• Ko‘prik ustidagi do‘st Ulug‘bek Hamdam (Hikoya) 1
  • I I.O’tilgan mavzuni so’rash va baholash




    Download 6.26 Mb.
    bet53/62
    Sana21.02.2023
    Hajmi6.26 Mb.
    #43022
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62
    Bog'liq
    3- SINF UCHUN PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR 2021
    chqbt-test, БАЁН-1 БО Ах хуруж, WRHJgP8bTsd5o7ZVdr11AsxI1oEusMveDLBuuux8, 2-Ózbetinshe, Lobaratoriya 3, The Culture of our country, Maqsadli bozor tanlash, Sevara Arxivlash va arxivlash dasturi, Nafosat ShK ishalshining umumiy prinsipi, Task 2 Guide, iqtisodiyot nazariyasi 8variant, Сам. работа №3, SilabusMTS 2 kurs 2021, Mavzu Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti s
    I I.O’tilgan mavzuni so’rash va baholash. O`quvchilar bilan „ “ matni yuzasian savol-javob o`tkazaman. Matnni o`quvchilarga o`qitib, oqish malakalaini tahlil qilgan holda baholab boraman.
    III.Yangi mavzu bayoni: Ulug‘bek Hamdam 1968 yil, 24 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tugattan (1993). «Tangriga eltguvchi isyon» (2002), «Atirgul» (2006), «Seni kutdim» (2007) she’riy hamda «Yolg‘izlik» (2000), «Muvozanat» (2003), «Isyon va itoat» (2004) kabi nasriy asarlari nashr etilgan. Ilmiy asarlar to‘plami ham bor («Badiiy tafakkur tadriji», 2003; «Yangilanish ehtiyoji», 2007). Jaloliddin Rumiyning «Ichindagi ichindadir» (2001) nomli asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
    Ko‘prik ustidagi do‘st
    Ulug‘bek Hamdam
    (Hikoya)
    1
    Har gal dala hovlidan qaytayotganimda, yo‘lda ikki yalangoyoq bolakayni uchratar edim. Birining oti – Nikita, ikkinchisiniki esa Umidjon. „Ismlarini qayerdan bila qoldingiz?“ demoqchimisiz? O‘zlaridan-da. Voqea bunday bo‘ldi: hovlimdagi chog‘roq bog‘da ishlab, kechga tomon torgina yo‘ldan shaharga qaytayotsam, muyulishda qo‘qqisdan ro‘paramdan bir mashina chiqib qoldi. Yo‘l chetida bolalar o‘ynab o‘tirishardi. Shitob bilan kelayotgan mashinani o‘tkazib yuborish uchun shartta tormozni bosib, mashinani bolakaylarning shundoq tumshug‘iga tirab to‘xtatdim. Ular yalt etib menga qarashdi. Jilmayib qo‘yishdi. Jilmayib deganim juda yumshoq chiqdi, „Bolakaylarning yuzlarida quyosh porlardi, quyosh!“ desam, ularning sevinchlarini aniqroq ifodalagan bo‘laman.
    – Salom! – dedim men ham bolalarning sevinchidan ta’sirlanib.
    – Salom! – deya mashinaning ochiq oynasidan qo‘lini suqdi ularning mallatobi.
    – Oting nima seni? – so‘radim men.
    – Nikita, – deb javob berdi bola.
    – Seniki-chi? – deb so‘radim nariroqda iymanibroq turgan qoramag‘izdan.
    – Umidjon!
    – Yoshing nechada, Nikita?
    – To‘qqizda.
    Seniki-chi, Umidjon?
    – O‘n ikkida.
    – Bo‘ylaring teng-ku.
    Ular javob o‘rniga yana jilmayishdi.
    – Xayr, bolalar!
    – Xayr, amaki!
    Men mashinani yurg‘izib, yo‘limda davom etdim. Odatda, dam olish kunlarim dala hovlida kechadi. Bu yerga kelib-ketarkanman, deyarli har safar Umidjon-u Nikitaga ro‘para keladigan bo‘ldim. Ular ham uzoqdan mening mashinamga ko‘zlari tushishi bilan o‘yinlarini tashlab, ko‘rishish uchun hozirlik ko‘rishardi. O‘z navbatida, men ham beg‘ubor bolalarning shugina istagiga peshvoz chiqmasdan o‘tolmayman: tormozni bosaman, ular chopib kelib, biri sarg‘ish-qizil, boshqasi qoramag‘iz yuzlarida menga tanish, menga qadrdon bo‘lib borayotgan quyoshchalarni porlatgancha birinketin
    qo‘llarini oynadan uzatishadi.
    2
    Kunlardan bir kun Nikitani uzoqdan, muyulishdagi ko‘prik ustida ko‘rib qoldim. U yo‘lga ikki ko‘zini tikkancha oftobda javdirab turardi. To‘xtadim. Bolakayning kayfiyati yo‘q edi. Kiyimi rosa kirlangan, yuzida ham quyoshcha aks etmasdi negadir. U mashinaning ochiq oynasidan indamaygina qo‘lini uzatdi.
    – Salom! – dedim men.
    – Salom! – dedi u.
    – Umidjon qani?
    – Umidjon mashg‘ulotga ketdi.
    – Qachon keladi?
    – O‘n ikki-yu o‘ttizda. Soatga qaradim: mil o‘n ikki-yu o‘ttiz beshni ko‘rsatardi.
    – Keladigan vaqti allaqachon bo‘libdi-ku.
    – Ha.
    – Qachondan beri kutyapsan?
    – Ertalabdan beri.
    – Qayerda, shu yerda, ko‘prikning ustidami?
    – Ha.
    – O‘ynagani boshqa bolalar yo‘qmi?
    – Bor.
    – Nega o‘ynamayapsan?
    – Umidjonni kutyapman. Men Nikitaga boshqa savol bermadim. Berolmadim. Chunki tomog‘imga bir nima kelib tiqildi. Asta qo‘zg‘alib yo‘limda davom etdim...
    Mening Nikitadek biron do‘stim bormi, deyman xayolan. O‘zim ham biron Umidjonni do‘st tutib, quyoshning tig‘ida Nikita kabi kutdimmi?..

    Download 6.26 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62




    Download 6.26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I I.O’tilgan mavzuni so’rash va baholash

    Download 6.26 Mb.