|
ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI
|
bet | 3/12 | Sana | 10.07.2023 | Hajmi | 151.25 Kb. | | #76538 |
Bog'liq KURS LOYIHASI rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, 150тсутка uz-assistant.uz, Usmonov DilshodbekISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI
Respublikamizdagi yorma zavodlarida sholi doniga gidrotermik ishlov berish o‘tkazilmaydi, chunki issiqlik bilan ishlov berish yormaning qorayishiga olib keladi (turli tusdagi jigarrang), bu esa undan olinadigan yorma sifatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Sholining fizik xossalari uning texnologk jarayonni tashkil etuvchi turli operatsiyalardagi holatini belgilaydi. Masalan, oddiy don tozalash mashinalaridan foydalanilganda, ularning haqiqiy mahsuldorligi, misol uchun, bug‘doy uchun foydalanilganga nisbatan 5-7 marta past bo‘lgan. Sholining don massasi o‘z-o‘zidan yomon saralanadi, ayniqsa serqiltiq navlari. Sholi uchun loyli kesakchalar ko‘rinishidagi bo‘lgan va o‘simliklarning organik zarrachalari katta miqdordagi miniral aralashmalar hos bo‘lib, ular o‘z xossalariga ko‘ra (geometrik o‘lchamlari, mustahkamligi, ichki va tashqi ishqalanish koeffisiyentlari) asosiy ekin donidan juda kam farq qiladi, bu ularni qiyin ajraladigan qilib qo‘yadi. Tegishli tosh ajratish tizimlari mavjud bo‘lmagan aniq texnologiyada kesakchalar tozalash bo‘limiga o‘tadi va ko‘pincha texnologiyaning oxirgi mahsulotlarida, masalan, maydalangan sayqallangan yormada ushlab qolinadi.
Sholi donlari unsimonidan shishasimongacha sinishga ega bo‘ladi. Shishasimon navli sholi ko‘proq afzal hisoblanadi, chunki ular mexanik zarbaga chidamliroq bo‘ladi va kamroq maydalanadi. Sholi sifatining o‘ziga hos belgilariga seryoriqlilik yoki ba’zi mag‘zilarda yoriqlarning mavjudligi kabilar kiritiladi, ular endospermni to‘liq maydalash mumkin (hamma yog‘ida yoriq bo‘lgan). Bunday donga yorma olishda qayta ishlov berish maydalangan mag‘iz hosil bo‘lishiga olib keladi, negaki gul qobig‘i, meva va urug‘ po‘stlog‘i, shuningdek aleyron qobiq chiqarib tashlangandan so‘ng sholi mag‘zisi qismlarga parchalanib ketadi. Bu bir butun holda sholi zavodlarining texnologik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini pasaytiradi, chunki maydalangan guruchning narxi maydalanmaganiga nisbatan ikki va undan ko‘p marta past bo‘ladi.
Yuzasida yoriqlari bo‘lgan sholi yadrosini uncha chuqur bo‘lmagan maydalanishda maydalangan yadrolar hosil bo‘lmasligi ham mumkin. So‘nggisi qo‘llanayotgan texnologiya darajasi va mag‘zining yoriqlardan maydalanish darajasiga bog‘liq.
Sholi donidagi yoriqlar namlik issiqlik va mexanik zarbalar ta’sirida hosil bo‘ladi. Shuning uchun sholini saqlash, quritish, transportga yuklash va tashishga alohida talablar qo‘yiladi. Texnologik nuqtai nazardan seryoriqlilik ko‘rsatkichi maydalanmagan yormaning chiqish foiziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Don endospermi, aleyron qavati, urug‘ va meva po‘stlog‘idagi yoriq yuzasini to‘liq yemirilganda, sholi mag‘zidagi siniqlar hosil bo‘lib, qismlarga bo‘linib ketadi.
Siniqlarning keyingi ishlov berish, quritish, saqlash texnologiyalaridagi qo‘pol nuqsonlardan dalolat beradi. Dondagi har bir foiz siniqlar butun yorma chiqishini ham bir foizga pasaytiradi. Shuning uchun bu sholi doni sifatining juda yomon ko‘rsatkichi hisoblanadi. Yormaning chiqishi va sifatiga, shuningdek, qizil urug‘ po‘stloqli va sarg‘aygan donlar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Guldor po‘stidan halos qilingan (tozalangan) qizil donlar umumiy fonda yaqqol ajralib turadi, bu ularni chiqarib tashlash uchun yanada intensivroq sayqallashni talab qiladi. So‘nggisi maydalangan yadro va oqshoq chiqishining ortishiga va asosiy mahsulot maydalanmagan yorma chiqishining pasayishiga olib keladi.
Aralashmalarni ajratishda siniq, o‘yilgan (kemirilgan) va o‘sib ketgan sholi donlari katta qiyinchilik tug‘diradi, chunki ular geometrik o‘lchami va aylanish tezligiga ko‘ra asosiy dondan kam farq qiladi. Xuddi shunday xususiyat sholidagi asosiy yovvoyi o‘t yirik donli tariq, asosan uning serqiltiq turlariga xos. Sholidagi tariqni ajratishda Ø 3 mm li elakdan (tariq elak proxodida qoladi) va pnevmoseparasiyadan foydalanilganda ko‘proq samara beradi, chunki yovvoyi tariqning aylanish tezligi sholinikidan kam. Sholi donini qayta ishlov berishga tayyorlashning prinsipial texnologiyasi 40-rasmda keltirilgan.
Uchinchi daraja chiqindilariga mineral aralashmalar, separatorlar qabul qiluvchi elaklarining sxodlari, separatorlarning aspirasion chiqindilari va birinchi separator proxodidagi yirik aralashmalar kiradi. I – II darajali chiqindilarga uchinchi separator proxodidan so‘ng separatsiyalash mashinalaridan ajratilgan chiqindilar kiradi. Nazorat jarayonida ajratilgan mayda don texnologik jarayonga qaytariladi.
Sholi donini aralashmalardan tozalash jarayonini tashkil etishda transport, texnologik, aspirasion va boshqa uskunalarni sozlashga alohida e’tibor qaratiladi, bunda sholi donining qo‘shimcha shikastlanishi va unda yoriqlar hosil bo‘lishini oldi olinadi. Sholi donini aralashmalardan tozalash don tozalavchi separatorlarida, yorma saralagichlarda, rassevlarda. Barcha harakatlanish prinsipidagi pnevmoseparatorlarda amalga oshiriladi. Donni tayyorlashda ajratilishi kerak bo‘lgan yovvoyi aralashmalarga madaniy ekinlar urug‘lari, yetilmagan, o‘yilgan va o‘sib ketgan sholi donlari, organik, mineral va metallomagnit va boshqa turdagi aralashmalar kiradi.
|
| |