II. Kompaniya faoliyatini takomillashtirishda Hukumat topshiriqlarining bajarilishi




Download 36 Kb.
bet2/5
Sana04.04.2017
Hajmi36 Kb.
#2909
1   2   3   4   5
II. Kompaniya faoliyatini takomillashtirishda Hukumat topshiriqlarining bajarilishi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Joriy yilning I-yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor vazifalarini amalga oshirilishini baholash to‘g‘risida”gi 2016 yil 15 iyuldagi 3- sonli bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha joriy yilda rejada belgilangan texnikalar xaridini joriy yilning oktyabr oyiga qadar yakunlash xamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Melioratsiya Jamg‘armasini boshqarish departamenti va viloyatlar xokimliklari bilan birgalikda lizing oluvchilar tomonidan lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida qaytarilishi bo‘yicha tarmoq jadvali ishlab chiqildi va to‘lovlarni oyma-oy o‘z vaqtida to‘lab borilishi nazoratga olindi.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2013-2020 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining ijrosi to‘g‘risda”gi 2016 yil 10 maydagi 47-sonli bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha Kompaniyada 2015-2020 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kengroq tadbiq etish va rivojlantirish bo‘yicha dasturi ishlab chiqildi va vazifalar belgilab olindi. Jumladan, Kompaniya faoliyati bo‘yicha davlat xizmatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ularning reglamentlarini Yagona Davlat xizmatlari reyestriga sifatli va to‘liq taqdim qilindi. Shuningdek, muntazam ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilinganlik holati bo‘yicha reyting baholarini yanada oshirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rib borilmoqda hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushayotgan aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ijrosi to‘liq nazoratga olingan.

Internetdagi rasmiy veb-saytda amalga oshirilayotgan ishlar, tarkibiy va kadrlarga oid o‘zgarishlar, qabul qilingan qarorlar, sohaga oid ilmiy yangiliklar va tavsiyalarni doimiy ravishda yoritib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi 1958-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturini Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ijrosini o‘rgani uchun Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhi tarkibida Kompaniya xodimlari ishtirok etib, lizingga berilgan texnikalardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan monitoring o‘tkazdilar.

Suv resurslaridan tejamkor foydalanish imkonini beruvchi tomchilatib sug‘orish jamlamalari, egiluvchan quvurlar va lazerli yer tekislagich mexanizmlar xarid qilish bo‘yicha yektazib beruvchilar bilan shartnoma imzolandi.






Download 36 Kb.
1   2   3   4   5




Download 36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Kompaniya faoliyatini takomillashtirishda Hukumat topshiriqlarining bajarilishi

Download 36 Kb.