|
–rasm. Guruch yormasini ishlab chiqarish texnologiyasi
|
bet | 5/12 | Sana | 10.07.2023 | Hajmi | 151.25 Kb. | | #76538 |
Bog'liq KURS LOYIHASI rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, 150тсутка uz-assistant.uz, Usmonov Dilshodbek1–rasm. Guruch yormasini ishlab chiqarish texnologiyasi
1- rezina qoplangan oqlovchi vallar; 2- sayqallovchi postov; 3- jilo beruvchi postov; 4- BRU rassevi; 5 – duoaspirator; 6- paddi- separator; 7- pnevmostol.
Yuqorigi sxodga ko‘pincha oqlanmagan don va qovuz, ikkinchi sxodga- oqlanmagan va oqlangan donning asosiy qismi va qovuz, uchinchi sxodga esa mayda oqlangan don mag‘iz, maydalangan mag‘iz va mayda qovuz tushadi. Pastki guruh elaklardagi proxodidan oz miqdordagi kepak ajratiladi, chunki poliuritan vallarda oqlash sholi donining haddan tashqari yemirilishiga olib kelmaydi. Shunday qilib, oqlash mahsulotlarini birinchi saralashdayoq aralashmani sifat belgilariga ko‘ra ajratishga erishiladi. Ikkinchi bosqichda rassev elaklari sxodidan olingan mahsulotlar qovuzni elab ajratish uchun pnevmoseparasiyalanadi (ikki marta, ketma-ket).
Oqlash mahsulotlarining keyingi yo‘nalishi ularning sifat tarkibiga ko‘ra belgilanadi. Masalan, qovuz elangandan so‘ng asosan oqlanmagan dondan iborat bo‘lgan birinchi sxod oqlashning sxod tizimiga yuboriladi. Qovuzni elab olingandan keyingi ikkinchi sxod oqlangan va oqlanmagan donlardan iborat bo‘ladi va paddi-separatorda yorma ajratishga yuboriladi. Qovuzni elashdan keyingi uchinchi sxod mayda oqlangan don va maydalangan mag‘izdan iborat bo‘ladi va u birinchi sayqallash tizimiga yuborilishi kerak. Paddi- separatorlardan ajratilgan donni, shuningdek sxodlarni oqlashga, mag‘iz esa birinchi sayqallash tizimiga yuboriladi.
Sayqallashga tarkibi 1 % dan ko‘p bo‘lmagan oqlanmagan dondan iborat sholi mag‘zi jo‘natiladi. Sayqallashda meva, urug‘ qobig‘lari, qisman aleyron qatlam va murtak ajratiladi. Bunda yoki konusli abraziv barabanli va vertikal aylanish o‘qiga ega toshlar, yoki gorizontal joylashgan abraziv barabanli sayqallash mashinalaridan foydalaniladi. Sayqallash uchun birinchi turdagi uskunalar ko‘proq ommalashgan. Shuningdek, bu ikkala turdagi texnologik uskunadan baravar foydalanish ham mumkin, ya’ni birinchi sayqallash sistemalarida gorizontal joylashgan silindrik barabanli uskunalardan, keyingisida abraziv konus barabanli uskunalardan foydalaniladi.
Gorizontal silindrik rotorli uskunalar jadalroq sayqallash imkonini beradi, deb hisoblanadi. Sayqallash tizimlarining umumiy soni- beshta. Shu bilan birga, tizimlardan biri maydalangan mag‘izni sayqallash uchun qo‘llanadi. Shuningdek, maydalangan mag‘izni ikki marta ketma-ket sayqallash mumkin. Yuqori shaffoflikdagi sholi doniga qayta ishlov berishda maydalanmagan yormaning mahsulot sifati va iste’molga oid hossalarini yaxshilash uchun silliqlash operasiyasidan ham foydalanish mumkin. Biroq optimal jilo berishni ta’minlash uchun rotorlarning ishchi yuzasi sayqallanadigan dondan foydalangan holda metall, abraziv, teridan tayyorlangan yoki maxsus gazlamalardan qilinadi (tayyorlanadi). Respublikamiz sanoatida sholi yormasi olish texnologiyasida silliqlash (jilo berish) deyarli qo‘llanmaydi. Buning sababi - mahsulot tan narxi oshib ketishi, yuqori samarali uskunalarning yo‘qligi, sayqallangan yormadan silliqlangan yormaning sifat jihatdan afzalligi aniq ko‘zga tashlanmasligida.
2-jadvalda sholi yormasi texnologiyasida qo‘llash uchun tavsiya etiladigan sayqallash mashinalari ishchi organlarining tavsiflari keltirilgan.
|
| |