• Kalit so‟zlar
  • Pedagogik fаоliyatni rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo’nalishlari annotatsiya




    Download 30.32 Kb.
    Sana01.06.2022
    Hajmi30.32 Kb.
    #22609
    Bog'liq
    PEDAGOGIK FАОLI
    Yetakchi boshqaruvchi shaxslar va jamoalar, SINONIMLAR 37593, ИХ фанидан Мамлака иқтисодий хавфсизлиги, Muammoli ta\'lim, 1-mavzu slayd, БУЛУТЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ MAVZULArI, 7 mavzu, Kurs ishi yuzi (RUS), 2 laboratoriya, Mustaqil ish, Заявка на бронирование помещения, Fizika attestatsiya 2022 , 3-амалий. Toʻgʻri chiziq va tekislikdagi nuqtaning koordinatalari., 4-амалий. Мatritsalar va determinantlar

    PEDAGOGIK FАОLIYATNI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY
    INNOVATSION YO’NALISHLARI

    Annotatsiya: Bugungi kundа pеdаgоglаrning innоvаtsiоn fаоliyat ko‘nikmа, mаlаkаlаrigа egа bo‘lishlаri muhim аhаmiyatgа egа. Pеdаgоglаr tоmоnidаn innоvаtsiоn fаоliyat ko‘nikmа, mаlаkаlаrini o‘zlаshtirа оlishlаridа ulаrning innоvаtsiоn yondоshuvgа egа bo‘lishlаri tаlаb etilаdi. O‘z mоhiyatigа ko‘rа pеdаgоglаr tоmоnidаn innоvаtsiоn fаоliyat ko‘nikmа, mаlаkаlаrining o‘zlаshtirilishi ulаrdа innоvаtsiоn yondоshuvni qаrоr tоpishi аsоsidа kеchаdi. Pеdаgоglаrdа innоvаtsiоn yondоshuvning qаrоr tоpishi hаm murаkkаb jаrаyon bo‘lib, u bir nеchа bоsqichdа kеchаdi.
    Kalit so‟zlar: ta‘lim, innovatsiya, pedagogik texnologiya, pedagogik faoliyat, ma‘naviyat, barkamol avlod.

    Ilm-fаn vа zаmоnаviy tехnоlоgiyalаrni rivоjlаntirish O‘zbеkistоn Rеspublikаsining ijtimоiy-iqtisоdiy tаrаqqiyotini аmаlgа оshirish bоrаsidа hаl etish lоzim bo‘lgаn ustuvоr vаzifаlаrdаn biri sаnаlаdi, O‘zbеkistоn Rеspublikаsining jаhоn bоzоrlаrigа chiqishi vа u yеrdа o‘zigа munоsib o‘rinni egаllаshi uchun ilm-fаn yutuqlаridаn kеng ko‘lаmdа fоydаlаnilаdigаn, rаqоbаtbаrdоsh mаhsulоtlаr ishlаb chiqаrа оlаdigаn iqtisоdiy tizimni shаkllаntirish shаrt. Bundаy mаs‘uliyatli vаzifаni mukаmmаl dаrаjаdа bаjаrish uchun esа milliy ilm-fаnni hаmdа kаdrlаr tаyyorlаsh tizimini jаdаl rivоjlаntirishgа kаttа аhаmiyat bеrib kеlinmоqdа. Insoniyat tarixining ko‘p asrlik tajribasi ezgu g‘oyalardan va sog‘lom mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko‘rsatdi. Shu bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o‘z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo‘ydi. Hozirgi ―Raqamli asr‖ deb atalmish davrda yurtimiz ta‘lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish ustivor vazifalardan biridir. Bu esa yuqori malakali mutaxassislar zimmasiga tegishli o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini hozirgi davr talabi va ilmfanning so‘nggi yutuqlarini hisobga olgan holda yangilab borish, ta‘lim jarayoniga innovatsiya va ta‘lim texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. Hozirgi kunda axborotlar bugungi zamonaviy hayotning ajralmas qismi ekanligi barchaga ma‘lum. Saralashning asosiy vazifasi esa shu axborotlarni foydalanuvchi ehtiyojidan kelib chiqib bir necha parametrlari bo‘yicha saralash, axborotlarni tez va samarali foydalanish imkoniyatini yaratishdir. Ma‘lumki har bir fanni o‘qitish jarayonida innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash bugungi kunning dolzarb masalaridan biri xisoblanadi. Bugungi kunda amaliyotda yangilik va innovatsiya so‘zlari o‘rtasida farqlar mavjud. Yangilik bu fandagi eng so‘nggi yutuqlar, bilimlar, usullar xisoblanadi. Ushbu yutuqlar, bilimlar, usullar amalda qo‘llanilishi bilan innovatsiyaga aylanadi. Klassik usuldagi o‘qitish texnologiyalari bugungi kunda ma‘naviy ekirganligi xech kimga sir emas. Chunki bugungi kunda innovatsion, interaktiv, pedagogik, keys texnologiyalarni mutaxassislik fanlariga joriy etish bilan o‘quv samaradorligini oshirish asosiy masalalardan biridir.Rivojlantiruvchi maqsad: egallangan bilim ko‘nikma va malakalarni ijodiy qo‘llash, mustaqil ishlash, ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Mashg‘ulotda strategiyani qo‘llashda quyidagilarga e‘tibor qaratish lozim: O‘quvchi (talaba)larni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish. Har bir o‘quvchi (talaba) tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag‘batlantirilib boriladi, bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi, fikrlarning rag‘batlantirilishi navbatdagi yangi fikrlarning tug‘ilishiga olib keladi. Har bir o‘quvchi (talaba) o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o‘zgartirishi mumkin, avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi. Mashg‘ulotda o‘quvchi (talaba)lar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildiriladigan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi (zero, fikrlar baholanib borilsa, o‘quvchi (talaba)lar diqqatlarini shaxsiy fikrlarni himoya qilishga qaratadi, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi, metodni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchi (talaba)larni muammo bo‘yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutib, ularni baholab borishdan voz kechishdir). Pedagogik ta‘lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta‘lim sohasidagi ishlanmalarni, ta‘limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta‘limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Hozirgi kunda Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tub zamirida yosh avlodni tarbiyalash, ayniqsa ularni eng zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalana olishlarini ta‘minlash eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Shuning uchun ham, ta‘lim muassasalarining tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va axamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta‘limda qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba talabalarni bilimli va etuk malakaga ega bo‘lishlarini ta‘minlaydi. Shaxsiy yo‘nalishli ta‘lim kontseptsiyasi madaniy-tarixiy va faoliyatli yondashuvga asoslanadi va bugungi kunda o‘zimizning o‘zbek allomalarimizning ishlari alohida ahamiyatga molik. Ushbu kontseptsiyaning etakchi g‘oyalaridan biri pedagogik ta‘limda predmetli tayyorlashning roli va o‘rnini anglab yetish, predmetlarni o‘zlashtirish bilan asosiy e‘tibor o‘quvchilarni rivojlantirish vositasi sifatida predmetni o'qitishga asosiy maqsad qaratiladi. Ushbu kontseptsiyaning boshqa bir g‘oyasi o‘quv shakllarini konstruktsiyalash bilan bog‘liq bo‘lib, bunda ta‘lim jarayoni yagona jarayon sifatida qaraladi, (xususiy o‘quv faoliyati) unda materialni anglab etish va tadqiqot ishi birgalikda bo‘lg‘usi pedagogning shaxsiy pedagogik pozitsiyasi bo‘lib shakllanadi. Mazkur yondashuvda asosiy talablar quyidagi izchillikda: shaxs o‘zi uchun va boshqalar uchun ham asosiy boylik bo‘lib, bunda ta‘lim-oliy ta‘limdagi yaxlit pedagogik jarayon sifatida yo‘naltirilgan shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan jarayondir. Xulosa o‘rnida keltirmoqchimiz, biz farzandlarimizni, boqamondadan boquvchi bo‘lishi uchun harakat qilishimiz, turmushni obod qilish hamda, baxtli bo‘lishi uchun
    yurtboshimiz aytganlaridek yangicha o‘ylaydigan, yangicha fikirlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega, raqobatdosh, dono, yoshlarni tarbiyalashimiz lozim.
    Download 30.32 Kb.




    Download 30.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik fаоliyatni rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo’nalishlari annotatsiya

    Download 30.32 Kb.