O‘zbyokiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti




Download 6.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/153
Sana06.07.2023
Hajmi6.05 Mb.
#76399
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153
Bog'liq
Elektron tijorat Moliya universiteti
stress profilaktikasi, Natural sonlar 1, 26-29, 1, google, Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari
Muammolar 
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, o’zbekistonda elektron tijoratni 
rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to’sqinlik qilayotgan bir 
qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi 
bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi 
yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo’lib, ularning 
to’gri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin. 
Birinchidan, zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada 
takomillashgmagani. Quyida bir nechta misollar keltiramiz: internetning global 
tarmog’i bilan to’gridan-to’g’ri bog’langan provayderlar soni cheklangan miqdorda 
va buning natijasida internet mijozlarga provayder o’rtasida biridan ikkinchisiga 
tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat ko’rsatishning sifatiga 
salbiy ta’sir ko’rsatadi. viloyatlarda ko’rsatilayotgan internet xizmatining sifat 
ko’rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. 


25 
Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi 
natijasida mijozlar to’gridan to’g’ri qo’ng’iroq qilish orqali (Dial-up) ulanishdan 
foydalanishadi. Bu o’z navbatida xizmat sifatining yetarli darajada bo’lmasligiga olib 
keladi. 
Ikkinchidan, internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu 
holat elektron tijorat bilan shug’ullanish uchun zarur bo’lgan yirik bozor yaratish 
imkonini bermaydi (O’zbekiston bo’yicha internet foydalanuvchilarining soni 2,5 
mln. dan ortiq 
4
). To’gri oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga 
erishilmoqda, lekin bu faqatgina ma’lum bir hududlarda (asosan poytaxt va ba’zi bir 
viloyat markazlar) o’smoqda. Ko’pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha 
muammoligicha qolmoqda. Ma’lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bo’lmasdan 
turib elektron tijorat faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir. 
Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line to’lovni 
amalga oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz 
tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan 
foydalanib to’lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik 
kartochkalar yordamida, to’lovni qabul qilish uchun o’rnatilgan maxsus modullar 
orqali, to’g’ridan to’g’ri on-line do’konlarda to’lovni amalga oshirish mumkin. 
Asosiy muammo shundaki, O’zbekistonda jismoniy shaxslar uchun on-line 
banking xizmati keng tarqalmadi. On-line banking bank mijozlari uchun internet 
tarmog’ida yoki mobil aloqa yordamida o’z hisoblarini boshqarish va to’lovlarni 
amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan 
SMS-banking bir tomonlama bo’lib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida 
ma’lumot olish uchun mo’ljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng 
katta to’siq bo’layotgan muammolardan biridir. 
To’rtinchidan, mavjud internet-do’konlar faoliyatida yetarli professionallik 
darajasi yetishmaydi. Aloqa va axborotlashtirish agentligi chop etgan ma’lumotlarga 
ko’ra 01.01.2008 yil holatiga bo’yicha O’zbekistonda 24 internet-do’kon faoliyat 
yuritadi. Kompyuter va elektron-mayishiy texnika mahsulotlarini sotishga bo’yicha-
8, sovg’a va gullar bo’yicha-4, raqamli tovarlar bo’yicha, iste’mol va ma’ishiy 
tovarlar bo’yicha-3, kitob, musiqa va kompakt diskda filmlar sotishga mo’ljallangan-
3 do’kon mavjud. Bu veb-saytlarning 4-ishlov berilish jarayonida, 4-to’lovni xalqaro 
to’lov tizimidagi plastik kartochkalardan foydalanib amalga oshirish imkonini 
yaratadi, 12-WM Transfer to’lov tizimidan foydalanadi. Qolgan do’kon naqdsiz 
to’lovni amalga oshirishni imkonini, yozma shartnoma imzolanganidan so’ng, 
yaratadi. 
Elektron tijorat iste’molchilarga quyidagicha foyda keltiradi: 
- Iste’molchiga qulay bo‘lgan ixtiyoriy vaqtda, tanaffuslarsiz va dam olish 
kunlarisiz 24 soat xizmat ko‘rsatish; 


26 
- Tovar, ta’minotchilar, narxlar, sifat v.b. parametrlar tanlovini kengaytirish; 
- To‘liq va o‘z vaqtida axborot olish imkoniyati; 
- Takliflarni taqsimlash va boshqa iste’molchilar bilan axborot almashinish 
imkoniyati. 
Elektron tijorat jamiyat uchun ham ma’lum bir foyda keltiradi: 
- Uyda ishlash imkoniyati. Uydan turib xarid qilish transport oqimi va u bilan 
bog‘liq muammolarni kamaytirishi mumkin. 
- Nisbatan arzon narxlarda mahsulot sotib olish imkoniyati fuqarolar hayoti 
sifatini oshiradi. 
- Qishloq yerlarida yashovchilar yirik shaharlarda yashovchilar bilan birdek 
tovar, xizmat va axborotdan erkin foydalanish imkoniyatiga ega. 
Elektron tijorat tizimida mavjud imkoniyatlar turlicha bo‘lishiga qaramay, ular 
bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Raqobatning oshishi va xizmat sifatining ortishi
xizmatning ommaviy ravishdan yakka tartibda olib borilishiga o‘tishi, qisqa vaqt va 
masofalarda xaridorga yetkazib berish sarf harajatlarni kamaytiradi, bu o‘z navbatida, 
mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi. 
Elektron tijoratda real mahsulot bilan elektron mahsulot ma’lumoti materiali 
o‘rtasida farq bor. Elektron material savdosida (dasturiy ta’minot, tijorat 
ma’lumotlari, axborot xizmati, video, ovozli mahsulotlar, grafiklar, o‘yinlar, 
multimedia ilovalari va boshqalar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘liq tijorat kelishuvi bosqichi 
amalga oshirilishi mumkin. 
Ushbu holatda mahsulot va xizmat o‘rtasidagi farqni aniqlash muammo. Agar 
kompakt diskka musiqa yozib, pochta orqali yuborilsa,u tovar-mahsulot ko‘rinishiga 
ega bo‘ladi va mahsulotni sotish hisoblanadi. Agar musiqani raqam ko‘rinishida 
xaridorga uzatilsa bu mahsulot bo‘ladimi yoki xizmat, degan savol yuzaga keladi. 
Shuning uchun ham elektron mahsulot almashinuvida elektron mahsulot deb yuritish, 
yangi elektron bozorni tashkil etadi, jumladan, nashriyotlardagi elektron kitob bunga 
misol bo‘ladi. Bunday elektron tijoratning ko‘rinishi raqobatni yuzaga keltirib, yangi 
ish joylarini tashkil etilishiga olib keladi. 

Download 6.05 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153




Download 6.05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbyokiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti

Download 6.05 Mb.
Pdf ko'rish