|
Pedagogika filologiya kafedrasi
|
bet | 2/15 | Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 2.13 Mb. | | #92996 |
Bog'liq Uslubiy qo\'llanma Pedagogik kompetentlik (1) elektron-kuchaytirgich-turlari., ИЛМИЙ МАЪРУЗА ТЕЗИСЛАРИНИ ЁЗИШ ҚОИДАЛАРИ, Облачные вычисления, Idrok slayd, betlik kitob, 3-MA\'RUZA, шахс (1), O’rgatuvchi dasturlar va ular bilan ishlash, 2. To’r-filtrlar vazifasi va tuzilishi Dag’al tozalash yonilg’i -fayllar.org, Z0UxHcA267Lee9prn1cu1ZL28AyhVu1TSOeJMzHy, ” 2020 yil Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosar-fayllar.org, Abdusalimova Iroda Sherzod qizi, Abduraimova Dilnora 23-05- guruh talabsi 30 ta test, Krossword EconomicMA’RUZA MASHG’ULOTI – 1
1-mavzu. Pedagogik kompetentlik fanining maqsad va vazifasi
“Kompetensiya” so‘zi tarjimada “layoqatli”, “munosib bo‘lmoq” kabi ma’nolarni anglatuvchi lotincha “competere” so‘zi asosida hosil bo‘lgan. “Kompetensiya” deyilganda, shaxsning biror-bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi tushuniladi.
Pedagogik kompetentlik fanining maqsadi – talabalarni pedagogik kompetentlikning ilmiy-nazariy asoslari, kompetentlik tushunchasining mazmun-mohiyati va ta’limdagi innovatsion jarayonlar tizimida o‘qitish va tarbiyalashda kompetentlikka nisbatan chuqur pedagogik-psixologik tayyorgarlikni shakllantirish dan iborat. Vazifalari esa: talabalarga pedagogik kompetentlikka doir manbalardan foydala na olishga o‘rgatish va ularda pedagogik kompetentlik haqidagi tasavvurlarni hosil qilish; bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy kishilik jamiyati oldida turgan eng muhim muammolardan biri – ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilishga oid istiqbolli yo‘nalishi bo‘lgan pedagogik kompetentlik yuzasidan nazariy bilimlar bilan tanishtirish; pedagogik kompetentlikka qo‘yilayotgan zamonaviy talablar bilan qurollantirish; ta’lim-tarbiya jarayonini bola ruhiyati, uning neyropsixologik, neyropedagogik imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish uchun zarur bo‘lgan bilim ko‘nikmalarni egallashlarini ta’minlash; pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ijodiy va metodik savodxonlikni hamda kompetentlikka nisbatan chuqur pedagogik-psixologik tayyorgarlikni shakllantirishdan iborat. Pedagogik kompetentlik bir qator ya’ni pedagogika nazariyasi va tarixi, pedagogik konfliktologiya, neyropedagogika, pedagogik imidjalogiya, innovasion pedagogik texnologiyalar, yosh davrlar psixologiyasi, ijtimoiy pedagogika, pedagogik aksiologiya, pedagogik psixologiya fanlari bilan o‘zaro aloqada shakllanadi.
Ma’ruza mashgʻulotning tuzilishi.
Pedagogik kompetentlikning pedagogik fanlar tizimidagi o’rni.
Fanning predmeti, ob'ekti, maqsadi va vazifalari.
Pedagogik kompetentlikning boshqa pedagogik fanlaridan farqi.
Pedagogik kom petentlik, professional kompetentlik va o’qituvchi kasbiy kompetentligiga qo'yilayotgan zamonaviy talablar.
|
| |