IV. Lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirilishi




Download 36 Kb.
bet4/5
Sana04.04.2017
Hajmi36 Kb.
#2909
1   2   3   4   5
IV. Lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirilishi.
Lizing oluvchilar tomonidan 2016 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida Kompaniya hisob raqamiga lizing to‘lovlari bo‘yicha 34 114,5 mln. so‘m mablag‘, shu jumladan 14 382,6 mln. so‘m oldindan 15 % bo‘nak to‘lovlari va 19 731,7 mln. so‘m lizing to‘lovlari tushirilgan.
Lizing to‘lovlari bo‘yicha tushumlarning ortib borishiga qaramasdan, ayrim lizing oluvchi davlat unitar korxonalari, irrigatsiya tizim boshqarmalarining yetkazib berilgan texnikalar uchun hisoblangan lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklari hamon saqlanib qolmoqda. Qarzdorliklarni uzish bo‘yicha Qishloq va suvxo‘jaligi vazirligi, viloyat xokimliklari va irrigatsiya tizim havza boshqarmalariga bir necha bor yozma murojat qilininishiga qaramasdan lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni qisqartirish borasida olib borilgan ishlari qoniqarsiz qolmoqda.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida lizing to‘lovlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan 26 ta davlat unitar korxonalaridan mavjud qarzdorliklarini undirish uchun xo‘jalik sudlariga hujjatlar rasmiylashtirilib berildi.

Ko‘rilayotgan barcha tadbirlarga qaramay, lizing oluvchilarning Kompaniya oldidagi lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklari 2016 yilning 1 oktyabr holatiga 4 158,4 mln. so‘mni shundan to‘lov muddati o‘tgan qarzdorlik 2459,6 mln.so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 1 575,9 mln.so‘mga yoki 27,4 foizga kamaytirishga erishilgan. Qarzdorlikni umumiy portfeldagi ulushi 1,23 foizni tashki qilgani holda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 0,63 foizga kamaygan.


Xususan katta qazdorlik Samarqand viloyati bo‘yicha 648,8 mln.so‘m, Sirdaryo viloyati bo‘yicha 648,6 mln. so‘m, Toshkent viloyati bo‘yicha 621,5 mln. so‘m, Surxondaryo viloyati bo‘yicha 590,0 mln. so‘m, Xorazm viloyati 402,7 mln.so‘mni tashkil etadi.


Download 36 Kb.
1   2   3   4   5




Download 36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. Lizing to‘lovlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirilishi

Download 36 Kb.