• O’qib kelish.
  • Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 3-sinf matematika ona tili o’qish fanlaridan




    Download 6.26 Mb.
    bet16/62
    Sana21.02.2023
    Hajmi6.26 Mb.
    #43022
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
    Bog'liq
    3- SINF UCHUN PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR 2021
    chqbt-test, БАЁН-1 БО Ах хуруж, WRHJgP8bTsd5o7ZVdr11AsxI1oEusMveDLBuuux8, 2-Ózbetinshe, Lobaratoriya 3, The Culture of our country, Maqsadli bozor tanlash, Sevara Arxivlash va arxivlash dasturi, Nafosat ShK ishalshining umumiy prinsipi, Task 2 Guide, iqtisodiyot nazariyasi 8variant, Сам. работа №3, SilabusMTS 2 kurs 2021, Mavzu Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti s
    Qizcha va qarg‘alar
    Normurod Norqobilov
    (Hikoya)
    1
    Kuz. Bu hovliga ko‘chib kelishganlariga hafta bo‘lmay, Hanifaning diqqatini bir juft qarg‘a- ning harakati tortdi. Hovli etagida tagi be- tonlangan baland ishkom bo‘lib, qarg‘alar ish- komga qo‘ngancha, qayerlardandir o‘marib kel- gan yong‘oqlarini o‘sha keng beton yo‘lakka tashlab, so‘ng chaqilgan yong‘oq mag‘izlarini bitta qoldirmay terib yerdi. Hovli sharoitiga endi ko‘nika boshlagan qizaloq dastlab shun- chaki tomoshabin bo‘lib yurdi. So‘ng bir kuni qarasaki, qarg‘alar bir yong‘oqni chaqolmay ovora bo‘lyapti. Bu holni peshayvon deraza- sidan kuzatib turgan qizchaning qushlarga rahmi kelib ketdi. Ishkom tomon yugurdi. Qushlar hurkib havoga ko‘tarildi, biroq yerda yotgan „qaysar meva“ni ko‘zlari qiymay, qayta ishkomga qo‘ndi, qag‘illashib, o‘z noroziliklarini bildirdi. Qizcha yo‘lak chekkasida yotgan tosh bilan yong‘oqni chaqdi, dastlab o‘zi yemoqchi bo‘ldi, so‘ng fikridan qaytib, kaftidagi chaqilgan mag‘izni yerga tashladi-da, o‘zi sal nariga borib turdi. Birozdan so‘ng birinchi qarg‘a hadik bilan yerga sho‘ng‘idi, ortidan ikkinchisi va ular birpasda yong‘oq mag‘zini yeb bitirdi.
    Bu yumush bora-bora qizaloqqa juda yoqib qoldi. Qushlar bu holga tez ko‘nikdi, qiz- chadan deyarli hurkmay qo‘ydi - tumshuq- laridagi yong‘oqni yerga tashlab, qani, chaq, degan ma’noda o‘ktam ohangda qag‘illashni odat qildi. Qizcha o‘sha-o‘sha yong‘oqni cha- qar, mag‘zini yerga sochar, qushlar esa so- chilgan yemakni apil-tapil cho‘qib-terib, so‘ng yangi meva ilinjida qo‘shni bog‘larga uchib ketardi.
    Qizcha qarg‘alarga qanday yordam berdi?
    Qarg‘alar qizchadan hurkmay qo‘yganining sababini izohlang.
    2
    Ammo qizcha va qarg‘alar o‘rtasida yuzaga kelgan bu o‘ziga xos do‘stlikka ota va ona e’tibor bermadi. Bir kuni tongda ularni qarg‘alarning o‘ta qattiq qag‘illashi bezovta qildi. Ota yelkasiga to‘nini tashlab hovliga chiqdi, kesak otib ularni quvdi. Ammo qushlar uzoq- lamay, yana qaytib keldi. Bu safar ular o‘n chog‘li edi. Ishkom va daraxtlarga qo‘ngancha, qag‘illab, olamni boshiga ko‘tara boshladi.
    Bu hol ikki kun, ya’ni shamollab, ko‘rpa-to‘shak qilib yotgan qizcha peshayvonda pay- do bo‘lguncha davom etdi. U ko‘rinish berishi bilan qushlar tinchlandi, sho‘xchan g‘imirlab, o‘z quvonchlarini izhor etgan bo‘ldi. Ayrimlari yerga sho‘ng‘ib, lapanglagancha, eshikka yaqinroq kelishgacha jur’at etdi. Bir muddatdan so‘ng esa ishkom tagiga yong‘oqlarning birin-sirin tirsillab tushgani eshitila boshlandi.
    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar;

    1. Qizcha qarg'alarga qanday yordani bcrdi?

    2. Qarg'alar qizchadan hurkmay qo'yganining sababini izohlang.

    V. Baholash.O'quvchilarning mashg`ulotdagi ishtiroki va ijodkorli-gi, faolligi, topshiriqlarm bajarish darajasi, to'g'ri va ravon o'qishi o'qutuvchi tomonidan baholab boriladi. Mashg`ulot yakunida umumiy ballar e'lon qilinadi va faol, bilimdon o'quvchilar rag'batlantiriladi.
    VI. Uyga vazifa. O’qib kelish.

    Download 6.26 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




    Download 6.26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Past uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 3-sinf matematika ona tili o’qish fanlaridan

    Download 6.26 Mb.