Pedagogika fakulteti




Download 11.14 Mb.
bet11/18
Sana14.05.2023
Hajmi11.14 Mb.
#59641
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
16.06.18.БМИ А.Мамасолиев оригинал
11синф сўровнома.КАСБ (2), 102-guruh talabasining psixologiya fanidan mustaqil ta;lim uchun tayyorlagan taqdimoti., 16.06.18.БМИ М.Набиева, qH5b -aW1ByTrhCQ-J591TUoYns5t0KH, Statistika va ekonometrika, DAK Test
PORTRET.
Portret-inson obrazini tasviriy san’atda yaratishda eng murakkab janr hisoblanadi. Ma’lumki har bir davrning usta rassomlari bo’lgan. Ular portret asarlarida zamondoshlarning go’zal qiyofasini obrazlarini yaratib, keyingi avlodlarga meros qilib qoldirgan.
Uyg’onish davrining buyuk nomoyondasi Lenardo da Vinchining «Avtoportret», «Djakonda» asari, Velaskesning «Papa Inokentiy X» portreti, shular jumlasidandir.
Gollaniyalik rassom Rembrant kabi ko’pgina Evropa rassomlari ham ajoyib portretlarni yaratib nom qoldirdi. Bu portretlar maxoratli ishlanganligi va maftunkorligi bilan insonni o’ziga rom qilib oladi.
XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan buyuk rus rassomlari O. Kiprenskiy V. Tropinin, A. Venetsianovlar rus portret san’atining asoschilari bo’ladilar.
Ular XVIII asr portretchilik ananasini davom ettirib, insonni tasvirlashga yana ham zo’r e’tibor bilan qaradilar, portretlar psixologiyasiga katta ahamiyat berdilar, rassomchilik maxoratini oshirdilar.
O.A. Kiprenskiy portret san’atining muvaffaqiyati shundaki, rassom o’z zamondoshlarini portretlarida dastavval insonning go’zal ma’naviy dunyosoni, qadr-qimmatini, uning orzu-o’ylarini, kechinmalarini tasvirladi. U qator asarlarni, shu jumladan ijodning cho’qqisi bo’lgan A.S. Pushkin (1827) portretini yaratdi.
Taniqli shoir siymosi bu portretda har jihatdan chua mukammal ochib berilgan.
Asarda shoirning tashqi qiyofasi bilan birga, undagi ruxiy ko’tarinkilik, bitmas – tuganmas ijodiy ilxom soxibi ekanligi juda moxirona tasvirlangan.
Uning zamondoshlaridan biri V. Tropinin bizlarga asosan “Pushkin”, “Gitarachi”, “Bagration” portretlari muallifi sifatida tanilgan. Uning 1823 yilda yaratgan “To’r to’quvchi qiz” portreti istarasi issiq, yoqimli shaxlo ko’z qiz qiyofasini aks ettirdi.
Ularning izdoshlaridan biri A. Venetsianovdir. U birinchi bo’lib san’atga dexqon obrazlarini olib kirdi va birinchi bo’lib tabiatning poetik obrazini yaratdi.
20 yillarda yaratgan «YOz», «Ekinzorda» asarida — tabiat va inson obrazini, dexqonlarni mehnat jarayonini ifodalab uyg’unlashtirib bergan. U «Zaxarka» portretida mehnatkash bolani ichki dunyosini ochib bergan. _
XIX asrda realistik portret soxasida Kramskoy, Repin,
N.Vasnetsov, V.Serov kabi ulug’_ rus rassomlar ijod qiladilar. N.Kramskoyning N.Nekrasov, P.Tretyakov, L.Tolstoy, I.Repinning V.Stasov, M.Musogorskiy portretlari bunga yorqin misol bo’la oladi.
XX asrning ikkinchi yarmida o’zbek portret san’ati yuksalib rivojlandi. Portret soxasini Lutfulla Abdullaev, Abdulxak; Abdullaev, Raxim Axmedov, Malik Nabievlar samarali ijod qilib kelmoqdalar. Lutfulla Abdullaevning «Mulla to’ychi Toshmuxamedov», «Y.Axunboboev» portretlari realistik an’analarda mohirona tasvirlangan.
Abdulxak Abdullaev birinchi o’zbek portretchi rassomlardan biri bo’lib, portret sohasida salmoqli ijod qiladi. U o’z zamondoshlari, ziyolilarni, olimlarni adabiyot va san’at namoyondalarini portret galleriyasini yaratib katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
«Abror Xidoyatov Otello rolida», yozuvchi «Oybek» portreti muallifining shox asarlaridan bo’lib, Otelloni o’ychan boqishi, gavda harakati portretga romantik ko’tarinkilik ruxini baxsh etgan. Unda yuz ifodasi psixologik xolati moxirona tasvirlangan. _
Oybek portretida shoir siymosi kompozitsiya jihatidan juda chuqur va mukammal ochib berilgan.
Rassom bu asarda inson qiyofasini abadiylashtiribgina qolmay, balki hamma yuksak insoniy fazilatlar egasi, otash qalb xayajon va tashvishga to’la buyuk yozuvchining jonli portretini yaratdi.
Rahim Axmedov portret janrida hayotga chuqurroq yondoshdi. Inson ichki kechinmalarini, xis - tuyg’ularini, orzularini, insonning go’zallik qalbini o’z asarida ochib beradi.
Uning «Ona uylari», «Surxandaryolik ayol», «Dehqon portreti» yorqin misol bo’la oladi.
Malik Nabiev asosan portret janrida zamondoshlari bilan bir qatorda tarixiy allomalar obrazini xam yaratish ustida ko’p mehnat kiladi. U 1952 yili «Beruniy» obrazini yaratdi. 1993 yili buyuk sarkarda «Amir Temur portreti»ni yaratdi. Portret kompozitsiyasini yaratishda rassomlarning o’ziga xos uslubi mavjud, u adabiy qo’lyozma, etnografik xujjatlardan unumli foydalanadi.
Portret mazmuniga ko’ra kuyidagi turlarga bo’linadi: kalla portreti, ko’krak qiyofali portret (byust), yarim gavda portret, butun gavda qiyofasi portreti, portret kartina, guruxli portret, miniatyura portreti va hakozo.
Portret kompozitsiyasining tuzilishida insonning tashqi va ichki qiyofasi, uning ruxiyati, shuningdek ko’li, o’tirish holati, liboslari, intererdagi predmetlar asosiy vosita sifatida muxim rol o’ynaydi.
Har bir rassom portret yaratishda o’z tajribasi, usuliga tayanadi. Bunga har xil kutilmagan holatda, rang va texnikada bajarilgan portretlar dalil bo’la oladi. Baxodir Jalolovni kinorejissyor «Komil YOrmatov» portreti shu fikrimizni tasdiqlaydi.
SHuning uchun portret yaratishda yoshlar ulug’ portret ustalari tajribasini o’rganib. Ularda unumli foydalanishlari lozim.
Portretchi rassom avval tasvirlanuvchi bilan chuqurroq tanishib, bir muncha davrda uni kuzatib, suxbatlashib, uni asosiy harakteri, xususiyatlarini, ichki va tashqi dunyosini yaxshi o’rganishi kerak, M. Nesterovning shogirdi P. Korin doim bu amallarga sodiq qolib A.Tolstoy, N.Kachalov, M.Nesterov, N.Saryan portretlarni shu tarzda yaratdi.



Download 11.14 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Download 11.14 Mb.