Payvandlash haqida tushincha




Download 217.34 Kb.
bet1/3
Sana26.10.2022
Hajmi217.34 Kb.
#28147
  1   2   3
Bog'liq
Payvandlash-haqida-tushuncha.
Namangan davlat universiteti

Payvandlash haqida tushincha

Payvandlash (texnikada) — qattiq materiallar (metall, keramika, shisha, va boshqalar)ni ajralmas qilib biriktirish usuli. Payvandlashning 60 dan ortiq usuli bor.

Metallarni Payvandlash qadimdan maʼlum. 1882 yilgacha bosim ostida Payvandlashning temirchilik usulidan foydalanilgan. Rus ixtirochisi N. N. Benardos birinchi marta metallarni koʻmir elektroddan foydalanib Payvandlash (elektr yoy) usulini topgan, rus muhandisi N. G. Slavyanov buni takomillashtirib, koʻmir elektrod oʻrniga metall elektrod ishlatgan. Atsetilen topilganidan keyin fransuz metallurgi E. Fushe gaz payvandni, amerikalik olim J. Tomson qarshilikli uchma-uch Payvandlash (1837), keyinchalik N. N. Benardos nuqtaviy kontakt Payvandlash usulini ixtiro qildi, akad. Ye. O. Paton (1940) rahbarligida elektr shlakli Payvandlash usuli ishlab chiqildi.

Payvandlashning bosim ostida va eritib Payvandlash usullari bor. Bosim ostida Payvandlashda metall plastik holatga keltirib biriktiriladi; biriktiriladigan joyga tashki kuch taʼsir ettiriladi. Bunday Payvandlash mexanik, kimyoviy-mexanik va elektr-mexanik usullarga boʻlinadi. Kontakt payvand, nuqtaviy Payvandlash usullari ham bor.

Eritib Payvandlashda biror issiqlik manbai taʼsirida buyumning payvandlanadigan joylari va payvand chiviq (agar u ishlatilsa) suyuqlanish holatiga keltiriladi. Bu usulning kimyoviy, elektrkimyovii va elektr yoy usullari bor. Kimyoviy usul gaz va termit xillarga boʻlinadi. Payvandlash vaqtida sodir boʻladigan oksidlanish reaksiyasi chok metallarning tarkibiy elementlarini kuydiradi, natijada metallning kimyoviy tarkibi oʻzgaradi va payvand birikmaning mexanik xossalari pasayadi. Shuning uchun Payvandlash texnikasida eritib yopishtiriladigan metalldagi foydali aralashmalarni kuyishdan, unga azot va kislorod kirishidan saqlaydigan payvand birikmalardan foydalaniladi. Mas, gaz payvandda buyumlarning payvandlanish xususiyatini yaxshilaydigan va ularni atrofdagi muhit taʼsiridan saklaydigan flyus yoki maxsus qoplamalardan foydalaniladi va gaz himoya usullari qoʻllaniladi. Termit usulda detallarning biriktiriladigan sirtini suyuqlantirib, termit metall bilan yaxlit quyma chok hosil qilinadi.


Download 217.34 Kb.
  1   2   3




Download 217.34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Payvandlash haqida tushincha

Download 217.34 Kb.