|
Pedagogika filologiya kafedrasi
|
bet | 8/15 | Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 2.13 Mb. | | #92996 |
Bog'liq Uslubiy qo\'llanma Pedagogik kompetentlik (1) elektron-kuchaytirgich-turlari., ИЛМИЙ МАЪРУЗА ТЕЗИСЛАРИНИ ЁЗИШ ҚОИДАЛАРИ, Облачные вычисления, Idrok slayd, betlik kitob, 3-MA\'RUZA, шахс (1), O’rgatuvchi dasturlar va ular bilan ishlash, 2. To’r-filtrlar vazifasi va tuzilishi Dag’al tozalash yonilg’i -fayllar.org, Z0UxHcA267Lee9prn1cu1ZL28AyhVu1TSOeJMzHy, ” 2020 yil Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosar-fayllar.org, Abdusalimova Iroda Sherzod qizi, Abduraimova Dilnora 23-05- guruh talabsi 30 ta test, Krossword Economic2-topshiriq.
Zamonaviy pedagog imidji mavzusiga doir topshiriq.
Topshiriq: Zamonaviy pedagog imidji mavzusini “Nima uchun?” grafik organayzerini yordamida izohlash.
Talabalar uchun ko’rsatma:
“Nima uchun” sxemasi-muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo’yicha fikrlar zanjiri.Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi.
3.Talabalarni mashgʻulot boʻyicha baholash mezonlari.
Jami; 5 ball.
1.Adabiyotlar bilan ishlash va konspekt qilish.-1 ball.
2.Mashgʻulotga doir vazifalarni bajarish va munozaralarda ishtirok etish.-2 ball.
3.”Nima uchun?” grafik organayzerini toʻldirish va taqdimot qilish.-2ball.
FAN BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI:
“Kompetentlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
Kasbiy kompetentlik nima?
Kompetentlik qanday holatlarda namoyon bo‘ladi?
Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi?
Ijtimoiy kompetentlik deganda nimani tushunasiz?
Maxsus kompetentlik negizida qanday kompetentliklar ko‘zga tashlanadi?
Psixologik kompetentlikning mohiyati nimadan iborat?
Metodik kompetentlikda qanday jihatlar aks etadi?
“Informatsion kompetentlik” deganda nimani tushunasiz?
Kreativ kompetentlik nima?
Innovatsion kompetentlikning o‘ziga xos jihatlari nimalarda ko‘rinadi?
Pedagogik faoliyatda kommunikativ kompetentlik qanday ahamiyat kasb etadi?
“Shaxsiy kompetentlik” tushunchasi Siz uchun qanday ma’noni anglatadi?
Pedagogik kompetentlik nima?
“Pedagogik mahorat” ga ta’rif bering?
Pedagogik mahoratni shakllantiruvchi omillar nima?
O'qituvchining kasbiy tayyorgarligi deganda nimani tushunasiz?
“Pedagogik mahorat” fanining vazifalari nimalardan iborat?
“Pedagogik mahorat” fanining asosiy tarkibiy qismlarini ayting?
Ta’lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
Pedagogik mahoratni egallash vositalarini ayting?
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari?
Hozirgi zamon o’qituvchisi qanday ijobiy sifatiarga ega bo'lishi lozim?
Pedagog kasbiga ta’rif bering?
Pedagogning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni qanday?
Samimiylik va insonparvarlik tuyg‘ularini izohlang?
Pedagogik texnika va pedagogic takt tushunchalarini izohlang.
Pedagogik bilimdonlik va pedagogik odobning asosiy shakllari nima?
“Mimika”, “Pantamimika” tushunchalarini qanday izohlaysiz?
Imidj va pedagog imidjni ta’rifini keltiring?
|
| |