Pdf-faylidagi rasmiy manba




Download 153.08 Kb.
bet1/4
Sana30.10.2022
Hajmi153.08 Kb.
#28565
  1   2   3   4
Bog'liq
2541-son Qaror (lex.uz) 26.12.2013
2 LАBОRАTОRIYA ISHI (2), Maftuna, Мард углон 37-мактаб, 2-mustaqil ish Jalilov M, Arifmetik-mantiqiy qurilmalar-fayllar.org, ehtimol



[OKOZ:

1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]

PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLAShTIRISh VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXONOLOGIYALARI DAVLAT QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2541]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-sonli “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 39-son, 508-modda) 8-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-noyabr,
62-mh-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 28-noyabr,
52-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-noyabr,
109-son
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 28-noyabrdagi 62-mh, 52 va 109-son qaroriga
ILOVA
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi
nizom
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi”gi qaroriga muvofiq Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 4-sentabrdagi 203-mx, 16 va 96-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-3, 24.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 10/19/2541-3/3801-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestrini yuritishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilar:
mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron bankini yaratish va istiqbolli loyihalarni hamda innovatsion kompyuter texnologiyalarini yaratish bilan mashg‘ul bo‘lgan iste’dodli yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash;
milliy dasturiy mahsulotlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorining holati va salohiyati to‘g‘risida axborot berish;
ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bo‘lgan, sifatli milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni rag‘batlantirish;
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining real ehtiyojlarini hisobga olgan holda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
mamlakatimiz dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilarining manfaatlarini ifodalash, ularga o‘z mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ildam siljitishda ko‘mak berish.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

Download 153.08 Kb.
  1   2   3   4




Download 153.08 Kb.