• OLIY TA’LIMDA ELEKTROMAGNITIZMNI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O’QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH 701107001 – Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi
  • Jizzax-2021 DISSERTATSIYANING UMUMIY TAVSIFI Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati.
  • Dissertatsiya ishi mavzusining respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustivor yoʻnalishlariga mosligi
  • Педагогика олий ўҚув юртлари талабаларини – БЎлажак математика ва информатика ўҚитувчиларини дифференциал ва интеграл ҳисобга ўргатишда ахборот технологияларини қЎллаш методикаси




    Download 34.3 Kb.
    bet1/5
    Sana15.11.2022
    Hajmi34.3 Kb.
    #30444
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Asosnoma-SA’DULLAYEV BOTIR QAHRAMON O‘G‘LI
    1-Ma\'ruza, 7-mavzu, 3, 3, tarix-seminar-test-javoblari, 4-topshiriq-4, fiziologiya(1), Elektr va magnetizm (YaDAK u-n test), 1- Darsga havola, 1 (2), 11 (22), 309928d4b100a5d75adff48a9bfc1ddb, 1-mavzu, 9

    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX
    DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


    MAGISTRATURA BOʻLIMI


    SA’DULLAYEV BOTIR QAHRAMON O‘G‘LI


    OLIY TA’LIMDA ELEKTROMAGNITIZMNI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O’QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
    701107001 – Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi
    (fizika va astronomiya)

    Magistr darajasini olish uchun yoziladigan dissertatsiya


    A S O S N O M A S I


    Ilmiy rahbar: Pedagogika fanlari doktori, professor Mahmudov Yusup Ganiyevich
    Jizzax-2021
    DISSERTATSIYANING UMUMIY TAVSIFI


    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahon hamjamiyatida zamon talablariga mos metodik tayyorgarlikka ega bo’lgan pedagogik kadrlarni tayyorlash, bo’lajak fizika o’qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish modellarini, metodik tizimi, multimediali elektron resurslar yaratish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda ta’lim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy etishga zarurat borligi qayd etilmoqda.
    O’zbekistonda oliy ta’lim muassasalari pedagog-kadrlarning ilmiy salohiyati va kasbiy mahoratini oshirish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” bo’yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Shu nuqtai nazardan innovatsion ta’lim muhitida ixtisoslik fanlari o’qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishda rivojlantiruvchi treninglarni olib borish bilan bir qatorda, o’quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish hamda o’zlashtirish natijalarini ob’ektiv baholash mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5812-son Farmoni, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarni tashkil etish tartibi to’g’risida»gi 797-son Qarori, 2020 yil 15 maydagi 287-sonli “O’zbekiston Respublikasi kasbiy malakalar, bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to’g’risidagi” Qarori va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
    Dissertatsiya ishi mavzusining respublikada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustivor yoʻnalishlariga mosligi: Tadqiqot Respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining “Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yoʻnalishi doirasida bajariladi.

    Download 34.3 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 34.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Педагогика олий ўҚув юртлари талабаларини – БЎлажак математика ва информатика ўҚитувчиларини дифференциал ва интеграл ҳисобга ўргатишда ахборот технологияларини қЎллаш методикаси

    Download 34.3 Kb.