XOM ASHYO VA TAYYOR MAHSULOT TAVSIFI
Sholi doni gul qobiqlari bilan o‘ralgan bo‘lib, uning mag‘zi mo‘rt bo‘ladi (4-rasm). Gul qobig‘i donning yuzasini qamrab olgan, lekin u bilan birga o‘smagan. Sholi suv va issiqlikni ko‘p talab qiladigan donli o‘simlik. U shakl jihatidan uzunchoq (ingichka va yo‘g‘on) va dumaloq bo‘ladi. Endosperm shishasiman, yarim shishasimon va unli bo‘lishi mumkin. Sholi donining I tipdagi shishasimon turi texnologik jihatdan yuqori qiymatga ega, uni oqlash jarayonida maydalanmasdan ko‘p yorma mahsuloti olinadi.
2-rasm. Sholi doning uzunchoq kesimi.
1 – gul qobig‘i; 2- endosperm; 3- aleyron qismi; 4- urug‘ qobig‘i; 5- meva qobig‘i; 6- murtak; 7-himoya qiluvchi qobig‘i.
II tip – shakli cho‘zinchoq va konsistensiyasi shishasimon yoki yarim shishasimondir.
III tip – shakli dumaloq, konsistensiyasi shishasimon, yarim shishasimon va unsimon.
Donining tipidan qat’iy nazar sholi qiltanoqli va qiltanoqsiz bo‘ladi, oqdan to‘q jigarranggacha bo‘ladi.
Sholi donidan yuqori sifatli yorma mahsulotlari olish uchun donning gul qobig‘i kam bo‘lishi, ma’lum namlikda, bir hil yiriklikda, to‘la pishgan va mag‘zi bir hil konsistensiyada bo‘lishi kerak.
Sholi donining texnologik xususiyatlaridan biri - uning endospermida mikrodarzlarning hosil bo‘lishidir.
Nam, issiqlik va boshqa omillar ta’sirida sholi doni endospermida hosil bo‘lgan mikrodarzlar texnologik jarayonlarga salbiy ta’sir etib, butun mag‘iz “chiqishi”ning kamayishiga olib keladi.
Sholining gul qobig‘i miqdori 20 % ni tashkil etadi.
4-jadvalda oqlanmagan va oqlangan sholi donining sifatlari berilgan.
4-jadval
sholi
|
uzunligi, mm
|
eni, mm
|
qalinligi, mm
|
1000 dona don-ning og‘irligi, g
|
Oqlanmagan sholi
|
6,8 + 7,5
|
3,2 – 3,5
|
1,4-2,2
|
25,0-43,0-45,0
|
Oqlangan yorma
|
5,25 – 5,5
|
2,3- 3,0
|
1,75 – 1,85
|
-
|
Sholi o‘zining tuzilishi jihatidan «qobiqli» donlar sinifiga kiradi. Sholi 3 xil bo‘ladi: uzun donli (6-8 mm), o‘rta donli (5-6 mm), kalta donli va dumaloq sholi (4-5 mm). 1000 dona sholining og‘irligi 25-43 grammgacha bo‘ladi. Sholining gul qobig‘i 14-35 % gacha, meva qobig‘i 1,5-4,0 %, murtagi esa 1,5-4,5 %, mag‘zining o‘zi esa 65-86 % ni tashkil etadi. Aleron qatlami 2-4 qatlamlidir. Sholi mag‘zining miqdoriga qarab uch guruhga bo‘linadi: yuqori - 76,5 %, o‘rta - 74,0-76,4 %, past – 74 %. Sholining yirikligi oshgan sari, gul qobig‘ining miqdori kamayib boradi.
|