Pedagogika fakulteti




Download 11.14 Mb.
bet9/18
Sana14.05.2023
Hajmi11.14 Mb.
#59641
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
16.06.18.БМИ А.Мамасолиев оригинал
11синф сўровнома.КАСБ (2), 102-guruh talabasining psixologiya fanidan mustaqil ta;lim uchun tayyorlagan taqdimoti., 16.06.18.БМИ М.Набиева, qH5b -aW1ByTrhCQ-J591TUoYns5t0KH, Statistika va ekonometrika
INTERYER.
Tasviriy san’atda interer mustaqil janr sifatida mavjuddir. Tarixiy, maishiy va zamonaviy mavzudagi badiiy asarlarda interer fon tariqasida ham ishlatilishi mumkin.
Interer holati orqali xonadon sohibining didi haqida, yoki zavod tsexini jixozlaganiga qarab ilmiy taraqqiyot holati haqida xulosa chiqarishimiz mumkin.
Uyni eshik derazalarning shakli, hajmi, devor va shift, polni bezagi va uy jihozlarining bezagi tasviri orqali qaysi davrga mansubligini bilib olishimiz mumkin.
Teatrdagi interer har tomonlama ichki jihozlari bilan etetik jihatdan zavod tsexidan farq qiladi.
Zavodning metall qo’yish tsexini ko’z oldimizga keltiraylik.
Katta tsex poliga yotqizilgan katta hajmdagi plitalar, relsda harakat qilayoggan og’ir kranlar, kumushsimon tugun orasidan tsexga tushayotgan sun’iy yorug’ yonidagi metall pishiriq, qozondan ko’rinayoggan qizil lava va ko’k tutun kabi holati o’zini hayotiy go’zalligi bilan rassomni beixtiyor o’ziga tortadi.
Interer janrida xayotning turli bosqichlarida ko’plab rassomlar ijod qilishgan ularning asalari orqali o’sha davrdagi qishloq uylari, cherkov, xonani, saroylarni ichki intererlari ork,ali qanday holatda bo’lganini bilamiz. Ko’plab shunday realistik san’at asarlarida yozuvchi olimlarning, jamoat arboblarining xonalari tasvirlangan.
Rassomlardan A. Venetsianovnining, «A.Nekrasov portreti» dagi interer, I. Kramskoyning «Arka tagidagi xona», I.Repining «L. Tolstoy ish ustida» tasvirlangan ishlarini aytib o’tishimiz mumkin.
I. Repinning «Kutmagan edilar» kartinasidagi intererda XIX asrning 80 - yillari ilgor ziyolilarning tipik turmush - tarzi ko’rsatilgan.
Natyurmortga nisbatan intererda chiziq va havo perspektivasining hamma qonunlariga rioya kilinadi. Bu tasvirchini tartibga soladi. Xonani ichki ko’rinishi natyurmortga nisbatan, har xil balandlikda va masofada joylashgan ko’p predmetlar gorizontal pol va vertikal devor teksligida joylashgani bilan farq qiladi (mebel, deraza, kartina).
Interer kompozitsiyasiga xonaning, predmetning konstrkutsiyasi perespektiva qisqarishi ta’sir ko’rsatadi. SHu bilan bir qatorda soya – yorug’ sharoitlariga qarab tus va «kontrast» rang echimi ustida mashg’ulot bajariladi.
Intererda odam figurasi ishtirokisiz ham mavzuni chuqur ifoda etish mumkin. Misol uchun «Maktab kutubxonasi», «Sport zali» kabi kompozitsiya mavzulari bo’lishi mumkin. Undan tashqari «Rassom ustaxonasi», «Buvim xujrasi», «Mashina sozlovchi ustaxona» kabi mavzular yakunlovchi vazifa sifatida berilishi mumkin.
Har ikkalasida ham dastlab intererdagi mavjud predmetlarni sinchiklab o’rganib, xomaki chizg’i lavhalar bajarib, interer kompozitsiyagini tuzish maqsadga muvofiqdir.

Download 11.14 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Download 11.14 Mb.