bo’lish nuqtasi yoki 
    alohida epizodi hisobida ko’rsak, 30 yillik AT&T korporatsiyasi loyihasining ish 
    faoliyati boshlanishini elektron tijorat tizimi faoliyatining boshlanishi, deya hisoblash 
    mumkin. Loyihaning asosiy g’oyasi AT&T korporatsiyasi telefon chaqiruvlarini 
    operator orqali qayta ishlovning narxini kamaytirish uchun chaqirilgan abonentlar 
    shaharlararo so’zlashuv uchun hisobini avtomatik usuli kashf etilganligida va 
    patentlanganligida tashkil topdi va bu o’z navbatida, 800 talik raqamlar xizmatining 
    tashkil topilishiga asos bo’ldi. AQSHda, misol uchun, har yili bu xizmat orqali 100 
    mlrd. dollarlik shartnoma tuziladi. So’ngi yillar hisob-kitoblariga ko’ra, AQSHda 
    elektron tijorat hajmi 170 milliard dollardan oshib ketgan. Evropada esa bu 
    ko’rsatkich 140 milliard dollarga etganligi taxmin qilinmoqda.
    Rossiya va MDH davlatlarida On-line biznesning tovar aylanish hajmi hali 
    unchalik katta emas. Ekspertlarning baholashicha, so’ngi yillarda u 17 milliard 
    dollarga tenglashgan bo’lsa-da, o’sish sur‘ati yiliga 40-60 foizni tashkil etmoqda. 
    Internet tarmog’i paydo bo’lguncha bir necha yillar davomida elektron tijorat 
    turli xil ma‘lumotlarni uzatish elektron tizimlariga asoslangan. EDI (Elestronic Data 
    Interchange - ma‘lumotlar elektron almashinuvi), EFT (Electronic Funds Transfer-
    fondlarning elektron almashinuvi), E -Mail (Elestronic Mail - elektron pochta) 
    elektron tijorat tizimlarining butun bir qatorida yuqoridagi ma‘lumotlarni almashish 
    tashkiliy usullaridan hozirda ham foydalaniladi. Internet elektron tijoratning butun 
    dunyo bo’yicha tarqalishi uchun eng istiqbolli vosita bo’lishiga qaramasdan, elektron 
    tijorat rivojlanishining axborot texnologiyalari nuqtai nazaridan bu vosita optimallik 
    o’rnini egallay olmaydi. Biroq aynan global tarmoq elektron tijoratning rivojlanishiga 
    qattiq turtki berdi va u katta korporatsiyalargagina emas, balki kichik va o’rta 
    tadbirkorlarga hamda alohida shaxslarga ham foydalanish imkoniyatini berdi. Bu 
    bilan mahsulot etkazib beruvchilar va iste‘molchilarning tobora kengroq doirasini 
    elektron tijoratga jalb etish mumkin bo’ldi. Elektron tijorat kundan - kunga tovar va 


    21 
    xizmatlar assortimentini oshira boshlagan sari alohida shaxslarni, korxonalarni, 
    sohalarni, davlat muassasalarini va nihoyat davlatlarni bir hamjamiyatga birlashtirib, 
    hamkorlarning o’zaro ta‘siri axborot va telekommunikatsion texnologiyalar 
    yordamida samarali va to’siqlarsiz kelishuvlarga erishishiga imkon berdi.
    Elektron tijorat o’z - o’zidan mahsulot sotish va xizmat ko’rsatish va etkazib 
    berish shartnomalarini tuzishda iikita: moddiy va nomoddiy oqimlar, oqim xizmati 
    bilan bog’liq: Nomoddiy oqimlar nomoddiy tovarlar (dasturiy ta‘minot, bino 
    loyihalari va b.) ni to’g’ridan - to’g’ri tarmoqli uzatish, moddiy xizmatlar (transport 
    chiptalari, mehmonxonalarda xonalar va x.z. buyurtmasi)ning to’g’ridan - to’g’ri 
    tarmoqli bajarilishi, hamkorlar (mijozlar, buyurtmachilar, etkazib beruvchilar, 
    subpudratchilar, banklar va b.) bilan moliyaviy tarmoqli hisobotlar, moddiy 
    xizmatlarni etkazib berishni axborot va telekommunikatsion qo’llab - quvvatlash 
    natijasida yuzaga keladi. Bunday oqimlar u yoki bu virtual tijorat faoliyati natijasida 
    umumiy oqimlarning sezilarli, ba‘zida esa juda katta qismini tashkil etadi. Tabiiyki, 
    nomoddiy oqimlarga xizmat ko’rsatishda elektr vositalarning ishlatilishi ish 
    jarayonlarini tezlashtirishga, oqibatda, elektron tijoratning rivojlanishiga olib keladi.
    Elektron tijorat yuritishning andozalari.
    Hozirgi elektron tijorat yuritishning turli xil andozalari qariyb barcha mamlakatlarda, 
    iqtisodiyotning turli sohalarida, turli xil hajmdagi korxonalarda shuningdek davlat 
    muassasalari va turli darajadagi vakolatli qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
    hokimiyat organlarida tarqalmoqda. Bu andozalarning umumiy -qabul qilingan tasnifi 
    asosiga shartli ravishda mahsulot etkazib beruvchi va xaridor deb nomlash mumkin 
    bo’lgan elektron tijoratning o’zaro aloqador tomonlari turlari qo’yilgan. Bu tavsifning 
    mazmuni shundan iboratki, elektron tijoratni yuritish andozalari mahsulot etkazib 
    beruvchi va xaridorlarning aniq turlariga qarab farqlanadi.
    Mahsulot (tovar) etkazib beruvchi va xaridorlar turkumiga quyidagilar kiradi:
    Davlat (Government).
    Korxona (Business).
    Mijoz, iste‘molchi (Consumer).
    Hamkor (Partner).
    Korxona xodimi (Executive, emploee).
    Andoza belgilanishi mahsulot etkazib beruvchi va xaridor nomlanishidan 
    tuziladi. Misol: Ingliz tilida (Business to business) yoki o’zbek tilida (korxona-
    korxona) Business to consumer-korxona-iste‘molchi. Andozaning qisqartirilgan 
    belgilanishi sotuvchi va xaridorning ingliz tilidagi nomlari bosh xarfidan tuziladi va 
    ular o’rtasida ―2‖ raqam qo’yiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlangan mamlakatda 
    turli xil darajada quyidagi andozalardan foydalaniladi: B2B, B2S, V2R, V2E, 
    S2B.S2S, V2G, G2R, G2V: (davlat - korxona) va R2G (hamkor -davlat).
    Elektron tijorat andozalar tasnifi.


    22 
    Iqtisodning davlat sektori. Iqtisodning korporativ (xususiy) sektori:
    Yirik biznes; B2B; V2R; V2E; B2S.
    SHimoliy Amerika, G’arbiy Evropa va Rossiya mamlakatlarida hozirgi paytda eng 
    keng tarqalgan elektron tijorat yuritish andozalari quyidagilar:
    B2B - korxona - korxona
    B2S - korxona - iste‘molchi
    S2S - iste‘molchi - iste‘molchi
    S2B - iste‘molchi -korxona
    "Korxona -korxona" andozasi xususiyatlari.
    "Ideal" holatda B2B andoza bo’yicha elektron tijorat yuritish tadbirkorlarning 
    avtomatik o’zaro aloqadorligini ko’zda tutadi. Xorijda B2B andozasi 40 yil oldin 
    paydo bo’lgan va keng tarqalgan. B2B andozasidan foydalanishning ikki ko’rinishi 
    bor:
    Birinchidan: ikki yoki undan ortiq korxonalar o’zaro turli xil shartnomalar 
    tuzadi. Misol: korxonalar Internet orqali shartnoma tuzishda o’z takliflarini 
    yuborishlari, hisob varaqalarini qabul qilishlari va to’lovlarni amalga oshirishlari 
    mumkin.
    Ikkinchidan: B2B sektorida elektron tijorat yuritishning rivojlangan 
    tizimlarining o’ziga xos xususiyati bo’lib, korporativ axborot tizimlari bilan 
    integratsiya hisoblanadi. SHunday qilib, istiqbolda, nafaqat xarid va sotuv 
    jarayonining avtomatlashuvi, balki korxona boshqaruvining kompleks avtomatlashuvi 
    masalalari echimi ham ta‘minlanadi.

    Download 6.05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




    Download 6.05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. “ELEKTRON TIJORAT” FANINING

    Download 6.05 Mb.
    Pdf ko'rish