Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri




Download 153.08 Kb.
bet2/4
Sana30.10.2022
Hajmi153.08 Kb.
#28565
1   2   3   4
Bog'liq
2541-son Qaror (lex.uz) 26.12.2013
2 LАBОRАTОRIYA ISHI (2), Maftuna
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri (bundan buyon matnda Milliy reyestr deb yuritiladi) — mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron banki;
Oldingi tahrirga qarang.
dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi — o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish (ishlab chiqish), kuzatish (xizmat ko‘rsatish), joriy qilish va sotish bilan bog‘liq faoliyatni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiruvchi yuridik shaxs, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
dasturiy ta’minot vositalari — algoritm tilida taqdim etilgan operatsiyalar, komandalar va ma’lumotlarning mantiqiy tashkil etilgan yig‘indisidan iborat va muayyan natijaga erishish maqsadida kompyuterda amalga oshirish uchun mo‘ljallangan intellektual mulk obyekti. Dasturiy ta’minot vositalari deganda ularni ishlab chiqish davomida olingan tayyorlov materiallari ham nazarda tutiladi.
3. Mazkur Nizom maqsadlarida o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy qilish va sotish deganda:
a) kompyuterda dasturlash va dasturiy ta’minot vositalarini yozish, modifikatsiya qilish, testlash va texnik qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlash, hujjatlashtirishga doir (shu jumladan tijorat yoki erkin tarqalgan modullardan foydalangan holda) faoliyatning barcha turlari, shu jumladan tizim va mazmunni ishlab chiqish va/yoki tizimli dasturiy ta’minot vositalari (shu jumladan tiklash), amaliy dasturlar (shu jumladan tiklash), ma’lumotlar bazalari, veb-saytlarni (shu jumladan ularning audiovizual elementlarini) yaratish va bajarish uchun zarur bo‘lgan komandalar tizimini yozish, dasturiy ta’minot vositalarini sozlash, ya’ni mavjud ilova mijozning axborot tizimi doirasida ishlashi uchun kerakli bo‘lgan tarzda uni modifikatsiya qilish va konfiguratsiyalash, yakka tartibdagi dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish (buyurtma asosida) va dasturlar paketini foydalanuvchilarning ehtiyojlariga moslashtirish, foydalanuvchilar uchun dasturiy ilova qilingan yo‘riqnomalarni yozish;
b) o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalarining ma’lumotlarni qayta ishlash va ma’lumotlar bazalariga ma’lumotlarni kiritish, sotilgan yoki foydalanish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va kiritish vositalarining uzoq muddatli (doimiy) asosda ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha faoliyat;
v) o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalarini ko‘paytirish, joriy qilish, shuningdek kuzatish (xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha faoliyat, shu jumladan o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalarini sotish, foydalanishga berish, ularni joriy qilish, dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish va texnik kuzatish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish, ishlab chiquvchining o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalari xaridorlari va foydalanuvchilarini o‘qitish hamda ularga maslahatlar berish tushuniladi.
II bob. Milliy reyestrga kiritish
4. Milliy reyestrga ixtiyoriy va bepul asosda yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab, uch oydan kam bo‘lmagan muddatda, yuridik shaxs sifatida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan va so‘nggi uch oyda o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, tatbiq etish va sotishdan olgan daromadlari sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etuvchi dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini Milliy reyestrga kiritish yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi)ga tegishli arizalari asosida amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Vazirlik Milliy reyestrni shakllantirish, yuritish va yanada rivojlantirish bo‘yicha funksiyalarni amalga oshiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Yuridik shaxslar Milliy reyestrga kirish uchun Vazirlikka mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza taqdim etadilar (shaxsan kelib, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog‘i orqali).
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Vazirlik arizani olgan kundan boshlab uni uch ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi. Har bir arizani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Vazirlik dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish to‘g‘risidagi asoslangan qarorni qabul qiladi, bu haqda dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisiga xabarnoma yuboriladi (pochta, shu jumladan elektron pochta orqali).
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
9. Mazkur Nizomning 3-bandidagi talablarga javob bermaydigan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini Milliy reyestrga kiritishda rad etilishi mumkin.
10. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reyestrga kiritishda asossiz rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi tomonidan ariza ilgari ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf qilingan holda takroran taqdim etilganda, yangi asoslarga ko‘ra Milliy reyestrga kiritilishda rad etish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Milliy reyestrga kiritilishi rad etilgan holda dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi faqat Milliy reyestrga kiritilishiga to‘sqinlik qiluvchi sabablarni bartaraf etgan holdagina Vazirlikka ariza bilan takroran murojaat qilishga haqlidir.
Vazirlik Milliy reyestrga kiritish to‘g‘risida ariza bilan takroran qilingan murojaatni mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqishi shart.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reyestrga kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan holda, Vazirlik:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
qaror qabul qilingan kundan keyin bir kun muddat ichida mazkur Nizomning 16-bandida sanab o‘tilgan ma’lumotlarni Milliy reyestrga kiritadi;
dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reyestrga kiritgan kunda dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini uning Milliy reyestrga kiritilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi Milliy reyestrga kiritilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuridik shaxsning to‘liq nomlanishi, uning joylashgan eri (pochta manzili), davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami va Milliy reyestrga kiritilgan sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
13. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi quyidagi asoslarda Milliy reyestrdan chiqariladi:
chiqish to‘g‘risidagi o‘z arizasi;
tegishli vakolatli organlarning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi mazkur Nizomda belgilangan yuridik shaxslarni Milliy reyestrga kiritish mezonlarga nomuvofiq ekanligi to‘g‘risidagi asoslangan ma’lumoti.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Milliy reyestrdan chiqarish to‘g‘risidagi masala Milliy reyestrdan chiqarish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun tegishli materiallar olingan kundan boshlab uch kun muddat ichida Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Vazirlik dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reyestrdan chiqarish to‘g‘risida asoslangan qaror qabul qiladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reyestrdan chiqarish bu haqda qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddat ichida amalga oshiriladi.
15. Milliy reyestrdan chiqarilgan yuridik shaxslar, Milliy reyestrga agarda o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy qilish va sotishdan olgan daromadlari o‘tgan yilga nisbatan sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini tashkil etsa, Milliy reyestrdan chiqarilgan yildan keyingi kalendar yilida qayta kiritilishi mumkin.
III bob. Milliy reyestrni shakllantirish va yuritish
16. Milliy reyestr on-layn rejimida software.uz Internet-portalida elektron shaklda yuritiladi.
Milliy reyestr dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
yuridik shaxs to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar (dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan eri (pochta manzili) telefoni va boshqalar);
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqilgan, joriy qilingan va sotilgan dasturiy ta’minot vositalari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar (loyihalar va dasturiy ta’minot vositalari nomi, vazifasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa));
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 4-sentabrdagi 203-mx, 16 va 96-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-3, 24.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 10/19/2541-3/3801-son)
Milliy reyestrga kiritilgan sana va raqami;
Milliy reyestrga kiritish va/yoki chiqarish uchun asoslar va sanalari;
balans hisoboti va xo‘jalik faoliyatining asosiy parametrlari, shu jumladan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy qilish va sotishdan olinadigan daromadlar miqdori va boshqalar.
17. Milliy reyestrdagi ma’lumotlar umumfoydalanadigan ma’lumotlar hisoblanadi, dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining moliyaviy ko‘rsatkichlari bundan mustasno.
18. Milliy reyestr Internet tarmog‘idagi on-layn do‘konlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi, bu do‘konlar vositasida Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari eksport shartnomasi mavjud bo‘lmasdan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish va kuzatish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq ishlar va xizmatlarning xorijiy valyutada eksport qilinishini amalga oshiradilar.
IV bob. Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarining qo‘llanilishi
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-son “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Milliy reyestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari 2020-yilning 1-yanvariga qadar muddatda quyidagi to‘lovlardan ozod etiladi:
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-fevraldagi 162-mh, 7, 23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2541-2/0886-son)
Oldingi tahrirga qarang.
barcha turdagi soliqlar;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 4-sentabrdagi 203-mx, 16 va 96-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-3, 24.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 10/19/2541-3/3801-son)
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga boj to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari).
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar — dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilar mazkur band bilan nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati, agar ularning o‘zlari ishlab chiqargan dasturiy ta’minot vositalarini eksport qilish hajmi 2019-yil yakunlari bo‘yicha ular sotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etgan taqdirda, 2 yilga (2022-yilning 1-yanvarigacha) uzaytiriladi.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-fevraldagi 162-mh, 7, 23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2541-2/0886-son)
20. Mazkur Nizomning 19-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar − dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining xodimlarini rag‘batlantirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
21. Imtiyozlar berilishi natijasida bo‘shagan mablag‘lardan maqsadga muvofiq ishlatilmagan taqdirda, ushbu mablag‘lar to‘liq hajmda, belgilangan tartibda penya hisoblangan holda Davlat budjetiga undiriladi.
22. Imtiyozdan foydalanib olib kelingan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalari erkin muomalaga chiqarish sanasidan 5 yil mobaynida o‘z ehtiyojlari uchun bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish faktlari aniqlangan holda soliq to‘lovchini moliyaviy-xo‘jalik tekshiruvlarini o‘tkazish davomida (reviziya) davlat soliq xizmati organlari aniqlangan faktlar to‘g‘risidagi hujjatlarni tuzadi va uch ish kuni ichida hududiy davlat bojxona xizmati organlariga yuboradi.
O‘z ehtiyojlari uchun bo‘lmagan maqsadlarda foydalanilgan, olib kelingan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar summasi penya hisoblangan holda, o‘rnatilgan tartibda Davlat budjetiga undiriladi.
23. Mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar:
soliq va majburiy ajratmalar bo‘yicha − dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilar Milliy reyestrga kiritilgan oyning keyingi oyi 1-sanasidan;
bojxona to‘lovlari bo‘yicha − dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilar Milliy reyestrga kiritilgan sanadan boshlab qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shakl bo‘yicha hududiy davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan ariza asosida beriladi. Ariza davlat bojxona xizmati organlariga ikki nusxada taqdim etiladi, bir nusxasi vakolatli organ belgisi bilan arizachiga qaytariladi. Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari bo‘lib hisoblangan mikrofirmalar va kichik korxonalar bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash maqsadida ariza taqdim etmaydilar.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalarini erkin muomalaga chiqarish bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. O‘rnatilgan mezonlarga mosligini tasdiqlash uchun (o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish, joriy qilish va amalga oshirish daromadlari mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining 50 foizidan kam bo‘lmagan qismini tashkil etadi yoki 2020-yildan boshlab xususiy dasturiy ta’minot vositalari hajmi umumiy mahsulotlarning (ishlar, xizmatlar) hajmining 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini tashkil etadi), imtiyozlardan foydalangan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilar yil yakuni bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish bilan bir vaqtda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-hisobotni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 9-fevraldagi 162-mh, 7, 23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-2, 12.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2018-y., 10/18/2541-2/0886-son)
26. Taqdim etilgan ma’lumotnoma-hisobotga ko‘ra hisobot yili yakuni bo‘yicha tashkilot imtiyoz berish bo‘yicha mazkur Nizom bilan o‘rnatilgan mezonga mos kelmasa, mazkur Nizomning 19-bandida keltirilgan imtiyozlar, o‘rnatilgan tartibda penya hisoblangan xolda Davlat budjetiga to‘lash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.
27. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilar imtiyoz berish bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan mezonlarga mos emasligi aniqlangan hollarda, davlat soliq xizmati organlari 10 kun muddatda aniqlangan faktlar haqida:
davlat bojxona xizmati organlarini bojxona to‘lovlarini o‘rnatilgan tartibda undirish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlikni mazkur yuridik shaxsni Milliy reyestrdan chiqarish uchun xabardor qiladi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
28. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi kalendar yili davomida Milliy reyestrdan o‘z xohishiga ko‘ra chiqsa, mazkur Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar, ular o‘rnatilgan mezonlarga mos kelgan avvalgi hisobot davri (chorak, yarim yil, 9 oy) uchun saqlanib qoladi.
V bob. Milliy reyestr ishlashiga doir tashkiliy-texnik masalalar
Oldingi tahrirga qarang.
29. Milliy reyestrning ishlashiga, uni on-layn rejimida yuritishga doir tashkiliy-texnik ishlarni amalga oshirish uchun Vazirlik Milliy reyestrning vakolatli operatorini tayinlaydi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
Vakolatli operator vazifasini ijro etish doirasida qabul qilib oladigan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.
Vakolatli operatorning faoliyati notijorat asosda amalga oshiriladi va quyidagilarga qaratilgan:
sifat menejmenti davlat va xalqaro standartlari (ISO-9000)ni ishlab chiqish, qabul qilish va joriy qilish, kompaniyaning dasturiy ta’minot vositalarini (CMMI) ishlab chiqishga qobiliyatini baholash va boshqalar;
milliy dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini xalqaro va milliy ko‘rgazmalarda ishtirok etishlarini tashkil qilish yo‘li bilan mamlakatimizda ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalarini ichki va xalqaro bozorlarda ilgari surish;
fuqarolik jamiyati salohiyati, axborot texnologiyalari sohasidagi ekspert hamjamiyatini sifatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mamlakatimiz dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish jarayonlarini rag‘batlantirishga jalb qilish;
dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish sohasining o‘zini o‘zi tartibga solish mexanizmlarini faollashtirish, mahalliy dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining manfaatlarini ifoda etish, ularga ichki va tashqi bozorlarda o‘z mahsulotini ilgari surishga yordam berish va boshqalar.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining haqiqiy ehtiyojini hisobga olgan holda dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida vakolatli operator Milliy reyestr ma’lumotlarining tahlilini amalga oshiradi, dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida marketing tadqiqotlarini o‘tkazadi va ular asosida dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimining yanada takomillashtirilishini ta’minlash uchun Vazirlik uchun tahliliy hisobotlar, takliflar va tavsiyalar tayyorlaydi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 17-04, 113, 26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2541-1, 03.05.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 206-modda)
VI bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
31. Mazkur Nizomni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
32. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
2013-yil 27-noyabr
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
2013-yil 27-noyabr
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2013-yil 27-noyabr
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.


Download 153.08 Kb.
1   2   3   4




Download 153.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri

Download 153.08 Kb.