Pedagogika fakulteti




Download 11.14 Mb.
bet10/18
Sana14.05.2023
Hajmi11.14 Mb.
#59641
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
16.06.18.БМИ А.Мамасолиев оригинал
11синф сўровнома.КАСБ (2), 102-guruh talabasining psixologiya fanidan mustaqil ta;lim uchun tayyorlagan taqdimoti., 16.06.18.БМИ М.Набиева, qH5b -aW1ByTrhCQ-J591TUoYns5t0KH, Statistika va ekonometrika, DAK Test
MANZARA.
Manzara - tasviriy san’atning qadimiy janrlardan bo’lib, tarixiy maishiy asarlarda ham vosita- fon sifatida muxim rol o’ynaydi. Qadimiy xitoy san’atida rassomlar tabiatni aks ettiruvchi asarlar yaratganlar.
Evropada manzara tarixi XVI - XVII asrlarda taraqiy etdi.
Gollandiya manzarachi rassomlari tabiatni o’xshatib haqqoniy tasvirlashda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Rossiyada manzara janrining rivojlanishi XVIII asrga to’g’ri keladi. Moskva, Peterburg arxitektura yodgorliklari F.E. Alekseev tomonidan maxorat bilan tasvirlangan.
Manzara san’ati tashqi dunyoning go’zalligini aks ettirish bilan insonga ijobiy ta’sir etuvchi kuchga ega. SHuning uchun rassom tabiat olamini eng nozik, tipik holatlarini, rang garmoniyalarini anglab, tabiatga nisbatan bo’lgan estetik munosabatini bildiradi.
Manzara asarida inson shaxsi, aql zakovatini, ichki tuyg’ularini tasvir orqali qo’shiq qilib qo’yilaydi va tabiat obrazini. yaratadi. Misol tariqasida I.Levitanning «Vladimirka», «Abadiy sokunlik uzra»,I SHishkinning , «O’rmon yirokliklari», V.Meshkovning «Ural haqida uylar» asarlarini keltirish mumkin.
Tasviriy san’atdagi manzara janriga oid asarlari insonda tabiatga va go’zallik fazilatlarini shakllantiradi.
Rassomlar tarixiy va maishiy mavzudagi asarlarda bevosita manzaraga ham murojat kiladilar etyud, eskizlar yozadilar. Bu holda manzara kartinada ko’shimcha fon vazifasini o’taydi.
V. Vasnetsovning «Alyonushka» asari bunga misol bo’la oladi. Tabiiy go’zaligini, zamonasiga xos yangilik o’zgarishlarni K. YUon, G. Nisskiy kabi rassomlar ham o’z asarlarida tasvirlab namoish etdilar.
50-70 yillarda O’zbekistonda manzara janrida ijod etgan rassomlar U. Tansiqboev «Issiq ko’l», «Ona o’lka», Qayroqqum suv ombori, N. Qoraxon «Nanay yuli», Sijjakda bahor, R. Temurov Samarqand arxitektura manzaralari turkmini yaratdilar.
70-80 yillarda G’.Abdurahmonov, F.Toxirov. R.CHoriev, K.Bogoduxov, M.Esin.,V.Pudovkin kabi rassomlar manzara janrida samarali ijod qildilar.Hozirgi vaqtda ko’plab izlanuvchi iqtidorli rassomlar, A.Nuritdinov, O.Qozoqov, 3. Islomshikov, A.Mo’minov, A.Mirsoatov kabilar mustaqil O’zbekiston go’zal tabiatini madx etuvchi maftunkor manzaralarni yaratib kelmoqdalar.
Manzaraning bir necha turlari mavjud:
SHahar (Arxitektura), qishloq (tog’) manzara, sanoat (zavod, fabrika, inshoat ko’rilish), tarixiy, romantik, lirik, panorama (ko’rinishida) manzaralari shular jumlasidandir.
Bularni xar biri negizida ifodalovchi mazmun( g’oya yotadi. SHahar manzarasida shahar hayoti bilan bog’liq, arxitektura, transport vositalari, odamlar, oromgox, bog’lar hamda er osti o’tish joylari kompozitsiya tasviri uchun misol bo’la oladi.
Qishloq manzarasi, bepayon kenglik, tog’ manzarasi, yaylovlar, koya tosh, o’simliklar, vodiydagi jilvakor suvlar tasviri kompozitsiya negizini tashkil etadi. Sanoat manzarasi katta zavod hovlisi, suv ombori, ko’prik, metro qurilishi, texnika qurilish vositalari bilan bog’langan.
Lirik manzarada tabiatni «Erta tong», «Bahor» kabi mavzudagi tabiatni nozik, sokin go’zalligini, uning uyg’onish holatini aks ettiruvchi, insonga olam - olam quvonch baxsh etuvchi asarni ko’z oldimizga keltiramiz. Manzaraning kompozitsiya vositalari (belgilari): joyni tanlash, ko’rish nuqtasi, ko’rish chizig’i, fazoviy masofa, format, perespektiva, ritm, kolorit, yorug’, refleks, kompozitsiya markazi shular jumlasidandir.
Bu janrda kompozitsiya yaratish uchun, qalamtasvir rangtasvir soxalarida mukammal bilimga ega bo’lish kerak. Naturadan dastlabki chizilgan chizg’i rangli etyudlar manzara kompozitsiyasini tuzishda asosiy mavzu bo’lishi mumkin. Qishloq manzarasini kompozitsiyasini tasvirlamoqchi bo’lsak avval tabiatda quyoshli, bulutli kunlar, peshin, oqshom holatini harakterli joylarini sinchiklab kuzatish kerak.
Formatni aniqlab, ufq chizig’i, qurish nuqtasini olish kerak. So’ngra havo va erni tekislikda nisbatlarni belgilab, oldingi, keyingi, orqa planni va predmetlar masshtabini topish darkor. Kompozitsiyani bir necha variantlarini sangina, ko’mirda bajarish tavsiya etiladi.
Mukammal bajarilgan, eskizni ko’mirda bajarish tavsiya etiladi.
Mukammal bajarilgan xomaki eskiz variantni rang koloritini aniqlash lozim.
Sifatli bajarilgan eskiz asosida qishloq manzarasi kompozitsiyani yakuniy nusxasini amalda bajarish kerak. Uni bajarish shartlari qog’oz, Karton, xolst, akvarel, guash, moybuyok, orkali amalga oshiriladi.
Bo’lajak rassom uchun hayotni kuzatish, mavzu yuzasidan kundalik qalamchizgi va etyudlarni bajarish mashqlarni qilishga kirishsa maqsadga muvofiq ish bo’ladi.
Manzara janridagi sarlari inson uchun ma’naviy oziqa beradi, uni ruhlantiradi, hayotga shodlik va quvonch bag’ishlaydi.

Download 11.14 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Download 11.14 Mb.