KOMPOZITSIYA TARIXINI RIVOJLANTIRISHIGA QISQA IZOH




Download 11.14 Mb.
bet6/18
Sana14.05.2023
Hajmi11.14 Mb.
#59641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
16.06.18.БМИ А.Мамасолиев оригинал
11синф сўровнома.КАСБ (2), 102-guruh talabasining psixologiya fanidan mustaqil ta;lim uchun tayyorlagan taqdimoti., 16.06.18.БМИ М.Набиева
KOMPOZITSIYA TARIXINI RIVOJLANTIRISHIGA QISQA IZOH.
Tasviriy san’atda kompozitsiya qonun va qoidalari insoniyatni ibtidoiy taraqqiyot davridan boshlab shakllana boshlagan.
Lekin ibtidoiy davr odamlari hayotni zehn bilan kuzatsalarda, kompozitsiya sezgisi juda bo’sh rivojlangan. Bunday holatni odam gavdasi va hayvon podalarini tartibsiz alohida tasvirida kO’rishimiz mumkin.
Qadimgi sharq san’atidagi kompozitsiya ibtidoiy davridan alohida farq qiladi. Qadimgi sharqda kompozitsiya mavzusi tekislikda qat’iy ma’lum tartibda tasvirlanib, quldorlik jamiyatining (marosimlari)Qonunlariga bo’ysundirilgan.
Qadimgi misr san’atida kompozitsiyani dastlabki yangi usullari paydo bo’la boshlagan. Bu esa jamiyatda ijtimoiy hayotni ongli rivojlanishi natijasidir. Tasvirga chizgi, o’lcham, rang va tus munosabatlari yuqori darajaga ko’tarildi.
Qadimgi dunyo rassomlari tabiat yaratgan o’simlik, barg va gullarni tuzilishida, yil faslini ketma-ket kelishida simmetriya va ritm tushunchalarini anglab, o’z ijodiy asarlarida, kompozitsiyada qo’llay boshladilar. SHuning uchun qadimgi greklar relef, fronton kompozitsiyalarida ritm va simmetriyadan unumli foydalanganlar. Uyg’onish davrigacha kompozitsiya faniga bag’ishlangan biror bir nazariy qo’llanma yaratmagan.
Uyg’onish davri renessans insoniyatga ulug’ san’at allomalarini etkazib berdi. O’sha davr rassomlari esdtalik kundalik, ilmiy makolalarida kompozitsiya haqida qimmatli fikr, xulosalarni yozib qoldirdilar.3
Erta uyg’onish davrining vakillari Djotto va Mazachcho o’z ijodlarida perspektiva, plastik anatomiya, geometriya qonunlarini amalda qo’llab, kompozitsiya fanining bilimdoni ekanliklarini misolda ko’rsatdilar. YUqori uyg’onish davri rassomlari san’atning har xil turlarini bir-biri bilan bog’lab, uning nazariyasini ilmiy asoslagan holda rivojlantirdilar.
Ular perspektiva yordamida kartinada chuqurlik, masofani tasvirini haqqoniy namoyon etishga erishishdi.
Ko’p yillik kuzatuv va analiz natijasida ko’zga ko’ringan rassomlarning asarlarini g’oya tuzilishi, rang echimidagi uslub, amaliy tajribalarini umumlashtirib Alberti “Rang tasvir haqida uch kitob” ilmiy nazariy meros yozib qoldirdi.
Leonardo da Vinchi va Alberti o’z maqolalarida badiiy asarlarida statik (harakatsiz) va dinamikaga (harakat) alohida ahamiyat bergan edi.
Frantsuz rassomi E. Delakrua o’z ilmiy maqolalarida Leonardo da Vinchi, A. Dyurer, P, Rubenslarni kompozitsiyaga oid traktlarini kengaytirib chuqur ma’nolar bag’ishlab davom ettirdi.
Osmon yulduzlarini shu’lasi ta’sirida inson jismiga Olloxdan in’om etilgan go’zallik va qobiliyatni o’ziga mujassam etgan allomalarni er yuziga kelishini insoniyat bir necha bor guvohi bo’lgan qobiliyatni Leonardo da Vinchi go’zal qiyofasida har qanday mushukul ishlarni osonlik bilan uddasidan chiqadigan odil inson shaklida ko’ramiz.
Vinch shahridagi janob Peroning o’g’li Leonardo, shunday ilohiy kuch-qudratga ega ediki, u bir necha oylab, matematika bilan shug’ullanar, lirada musiqa chalar qo’shiq aytib malakasini oshirardi. SHunday bo’lsada asosiy qiziqishi bo’lgan rasm chizish va xaykaltaroshlikni tashlamadi.
Xudo bergan betakror aql-zakovatli, xotirasi kuchli buyuk alloma chizgan tasviri bilan insonni hayratga solar, fikr-mulohaza kuchi bilan lol qoldiradi. U Milan shahrida Dominikanlik aka-ukalar uchun “Mahfiy kecha” nomli go’zal asar yaratdi. Avliyolarni chehrasiga husn qo’shib, ulug’vor qilib tasvirladi. Faqat Isusni yuz qiyofasini tasvirlashda ilohiy qudrati etmaydi chala qoldirgan va umrini oxirigacha bitira olmagan edi. Leonardo odam anatomiyasini Galena ta’limotiga asoslangan chukur o’rgandi, murdalarning suyak muskunllarini pero va qizil qalamda sinchiklab chizma boshladi va odam anatomiyasi tasvirlari kitobini yaratdi. Otlarning suyaklari anatomiyasi kitobini ham yaratgan. Bu anatomiyaga oid chizgilarning ko’p qismi Leanardoning avtoportretlari bilan bir qatorda bizlargacha etib kelgan.
Leonardo Franchesko del Djokondo uchun uning xotini Liza portretini 4 yil mobaynida ishladi, ammo shunday bo’lsada portretni oxiriga etkazaolmadi. Portretda ayolning hamma go’z xislat, fazilatlari, yarqiragana nam ko’zlari kipriklarigacha jonli odam nigoxini ko’rinishida qilib tasvirlagan.
Tasviriy san’atda bunday toj asarlarning mavjudligini dunyoda eng qobiliyatli, zexnli olim, alomma musavvir qalamiga mansub bo’lishi xaligacha insonlarni beihtiyor hayratga soladi.XVI asr oxirida o’quv fani sifatida shakllana boshladi. Buni V.Neleng, S. Vasilev kabi metodistlarning Frantsiya safaridan so’ng o’qitish sistemasi haqidagi hisobotlari orqali bilish mumkin. 1882 yili taniqli pedagog - rassom Violie Le Dyukani “Tarixchini tarixi” kitobi rus tiliga tarjima qilgan edi. Bu kitob shaxsiy ish tajribasidan kelib chiqib, tasviriy san’atni o’qitish metodikasidan suxbat tarzida berilgan. Bu kitobni “Sochinenie” qismida, frantaziya, perspektiva ma’lum qonunlarga tanishishni o’qtirib o’tilgan. Tasviriy san’atda kompozitsiya masalalari haqida dastlabki metodik bayonnoma muallifi amerikalik pedagog-rassom A. Doudir. Bu o’quv qo’llanmada tasvirda har xil shakl, tuslarni qog’oz va matoga to’g’ri joylashtirish, qog’oz hajmi va formatiga alohida ahamiyat bergan. Tasviriy san’atda yangi impressionizm oqimining paydo bo’lishi – rangtasvirda yangilanishga vosita bo’ldi, san’atni oldinga rivojlanishiga turtki vazifasini o’tadi. Impressionistlar rang politrasini boyitdi. XX asr boshlarida G’arbiy Evropa davlatlarida va Rossiyada har-xil badiiy oqimlar paydo bo’lsa boshladi: futurizm kubizm, ekspressionizm, dadaizm, syurealizmlar shular jumlasidandir.
Tartibsiz mulohaza, qarama-qarshi fikrlarni kurashi tasviriy san’at va kompozitsiyani o’qitish metodikasiga chalkashlik va tartibsizlik olib kirdi. XX asrning birinchi chorasida tasviriy san’at G’arbiy Evropa va amerikada berk ko’chaga kirib qolgan edi.
SHu bilan birga ko’p san’at maktablarida rassomlar realistik san’at yo’lida kompozitsiya nazariyasini o’rganishni davom ettirdilar. Rossiya tasviriy san’atida XVIII asrgacha ikona rangtasviri taraqqiy etgan edi. Eng qobiliyatli rus ikonachi rassomlardan biri Andrey Rublev edi.Uning mashhur “Troitsa” si ikona janridagi qadimgi klassik kompozitsiya namunalaridan biri xisoblanadi. Kompozitsiyada bu rassom gavda holatining aniq tasviri, rang garmoniyasi va axlitligiga erishdi.
XVIII asr Rus tasviriy san’atida, realistik badiiy maktabning asoschilari A.P.Losenko, G.I. Ugryumovlar hisoblanadilar.
Rossiyada Peterburg Badiiy akademiyasini bitirgan A.Ivanov. A. Egorov, V.SHebuev, A. Venetsiyanov, K. Bryulovlar o’z ijodiy va pedagogik faoliyatlarida kompozitsiya muammolariga ko’proq axamiyat berib, tasviriy san’atni yangi pog’onaga ko’tardilar.
1757 yili tashkil topgan Peterburg Badiiy akademiyasida mutaxasislik fanlarini o’qitishni muntazam tarzda yo’lga qo’yilishi,Rossiya ta’sviriy san’atini rivojlanishini o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Mashxur rassom va pedagog A.P.Losenko o’z faoliyatida ijodiy yondoshib kompozitsiya masalalari ustida ishladi.U hamma tasviriy vositalar asar g’oyasiga,mazmuniga qaratilgan bo’lishini ta’qidladi.
Losenko o’z vaktida akademik ta’lim metodini yangilashni angladi va yangi uslub-metodikasini ishlab chiqdi.CHunki Bolon maktabi tizimida bo’lib,birinchi navbatchi ulug’ rassomlarga taqlid qilinar edi.Uning yaratgan Akademiya o’qitish nazariyasi XIXasr o’rtalarigacha davom etdi.Losenko davridayoq Rossiya Badiiy Akademiyasi dovrig’i va obro’yi dunyoga tarqaldi.
A.P.Losenko yuqori saviyali kompozitsiya ustasi edi.Buni «Vladimir pered Rognedoy» kartinasi misolida ko’rish mumkin. Losenko dars bergan tarixiy janr klassida kartina tuzilishi masalalariga ko’p e’tibor berilar edi.
P.I.Sokolov,G.I.Ugryumov,O.A.Kiprenskiy,K.P.Bryulov kabi ulug’ rassom pedagoglar A.P.Losenko o’qib ta’lim oldilar.
Losenko boshlagan ishni Akademiyadagi pedagogik faoliyatini G.I.Kozlov,P.I.Sokolov (1782 y)kabilar davom ettirdilar.
Ayniqsa Ugryumov, Losenko boshlagan tarixiy janr klassida kompozitsiyani davom ettirdi, kompozitsiya nazariyasini mukammallashtirgandi.
Uning o’quvchilaridan A.Ivanov, A.Egorov, V.SHebuevlar ham ustozning uslublarini davom ettirdilar.
SHunday qilib rassom-pedagog va metodistlar XVIII va XIX asr boshlarida tasviriy san’at va kompozitsiyani o’quv predmet sifatida rus badiiy maktabda o’qitilishni mumkinligini isbotladilar. Bu yo’nalish rangtasvir kompozitsiyasi ustasi K.Bryullov tomonidan qo’llab quvvatlandi.
K.Bryullov o’zining pedagogik va ijodiy faoliyatida gavdaning plastik tuzilishiga, asarda kompozitsiya muvozanatini haqqoniy tasvirlashga ahamiyat berdi.
«Pompeyning oxirgi kuni» asari bunga yorqin misol bo’la oladi.Asarda insonni hayotda sodir bo’ladigan xavfli, fojiali dramatik daqiqalardagi holati,tabiatda chaqmoq natijasidagi kuchli yorug’ nurlari ostida bo’layotgan ta’sirchan voqea kontrast ranglarda tasvirlangan.
Odamlar ko’zidagi qo’rqinch, ularning go’zal nigoxi xatti harakatlari, shijoatli onalar badiiy yuksak mahorat bilan, yuqori darajada jozibali tasavvur etilgan. Bryullov bu asarida badiiy Akademiyaning yuksak an’analarini davom ettirdi.
XIX asrning ikkinchi yarimida ilg’or ma’rifatli rus rassomlari tashqi dunyoni hayotda to’g’ri tasvirlash uchun kurash olib bordilar. Realistik san’atning rivojlanishiga I.N. Kramskoy boshliq sayyor rassomlar katta ta’sir ko’rsatdilar.
Asosan xalq manfaatini ko’zlab, xayotdagi muhim voqealarni ko’zatib, ijod qildilar, asarni g’oyasiga ahamiyat berdilar. Ko’plab Rus rassomlarining ustozi P.P.CHistyankov mutaxassislik fanlari o’qitishning yangi tizimini yaratdi.4
Realistik san’atning buyuk namoyondasi I.E. Repin kompozitsiyani nazariy va amaliy rivojlanishiga muhim xissa qo’shdi. SHuningdek tarixiy janrda har tomonlama yangi novatorlik vositalari bilan V. Surikov rus rassomlariga o’z ta’sirini o’tkazdi. U kompozitsiya eskizini bajarishga alohida ahamiyat berdi. O’ylagan mavzu rassom tasavvurida tiklansa u darrov qo’liga qalam, ko’mir, mo’yqalam olib eskiz bajarishga kirishardi. Ayniqsa “Boyarina Morozova” kartinasi uchun, o’nlab, yuzlab qalamlavha, eskizlar bajargan. U mavzuga oid bo’lib o’tgan tarixiy voqealarni sinchiklab o’rganardi. XIX asr oxiri XX asr oxiri boshlarida Rossiya san’atida va o’qitish tizimida ilg’or –progressiv yo’nalish bilan bir qatorda reaktsion kuchlar ta’sirida, burjua falsafasiga taqlid qilgan yangilik - “Novizna” oqimi paydo bo’la boshladi.
Maishiy janrdagi kartina mazmuni, kompozitsiyaning badiiy yuksak yaxlitligi asta – sekin o’z kuchini yo’qota bordi.
Buyuk pedagog rassom D.N. Kardovskiy bularga qarshi murosasiz kurash olib bordi va realizm pozitsiyasida turib ximoya qildi.
D. Kardovskiy ham P. CHistyakov kabi tasviriy san’atdagi ardoqli pedagog-rassomlardan edi.
V. Efanov, D. SHmarinov kabi ko’plab Rossiya rassomlari uning ustaxonasida yaxshi ta’lim oldilar.
Ko’p yillik pedagoglik faoliyati mobaynida qalamtasvir va kompozitsiyadan mukammal o’quv tizimi shakllandi. Kompozitsiya hayot hodisalarini obrazli aks ettiruvchi vosita bo’lib talabalardan ma’lum farmatda, oddiydan murakkab eskizlar bajarishga o’tish printsiplarini qo’ydi. Keyinchalik kompozitsiyani nazariyasi, amaliyoti va ularni o’qitish metodikasini asosiy printsiplarini ishlab chiqishda, V.Favorskiy, A.Deyneka, K.YUon, E.Kibrik, A.Alpatov, G.Nisskiy, F.Reshetnikov, D.SHmarinov kabi ulug’ rus rassomlari o’z xissalarini ko’shdilar.
Bularning ichida K.YUon, A.Deyneka, E.Kibrik, M.Alpatovlarning to’ldirilgan ijodiy va ilmiy nazariyasi tadqiqotlarini alohida ta’kidlab o’tish o’rinli.
Kompozitsiya nazariy asoslarni rivojlantirishda salmoqli xissa ko’shgan rassomlardan yana biri Konstantin Yuondir.
Ulug’ rassomlarni asarlari misolida kompozitsiya tuzilishini taxlil qilib: kontrast, vertikal, gorizontal, dioganal simmetriya, assimetriya, aylana, uchburchak, muvozanat, ritm yaxlitlik, dinamik, statik xolat, yorug’, rang koloriti, qurish nuqtasi, gorizont, kompozitsiya plani, maxobatlilik, dekorativlik_ kabi tasvir uslublarini ko’rsatib berdi. K.YUon kompozitsiyani uqitish metodikasi saviyasini yuqori darajaga qo’yish kerak deb hisoblardi.
Har xil mavzudagi kompozitsiya eskizini bajarish jarayonida xomaki tasvir, yorug’ va ranglarni har xil xolatida perspektiva qoidalarini ishlata bilishni tavsiya qilardi. qo’shimcha hayot ta’surotlarini, gavdani turli xolati, gurux. odamlarni harakatdagi ko’rinishi, tipaj, liboslar, xona bino burchaklaridan chizg’ilar chizib, ulardan unumli foydalanishni tavsiya etardi.
Kompozitsiya masalalaridan takomillishtirishga munosib xissa qo’shgan buyuk rassomlardan biri E. Kibrikdir. U o’z asarlari bilan grafika san’atini yuqori cho’qqilariga olib chiqqan san’at ustalaridan biridir.
U o’zining «Kompozitsiya masalalariga doir» (1961y) kitobida kompozitsiyani tasviriy san’atdagi ob’ektiv qonunlarini, kompozitsiyani o’qitish soxasidagi metodik qo’llanmadagi kamchiliklarni o’qtirib o’tdi.
Kompozitsiya qonun- qoidalarini chuqur bilish, qobiliyatli ijodkor ongiga sayqal beradi. Etuk rassomlarning ijodiy tajribasiga va kompozitsiyani o’qitish uslubiyatiga asoslanib Badiiy Akademiya tomonidan 1960-64 yillari nashr etilgan 8 jildli «SHkola izobrazitelnogo iskusstva» nomli metodik qo’llanma tasviriy san’at manbaini boyitdi.
Tasviriy san’atda kompozitsiyani rivojlantirish tarixi bilan tanishib, imkoniyat darajasida mavjud fanga tegishli ma’lumotlarni tartibli ravishda o’rganib, kompozitsiya nazariyasi haqida xulosaga ega bo’ldik.



Download 11.14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 11.14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KOMPOZITSIYA TARIXINI RIVOJLANTIRISHIGA QISQA IZOH

Download 11.14 Mb.