|
Kompozitsiya bo‘limining tasviriy san’atdagi nazariy va amaliy ahamiyati
|
bet | 8/18 | Sana | 14.05.2023 | Hajmi | 11.14 Mb. | | #59641 |
Bog'liq 16.06.18.БМИ А.Мамасолиев оригинал 11синф сўровнома.КАСБ (2), 102-guruh talabasining psixologiya fanidan mustaqil ta;lim uchun tayyorlagan taqdimoti., 16.06.18.БМИ М.Набиева1.2.Kompozitsiya bo‘limining tasviriy san’atdagi nazariy va amaliy ahamiyati
KOMPOZITSIYANING QOIDA, USUL VA VOSITALARI.
San’at asarlarini taxlil qilganimizda, kompozitsiya qoida va usullari o’z mohiyatini asta - sekin yo’qotib, yangi kompozitsiya qoidalari paydo bo’la boshladi. Badiiy asar yaratishda rassomlar tabiiy va ongli ravishda kompozitsiya qonunlariga rioya kilishadi. Har bir ijtimoiy - jamiyat san’at oldida yangi zamonaviy vazifalarni ko’ndalang ko’yadi.
Hozirgi vaqtda biz kompozitsiyani nazariy asoslarini ikki guruhga ajratamiz. 1. Kompozitsiya qonunlari. 2. Kompozitsiya qoida va usullari.
KOMPOZITSIYA USUL (YO’LLARI).
Kompozitsiyani asosiy usullaridan biri ritmni ifodalash, kompozitsiya mavzusi markazini aniqlash, simmetrik yoki assimmetrik holati, massani ikkinchi plandagi kenglikdagi asosiy qurilmasini joylashtirish.
Ritm hayotda va san’atda mavjudligi rassom uchun yaxshi belgi, vositadir u bir elementni oraliqda galma-gal qaytarilishidir. Asar g’oyasini kompozitsiya tuzilishini idrok etishda ritm estetik obrazli tasavvur rolini o’ynaydi va kontrast rang, ton qonunlariga suyanadi.
KOMPOZITSIYA USULLARI.
Uzoq kenglikni ochiq manzarada gorizontal xolatda tasvirlansa, kenglik bepoyon, katta bo’lib tuyuladi.
V. Meshkovning «Ural haqida uylar» manzarasi juda gorizontal uzun formatda joylashtirib tasvirlangan.
Ko’p planli manzarani orqasida o’rmonzor tasvirlangan. Oldingi va orqa plandagi kontrast yorqin ranglar, engil ufq; chizig’i masofani, bepoyon kenglikni aks ettiradi. Kompozitsiyani gorizontal usulda ifodalashda tinch, osoyishtalik holatini sezamiz.
Kompozitsiyani parallel, vertikal yo’nalishda bo’lishi tantanali ulug’vor, ko’tarinki rux holatini anglatadi. Bunga L. Abdullaevaning «Qo’riq. er ochuvchilar», kartinasi misol bo’lishi mumkin. Dioganal yo’nalishi esa harakat holatini kuchayishi yoki susayishini ko’rsatadi. V. Surikovning «Boyarina Morozova» kartinasida chananing harakatdagi yo’nalishi, chopib borayotgan bola, hayajon bilan kuzatib turgan turli libosdagi haloyiq, - omma pastki o’ng burchakdan, yuqori -chapburchakka dioganal yo’nalishida tasvirlangan.
Asarda xarakat yo’nalishini o’ngdan chapga susaygan holati masofani chuqurligini ifodalashga imkoniyat beradi.
KOMPOZITSION VOSITALAR.
CHizik, shtrix, rangli va tusli dog (surtma) chizma perspektiva, soya - yorug’, rang, havoli va rangli perspektivalar kompozitsiyaning vositalaridir.
CHiziqni esa tasviriy san’atning asosiy vositalaridan biri deyish mumkin. Undan uzoq, muddatli, qisqa muddatli chiziqlar bilan kompozitsiya eskizlarida foydalaniladi. Rassom qog’oz tekisligida predmet shaklini ochroq, to’qroq, chiziqlar orqali ifodalashi mumkin.
Kompozitsiyani amalda dastlab chiziq, tasvirda bajariladi. Keyingi bosqichda shtrix chiziqlarni qalinligi orqali predmetlarni soya, yorug’ joylariga shakl berib, chuqurlik, masofani ifodalashga beradi.
Rang va tusli dog’ kompozitsiya mashg’ulotida muhim rol uynaydi. Asarda plastik hajm, chiziqli, havoyi, rangli perspektivalarni roli kattadir.
Biz bu kompozitsiyaning asosiy vositalarni qayd qilib o’tdik.
Kompozitsiya kursini asosiy vazifasi talabalarda ijodiy fikrlashni, san’atni idrok etishni va taxlil qilishni, hayotni kuzatish va obrazli tasavvur etish, badiiy estetik did va madaniyatni shakllantirish, ularni badiiy-pedagogik faoliyaiga tadbiq qilishdir.
Kompozitsiya amaliy hamda nazariy qismdan iborat.
Nazariy ma’ruzalar auditoriyadagi amaliy mashg’ulotlarni, uy vazifalarini ongli ravishda bajarishni idrok etadi. Kirish qismida kompozitsiyaning asosiy qonun - qoidalari, usul va vositalarini o’z ichiga oladi. Tasviriy san’atni janr turlaridagi kompozitsiyani o’ziga xos muammolarini, san’at asarida mavjud qonun talablarini ifodalaydi.
Kompozitsiya nazariyasidagi bilimlarni chuqur o’zlashtirishda, maxsus seminarlarni roli katta. Bulardan tashqari talabalarni mavzular asosida referat yozib ma’ruzalar bilan chiqishlari, ularni muhokama qilish yaxshi
natija beradi.
Amaliy qismida asosiy maqsad talabalarda ijodiy qobiliyatni shakllanishiga, hayotni kuzatish, uni tasviriy vositalar bilan aks ettirish, bosqichma - bosqich eskizini oxirigacha etkazishdan iboratdir.
Amaliy mashg’ulotlarda kompozitsiya eskizini mazmun g’oyasini maqsad va vazifalarini ongli ravishda idrok etish muhimdir.
Bajarilgan amaliy vazifalarni kamchilik va sabablarini muhokama qilib tushuntirib ijodiy fikrlashni shakllantirish lozim.
San’at muzeylari, badiiy ko’rgazma zallariga, ekskursiya, etuk rassomlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, ular bilan suhbatlar o’tkazish, talabalarda badiiy ongni boyitadi.
Berilgan mavzu buyicha eng «yaxshi kompozitsiya eskizi uchun» talabalar o’rtasida konkurs e’lon qilib yaxshi eskizlardan ko’rgazmalar tashkil qilishi, g’oliblarni rag’batlantirish ijodiy samara beradi.
Tasviriy san’at tushunchasiga nafis san’at, grafika haykaltaroshlik va amaliy san’at kiradi.
Bu yuqorida sanab o’tilgan tasviriy san’at turlarining har biri ijodkor tanlagan voqeylikni, mavzuni o’ziga xos vositalarda, badiiy tilda tasvirlaydi. Bu san’at turlari ichida eng keng tarqalgani nafis tasvir san’atidir.
Nafis tasviriy san’at - tasviriy san’atning bir turidir. Rassom buyoqlar va maxsus usullar yordamida jisimni predmetni xajmni tasvirlaydi.
Nafis tasviriy san’at beshta elementlardan iboratdir. Bu elemntlar buyum shaklini, rangini tushayotgan yorug’ni, yasalgan materialini, tasvirlanayotgan predmetni qanday sharoitda va muhitda ekanini tasvirlashda namoyon bo’ladi.
Tasviriy sana’tda bir necha janrlar mavjud: tarixiy, jang manzaralarini aks ettiruvchi janr, maishiy janr, portret, manzara, natryumort, inter’erdir. Har qanday san’at asarining negizini kompozitsiya tashkil etadi. Natryumort tuzish bu ijodiy jarayon. Unda rassomning didi, layoqati kompozitsiya madaniyati, bilim saviyasi namoyon bo’ladi.
Natryumort (lug’aviy ma’nosi-jonsiz tabiat) haqida gapirganda, odatda, sabzavot — mevalar, gullar, otilgan ilvasinlar, (mulyaj) uy ruzg’or buyumlarni tasvirni ko’zda tutadilar.
Lekin natyurmortda jonsiz tabiat tasvirlanganiga qaramay, matoda jonli hayot nafasini sezamiz. Natyumort kompozitsiyasini ma’noli va ta’sirchan chiqishi uchun yagona mavzudagi bir - biriga munosib va mos narsalar tabiiy bog’lanishda qo’yilishi kerak. Qo’yilgan natyurmort kishida qiziqish va rasm chizishga havas hissini uyg’otadigan bo’lishi va albatta kompozitsiya talablariga javob beradigan bo’lishi lozim. Natyurmort tarkibiga kiradigan narsalar estetik ta’sirchanlik talablariga javob beradigan, shakli, hajmi, materiali, sirtqi (fakturasi) rang va och - to’qligi (tus) bilan bir - biridan farq qilishi kerak.
Masalan, katta chelak yoniga ko’yilgan gugurt qutichasini ko’z ilgamaydi, chunki ular o’rtasida uzviy bog’lanish sezilmaydi. Tanlab olingan narsalarni predmet tekisligida bir - biriga nisbatan qanday joylashtirilishi natyurmortni qiziqarli chiqishiga ta’sir etadi.
SHarden, Surbaran, Kalf, Snayders K.Korovin, I. Mashkov, P. Konchalovskiy va boshqa natyurmort nafis rassomlar asarlarida hayotiy xaqiqatni, matoda jonlangan tabiatni ko’ramiz.
SHardenning «piyozli natryumorti» da stol ustidagi ko’k piyozni cho’ziq shakli qiziq tirib, surat kompozitsiyasini cho’ziq, bo’lishiga sabab bo’lgan bo’lishi mumkin.
SHakli jihatdan unga zid narsalar izlab, SHarden sharsimon olmalarni, ovalsimon tuxumlarni va ro’zg’orda zarur bo’lgan buyumlarni, mis, qog’oz, sopol va shisha idishlarni tanlagan.
Rassom ataylab shakli o’lchami, materiali bir-biridan farq qiladigan narsalar tanlashda tabiatni o’ziga xos, narsalarning rang-barang va turli-tumanligi qiyos qilgan. Bir qarashda bu natyurmort mazmun jahatidan juda, sodda ko’rinadi. Rassom turmushda zarur narsalardan bir nechasini olgan xalos, Mazmunan bir-biriga monand narsalardan tanlab olganidan keyin, ulardan shunday bir yaxlit gurux, tashkil qilish kerakki, u kishida qiziqish uyg’otsin, diqqatini o’ziga tortib, albatta uning tasvirini yaratish ishtiyoqini hosil qilsin.
SHarden natryumort tuzish tanlagan narsalar-mis qozon, sopol chumich, yashil ragli shisha idish, ko’k piyoz boshlari , ikkita olma va ikkita tuxumdan iborat.
Bular hammasi oshxona ashyolari bo’lib, shakllari, tuzilishlari, sirtlari va ranglari har xil.
Bular ulkan mo’yqalam sohibining yuksak talanti, tabiatning beqiyos boyligini ko’ra olishi va to’g’ri idrok qilishini natijasidir.
Natyurmortning kompozitsion muayyanligi uni tabiiyligidir. SHuning uchun natyumort tuzish, uni o’rnatish, vaqtida yaxlitlikka e’tibor berib, nihoyasiga etkazishga harakat qilish lozim.
Buning uchun esa klassik namunalarni ko’plab taxlil qilib, u yoki bu asar insonga nima uchun shunchalik ta’sir etadi, zavqini keltiradi, degan savollarga javob izlash foydalidir. Natyurmortning manzara yoki intererga nisbatan afzalligi yana shundaki, uni qo’yib olgandan keyin bir necha kun joyidan ko’zg’atmasdan har xil qarash nuqtalaridan qayta-qayta tasvirlash mumkin bo’ladi.
Natyurmortning atrofimizdagi tabiatdan farqi shundaki, uni inson ijod qilish yoki o’rganish maqsadida o’zi ataylab tuzadi, tafakkuri bilan barpo etadi.
O’quv natryumortning kompozitsiyasi bir tomondan estetik talablariga, ikkinchi tomondan ta’limning didaktik talablariga javob berish kerak.
Natryumort qo’yilmasi puxta va uzoq, vaqt o’ylab, muloxaza qilib tashkil etiladi. Unga ko’p narsa kirtilmasada predmetlarning shakl va ranglari har xil bo’lishiga e’tibor berish kerak.
Silliq yaltiroq sirtli idishni, sirti jilvasiz narsa bilan, qirrali buyumni dumaloq shakl bilan yonma - yon qo’yilsa, ularni takqoslash va sinchiklab o’rganish uchun imkoniyat tug’iladi.
Natyurmortni asosiy talablaridan biri o’lcham, rang va ton jihatidan ajralib turishi, hamda surat teksligining markazita yaqin joyga qo’yabilishdir.
Bu surat mazmunini ochishda, so’zboshlovchi vazifasini o’taydi, kompozitsiyaning markazini bo’rttirib ko’rsatib beradi. Ko’pincha rassomlar asosiy predmaetni ataylab geometrik markazdan sal siljitib qo’yadilarda muvozanatni
saqlash uchun qarama - qarshi tomonda rang va och to’qligi unga zid bo’lgan peredmet oladilar.
Atokli natryumortnafislar Sezan, SHaren, Xrutsskiylar bu usuldan unumli foydalanganlar.
Natyurmort janrida O’zbekistonlik rassomlardan V.Ufimtsev, S. Kolibanov, YU. Elizarov, R. Axmedov kabilar o’z asarlarida tabiatni beqiyos boyligini milliy ruxda jozibali tarannum etdilar.
O’kuv Natyurmortining muhim tomonlaridan biri tasvirlanayotgan narsalarning fazoviy joylashishidir. Qo’yilmaga kiradigan narsalardan kattasi orqaroqda, maydalari oldinrokda, biri ikkinchisining va asosiy narsani bir oz berkitib turadigan qilib qo’yiladi.
Natyurmortdagi narsalarni mazmunan bir - biriga bog’lash maqsadida unga cho’ziqroq shaklidagi narsa kiritiladi.
Surat teksligining asosidan kompozitsiya markaziga qaratib qo’yilgan pichoq, qoshiq, qog’oz o’rami, mo’yqalam va hokazolar surat mazmunini ochishga yordam beradigan «kalit» bo’lib, tomoshabin nigohini kompozitsiya markaziga yo’naltiradi. Natryurmortning fazoviy holatini yaqqolroq tasvirlash uchun birinchi planda unga katta bo’lmagan, ammo yorqin narsa qo’yiladi.6
Natyurmortning ufq chizig’iga nisbatan qanday joylashishi ham katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, ko’z balandligidan pastrokda qo’yilgan natyurmort yotiq predmet teksligida to’la-to’kis ko’rinib turadi, narsalarning asoslari, ularning o’zaro joylashishi yaqqol ko’rinadi va tasvirlashda qulay bo’ladi. Narsalarning shaklini va fazoviy joylashuvini to’laroq ochib berish uchun yorug’lik nurlari peshonadan old tomonidan yoki yondan tushadigan bo’lishi kerak. Tabiiy yorug’likning kuchi etarli bo’lmasa, natyurmortning yon tomoniga sun’iy yoritgich ko’yiladi. SHunda oldingi narsalarda yorug’ soya kontrasti keskin bo’lib, ularning xajmdorligi bo’rtib ko’zga tashlanadi, sirtlari, yaqqol ko’rinadi. Ikkinchi plandagi narsalarda esa ziddiyat kamroq seziladi. Nurlarning kuchi kamayib borgan sari uchinchi plandagi narsalardagi qarama - qarshilik yana ham mayinlashadi, ularning chegaralari fonning to’q joylari bilan umumlashtirib ko’rinadi. Lekin natyurmort bo’yoqlarda tasvirlanadigan bo’lsa, uni deraza yaqiniga kunduzgi tabiiy nurlar ostida va biroz yonboshdan yorug’lik tushadigan qilib qo’yilgani ma’qul.
Vazifa natryumortdagi narsalarning asl (lokal) ranglarini aniqlashdan iborat bo’lganda, u deraza ro’parasidagi devor yoniga qo’yiladi. Bunda natyurmortga nurlar old tomondan tushadi, soya va reflekslar unchalik ko’p bo’lmaydi va predmetlarning o’z rangi yaqqol, ochiq - oydin ko’rinadi.
Avvaliga fon uchun tanlanadigan gazlamalar yaxlit, sidirg’a va nursizroq bo’lgani ma’qul, chunki olachipor yorqin rangli gazlama ko’zga aniq, tashlanib, natyurmortning o’zini kurishga xalaqit beradi. SHuni ham hisobga olish kerakki oqish fonda qoramtir narsalar, to’q fonda esa, aksincha oq narsalar ravshan ko’rinadi.
Keyinchalik natyurmortga kompozitsiyaning tarkibiy qismlaridan biri sifatida burmali matolar (drapirovka) kiritiladi.
Orqa fonga va predmet stoliga solinadigan gazlamaning (chit, surup, shoyi, bahmal, movut) xarakteriga mos holda mayda va yirik burmalar solib qo’yish mumkin.
Gazlama devordagi bitta nuqtaga biriktirib qo’yilsa u pastga erkin osilib tushadi va tabiiy shakldagi burma hosil qiladi.
YUqorida aytganimizdan ma’lum bo’ldiki, natyurmort postanovkasini qo’yish jiddiy va ma’suliyatli ishdir. YAxshi qo’yilgan natyurmortda ortiqcha tasodifiy narsalar bo’lmaydi, uni old yoki yon tomonidagi qarash nuqtalaridan kuzatilganda, mazmunli yaxlit guruh bo’lib ko’zga yaqqol tashlanib turadi.
O’quv natyurmortdan ijodiy natyurmortni farqi shundaki u hayotga yaqin bo’ladi. Odam ishtirokisiz ham ko’p ma’noni anglatadi.
Misol tariqasida V.Ufimtsevning «Garmon» (1945y)G. Abduraxmonovning «Samovarli natyurmorti»ni olamiz «Garmon» natyurmortida jangchining kundalik «poxod» anjomlari avtomat, maxorkali xalta, gazeta, mis kosacha, buyum to’rva va jangchining hamrohi,-garmon tasvirlangan. Bu natyurmort o’zida odam ishtirokini bildirib eslatib turadi. «Samovarli natyurmort»da esa mavzu kompozitsiya tuzilishiga monand olingan YOrug milliy so’zana fonida qo’yilgan katta xajmdagi samovar va stol ustidagi laganda so’yilgan qovun -tarvuzlar, non, olma- anorlar hamda ularning tekislikda kompozitsiya jihatidan badiiy ifodali joylashishi tomoshabinni befarq qoldirmaydi. Mehmondo’st o’zbek xalqining insonlarga saxiyligi tushunchasi tabiat inomlari orqali o’z aksini topgan.
SHunday qilib, natyurmort tuzish uchun:
A) mavzu tanlash;
B) natyurmort mavzusiga mos keladigan jixozlar, predmetlar, gazlamalar topish;
V)narsalarning shakli, tuzilishi, tusi va ranglarini hisobga olib joylashtirish;
G) predmetlarning hajmdorligini yaqqol ko’rinadigan tarzda yoritish - zarur ekan.
SHularning hammasi birgalikda olinganda natyurmort kompozitsiyasi (qo’yilmasi) deb yuritiladi.
|
| |