Pedagogik vazifalar:
1.Mavzuning tayanch soʻzlariga interfaol usul qoʻllay olishga oʻrgatish.
2.Oʻqitishni rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifalarini tushuntirish.
3.Oʻqitishning asosiy natijasi mavzu mazmun-mohiyatini tushunib olinishiga erishish.
4. Pedagogik mahorat, pedagogik texnika, pedagogik takt, pedagogik professionalizm tushunchalarini farqlay olish.
5. Pedagogik mahorat, pedagogik texnika, pedagogik takt, pedagogik professionalizm tushunchalariga tavsif berish.
Oʻquv faoliyati natijalari:
1. Pedagogik mahorat, pedagogik texnika, pedagogik takt, pedagogik professionalizm tushunchalarini farqlay oladi.
2.Oʻqitishni rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifalarini tushunib oladilar.
3.Oʻqitishning asosiy natijasi mavzu mazmun-mohiyatini tushunib olinishiga erishiladi.
4. Pedagogik mahorat, pedagogik texnika, pedagogik takt, pedagogik professionalizm tushunchalarini qiyoslaydi.
5. Pedagogik mahorat, pedagogik texnika, pedagogik takt, pedagogik professionalizm tushunchalarini tushunchalariga tavsif berishadi.
1-topshiriq.
O’qituvchining pedagogik mahorati mavzusiga doir topshiriq.
Topshiriq: O’qituvchining pedagogik mahorati mavzusini “Venn diogrammasi” grafik organayzerini yordamida izohlash.
Talabalar uchun ko’rsatma:
Venn diogrammasi-2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarni solishnirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi. Tizimli fikrlash, solishnirish, tahlil qilish ko’nikmalarinin rivojlantiradi.
3.Talabalarni mashgʻulot boʻyicha baholash mezonlari.
Jami; 5 ball.
1.Adabiyotlar bilan ishlash va konspekt qilish.-1 ball.
2.Mashgʻulotga doir vazifalarni bajarish va munozaralarda ishtirok etish.-2 ball.
3. Venn diogrammasini toʻldirish va taqdimot qilish.-2 ball.
AMALIY MASHGʻULOT-2
2- Mavzu: Zamonaviy pedagog imidji. (2- soat)
O’qituvchilarning imidji ularning shaxsi to‘g‘risida atrofdagilarga “ma’lumot” berib qolmay, balki talabalarga samarali ta’sir ko‘rsatish vositalaridan biri sanaladi. Talabalarga samarali ta’sir ko‘rsata olish uchun pedagog qanday imidjga ega bo‘lishi zarur. Pedagogning imidji uning sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli yaltiroq bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq kiyinishida aks etadi. Soch turmagi uning erkin ishlashiga halaqit qilmasligi kerak.
|