O'zstandar agentligi O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo'yicha milliy organi bo'lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi




Download 19.42 Kb.
bet1/2
Sana14.06.2023
Hajmi19.42 Kb.
#72845
  1   2
Bog'liq
Athxm 6 amaliy
1-Mavzu Musobaqa turlari. Reja (1), pdf, ykttmm 11-dars prezentatsiyasi (1)

Mavzu:Sertifikatlash tashkilotlari va ularning faoliyat tahlili.
O'zstandar" agentligi O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo'yicha milliy organi bo'lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi:

  • sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish o’tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular to’g’risida rasmiy axborotlar e’lon qilib boradi;

  • sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni Hukumat muhokamasiga taqdim etadi;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo’shilish to’g’risida qarorlar qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro e’tirof etish to’g’risida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha boshqa davlatlar bilan o’zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi;

  • majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro’yxatini belgilaydi va uni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig’iga kiritadi;

  • sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning, attestatsiyadan o’tkazilgan sifat bo’yicha ekspert-auditorlarning davlat reyestrlarini yuritadi;

  • majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

  • sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari normalari buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining amal qilishini to’xtatib turadi hamda ularni bekor qiladi.

Bugungi kunda «O‘zstandart» agentligi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha 33 mamlakat bilan 47 hujjat imzolagan. Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarini qamrab olgan kelishuvlardan 12tasini hukumatlararo, 35tasini idoralararo bitimlar tashkil etadi.Ma'lumotlarga ko‘ra, «O‘zstandart» agentligi standartlashtirish sohasida Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK), Rossiyaning «Rosstandart», Malayziyaning Standartlar departamenti, Janubiy Koreyaning Texnologiyalar va standartlar agentligi, Singapurning «Spring» kabi tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan.Agentlik Metrologiya sohasida hamkorlikni qonuniylashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM), Hududiy metrologiya tashkiloti (KOOMeT), Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) hamda halol standarti sohasida islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya instituti (SMIIC) va Turkiya standartlar instituti bilan yaqin aloqa o‘rnatgan.

Download 19.42 Kb.
  1   2




Download 19.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zstandar agentligi O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo'yicha milliy organi bo'lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi

Download 19.42 Kb.