Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi




Download 11.14 Mb.
bet5/18
Sana14.05.2023
Hajmi11.14 Mb.
#59641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
16.06.18.БМИ А.Мамасолиев оригинал
11синф сўровнома.КАСБ (2), 102-guruh talabasining psixologiya fanidan mustaqil ta;lim uchun tayyorlagan taqdimoti., 16.06.18.БМИ М.Набиева, qH5b -aW1ByTrhCQ-J591TUoYns5t0KH, Statistika va ekonometrika
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: ish kirish, ikki bob , 4 ta paragraf, umumiy xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I-BOB. KOMPOZITSIYA TUSHUNCHASI VA UNING NAZARIY ASOSLARI
1.1.Tasviriy san’atda kompozitsiya tushunchasining moxiyati va mazmuni
Kompozitsiya asoslarini o’rganishdan maqsad, amaliy mashg’ulotlar jarayonida ijodkorlikka yo’naltirish va mustaqil tasviriy san’at ustida ishlashni shakllantirishdan iboratdir. San’atda mazmunan va g’oyaning eng yaxshi yechimini umum ijodiy maxoratini oshirish, nafosat tarbiyasining muxim omillaridan biridir. Har qanday ijodkor o’tmishdagi rang tasvir san’at ustalari merosini va tajribalarini o’rganish bilan birga, tomoshabinga chuqur ta’sir etuvchi tasvir qonunlari va uslubiyatini ham o’rganadi. Amaliyotda kompozitsiyaning zarur unsurlari, uslubiy shartlari bo’lgan soya-yorug’, rang echimi xamda uning jozibadorligi, chiziqlar, tus dog’larini ketma-ket takrorlanib uzviylik xosil qilishi, katta va kichik o’lchamlar bilan belgilangan nisbat perspektiva o’zgarishlar munosabatlari, ko’rish burchagi birgalikda ishlar mazmunini ochib beruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi.
Kompozitsiyaning tuzilishi va turlarini o’rganishda G’arb va SHarq tasviriy san’ati maktabi va ijodkorlari asarlaridan bir qanchasining namunalari misol bo’lishi mumkin. Kompozitsiya turlarini o’rganishda nafaqat realistik rang-tasvir, balki monumental asarlar kompozitsiyasini, amaliy san’at turlari, kartina satxini ifodalovchi perspektivasiz kompozitsiya tuzilishini ham o’rganish tavsiya etiladi. SHu bilan birga ijodkorlar fantaziyasi tasovvurini boyitadigan tabiat dunyosi, suv osti dunyosi, tabiatdagi tasadifiy vokealardan tasavvur olib, kartina echimida foydalana olishi mumkin.
Kartina yaratishda xaqlarning milliy xususiyatlarida, kiyimlarni o’sha erga taaluqli manzara xususiyatlarini uslubiy jihatdan o’rganish kerak.2
Rang tasvirni arxitektura, teatr xaykaltaroshlik, musiqa, adabiyot va sheriyat bilan bevosita bog’lash kompozitsiya mazmunini boyitadi kompozitsiya har taraflama chuqur o’rganish ishi ma’lum vaqt shaxsiy ish tajribasini, mahorat va chuqur idrokni talab qiladi. Turli davrlardagi san’at jamiyatini yangi shakl, yangi ilg’or tushuncha bilan boyitib alohida o’ziga xos mazmun kiritadi. Jamiyatning qurish imkoniyatlari, idroki o’sish bilan san’at olamida har doim eskirib qolgan turmush g’oyalari, turg’unlik bilan yangi oqimlar o’rtasida kurash boradi.
Kompozitsiya so’zi lotinchadan kompositioyani predmetlarini bo’laklarini solishtirib, ma’lum tartibda yaxlit joylashtirish, g’oyaga muvofiq ijod qilish, bayon qilish, kompozitsiya tuzish demakdir. Ijodkor rassom bo’lish uchun san’atga yoshligidan qiziqgan bo’lishi kerak. Ijodkor bo’lish uchun insonda qobiliyatning bo’lishini o’zigina kifoya emas, undan 10 ta sifat tilab etiladi. 10 dan bir sifat iste’dod, talant bo’lsa, 9 tasi vazminlik, mehnatsevarlik natijasida yuzaga chiqadi. Ijodkor xayotga atrof-muxitga befarq qaramaydi, jamiyatdagi tarixiy voqea, tabiat o’zgarishlari unda ifodalash fikrini uyg’otadi. Rassom hyotni chuqur o’rganish bilan birga ko’rgan taa’surotlarini umumlashtirib, o’z yo’lining uslubini topadi. Rassom xar doim sofdil bo’lib, xaqiqatni ifodalashi kerak. Rassom o’zining falsafiy dunyoqarashi, xayotiy tajribasi, bilim saviyasi, xarakatchanligi, ijodiy asarda foydalangan shaxsiy tasvir usuli bilan ajralib turadi. SHuning uchun xar bir asarni qaysi musavvir qalamiga mansubligini bilish qiyin emas. Misol sifatida I.Repin, V.Surikov, P.Benkov va R. Axmedovlarning ishlarini ko’rsatish mumkin. Ular usuli bilan bir-birlaridan farq qiladi. Badiiy asar yaratish bu ma’naviy xayotni yaxshi bilgan xolda xis-tuyg’ularni chuqur ifoda etish, hamda ilxom, mehnat, kasb mahoratining natijasidir. Badiiy asar yaratish jarayoni xar bir ijodkorda o’ziga xos, uning jarayoni turlicha kechadi va rang-barang usulda bajariladi. Ko’pchilik tajriba xayotni tabiatni, atrof-muxitni kuzatish, asosiy omillarni ifodalash, eskizlar asosida tugap eskiz nusxasini yaratish ijodiy izlanish jarayonini tashkil etadi.
Badiiy asar nayurmort, portret, manzara, yoxud maishiy janrda bo’lmasin u kompozitsiya qonuniyati bilan, chuqur xis qilgan xolda, dastlab qalamda eskiz echimini yaratishni talab etadi. SHu bilan birga ijodkor (eskizni oq-qora,och-to’q) tus rang munosabatlarini, kartinani mayda detallarini his qilgan holda bajaradi. Ijodkor kundalik hayot va o’tmishda sodir bo’ladigan voqealarni kuzatib, uning ijobiy salbiy tomonlarini taxlil etishi lozim. Bir badiiy asar ijodkor uchun yangi tarixiy janrda asar yaratish uchun turtki bo’lgan bo’lsa, ikkinchi o’tmish taasurotlarini, ma’naviy xayotni yaxshi anglagan xolda fikrlash, tasavvur etish, ijodiy maxoratni ishga solishdir.
Pedagogika universitetlarining badiiy-grafika fakultet-larida kompozitsiya fanini o’rganish talabalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirishi bilan birga o’qituvchilik faoliyatini shakllanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Kompozitsiya, san’atning xamma turlarini negizida mavjud: adabiyot, teatr-kino, musiqa, tasviriy va amaliy san’at, arxitektura va xokazo.
Kompozitsiya o’quv predmet sifatida, qalamtasvir, rangtasvirdan keyin paydo bo’ldi va hozirda kompozitsiya kursi oliy ta’lim kasb-hunarlari o’quv rejalariga kiritilgan.
Pedagogika universitetlarining badiiy-grafika fakultetlariga kompozitsiya fani talabalarni ijodiy qobiliyatlarini rifojlantirish bilan birga kompozitsiya qonun, qoidalarini, xaqiqatni to’g’ri shaklda ifodalash usullarini o’rgatadi.
Tasviriy san’atda kompozitsiya qalamtasvir, soya-yorug’, rang, xavo va chiziq perspektivasi kabi tasviriy vositalar bilan yaratiladi.
Kompozitsiya kursi talabalarni mustaqil ijodiy va pedagogik faoliyatida obrazli fikr yurgashida katta axamiyatga egadir.
Kompozitsiya fani suhbat, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlardan iborat. Kompozitsiyani asosiy qonun, qoidalari, usul va vositalari, talabalar tomonidan amaliy mashg’ulot va suxbatlar jarayonida mukammal o’rganiladi.
Kompozitsiya-o’quv predmet sifatida, xaykaltaroshlik, me’morchilik, grafika, qalamtasvir, rangtasvir, san’at tarixi kabi mutaxassis fanlar bir-biri bilan uzviy bog’liqdir.
Qalamtasvir va rang tasvirda rassom bevosita kompozitsiya asoslariga murojaat qiladi, uning qonun-qoidalarini bilmay turib kompozitsiya, qalam tasvir, rangtasvir mohiyatini tushunib etmaydi.
Ushbu kompozitsiya o’quv qo’llanma predmetining mohiyati, uning tasviriy san’atda rifojlanish tarixi, badiiy ijodning asosiy qonun qoidalari, vositalari va ularni pedagogika universitetlarining Badiiy-grafik fakultetlarida o’qitish metodlari haqida tavsiyalar tushunchalar beradi. SHuning uchun rassom–o’qituvchilarni tayyorlashda kompozitsiya fanining eng murakkab va muhim fan sifatida o’rganish tavsiya etiladi.

Download 11.14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 11.14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi

Download 11.14 Mb.