Pedagogika va psixologiya p65




Download 57.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/43
Sana02.11.2023
Hajmi57.48 Mb.
#93022
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARI

Birinchi guruh — so‘z orqali uzatish, maslahat berish, m a’lu- 
m otlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, m a’ruza, suhbat va 
boshqa usullar.
Ikkinchi guruh — kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va 
boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash usullari.
Uchinchi guruh — tarbiya jihatlarini amaliy m ehnat harakat- 
lari orqali berish, o ‘rnak k o‘rsatish, boshqalar m ehnatini misol 
tariqasida ko ‘rsatish.
T o‘rtinchi guruh — yaxshi bajarilgan ishlarni o ‘rtoqlari oldida 
m a’qullash, m innatdorchilik bildirish, iqtisodiy va m a’naviy rag‘- 
batlantirish.
Jazo — bu bolaning no to ‘g‘ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish.
Tarbiya — har bir insonning hayotida yashashi mobaynida 
orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko ‘- 
nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyalanganlik — jamiyatda qabul qilingan axloqiy norma- 
larga b o ‘ysunish va o ‘zgalarning nafratini qo‘zg‘atadigan xatti- 
harakatlardan o ‘zini tiya bilish.
Abu R ayhon Beruniy insonning kamolotga yetishishida ilm -u 
m a’rifat, san’at va amaliyot asosiy rol o ‘ynasa-da, nasl-nasab, 
ijtimoiy m uhit va turm ush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga 
ega ekanligini ta ’kidlaydi. Uning fikricha, inson kamolga yeti- 
shuvining eng m uhim omillari ilm, m a’rifatli b o ‘lish va yuksak 
axloqlilikdir. Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to ‘g‘rilik, adolat, 
kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, d o ‘stlik va hamkorlik, m ehnat, 
poklik, go‘zallikka intilish kabilardir.
30


Adolat — hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarga 
rioya etgan holda hal etish. Adolat tushunchasi bilan bog‘liq ji- 
hatlar juda keng qamrovli b o ‘lib, adolatli inson, adolatli jamiyat 
kabi tushunchalar shunday jihatlar jumlasiga kiradi. Adolatpar- 
varlik tushunchasi esa adolat tamoyiliga amal qilgan holda ish olib 
borish, yo‘l tutish, faoliyat yuritish demakdir, ya’ni:
— Vatan, millat taqdiri hal b o ‘ladigan qaltis vaziyatda to ‘g‘ri 
yo‘lni tanlash uchun, avvalo, tarixni, hayotning achchiq-chu- 
chugini yaxshi bilish kerak.
— adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni b o ‘lmog‘i darkor;
— endi, eski jam iyatni inkor qilish yoki m a ’qullash kay- 
fiyatidan voz kechib, bunyodkorlik kayfiyatiga o ‘tish kerak;
— millat, davlat, jamiyat taqdiri hal b o ‘layotgan pallada o ‘z- 
ligimizni anglash, m a’naviy ildizlarimizni unutmaslik lozim;
— insonlar tafakkurini boyitish, uni yangi m a’no va mazm un 
bilan to ‘ldirish lozim.
M am lakatim izning huquqiy dem okratik davlat qurish ja ­
rayonida o ‘tmishimizning hali o‘rganilmagan sahifalarini tadqiq 
etish, davlat va siyosiy arboblarimiz nomlarini xalqimizga qayta- 
rish, huquqiy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e’tibor berilmoqda.
Biz uchun mustaqillik, eng avvalo, o ‘z taqdirim izni qo‘li- 
mizga olish, o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odat- 
larni tiklash, m o ‘tabar shu zaminda tinchlik-osoyishtalikni, bar- 
qarorlikni saqlashdan iborat.
M a’lumki, «adolat» keng qamrovli tushuncha sifatida ijtimoiy 
munosabatlarning barcha jabhalarini qamrab oladi. Adolat, axloq 
va huquq kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosabatlarni 
nazorat qilib turuvchi, odamlarning faoliyatiga baho beruvchi 
zaruriy o ‘lchovdir. H ar qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga 
rioya qilishi bilan yuksalish darajasi belgilanadi. Tarixga nazar 
tashlasak, turli jamiyatlarda adolat mezonini yaratishda xilma-xil 
yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo ‘lamiz. Istiqlol 
sharofati bilan ko‘plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda 
ilgari surilgan adolat to ‘grisidagi g‘oyalarni atroflicha o ‘rganish 
zam on talabi b o ‘lib qolmoqda. Ayniqsa, O ‘zbekiston Respublika- 
sida chuqur huquqiy bilimlarga ega, amaliy ko‘nikma-malaka- 
larni egallagan, raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli 
yoshlarda ijtimoiy adolat to ‘grisidagi tushunchalarni kamol top- 
tirish uchun zamin yaratish lozim. Kelajakda mutaxassis b o ‘lib 
yetishuvchi kadrlar, bugungi kunda uzluksiz ta ’lim qatnashchilari
31


huquqiy davlat muammolarini to ‘g‘ri baholay oladigan, chuqur 
huquqiy bilimlarga ega, ijtimoiy hayot sohalarining ichki qonuniyat- 
lari to ‘grisidagi tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi 
zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar rivojlanayotgan hu- 
quqiy demokratik davlatda ijtimoiy sohadagi islohotlar, axloqiy hu- 
quqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida e’tibor berishlari lozim.
M azkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta ’lim ti- 
zimi shaxsning ijtimoiy m unosabatlarga kirishishida asosiy b o ‘- 
g ‘in b o ‘lib hisoblanadi. H ayotda adolat m e’yorlariga rioya etish 
ijtimoiy-axloqiy, m a’naviy-ruhiy jarayondir.
M a’lumki, inson jam iyatda erishishi m um kin b o ‘lgan narsa- 
lar — mulk, daromad, ijtimoiy maqom, hokimiyat, huquq inson- 
lararo munosabatlardagi adolatga bog‘liq. M oddiy n e ’matlar va 
xizmat turlari, ijtimoiy (obro‘, hurm at-ehtirom ), siyosiy n e ’m at­
lar (siyosiy erkinliklar, shaxs huquqi), sog‘liqni saqlash, inson- 
larning ijtimoiy ahvoli kabi sohalarda odamlar adolat muamm o- 
lariga katta e’tibor beradilar.
Tarbiya jarayonida o ‘qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazi- 
fasi ta ’lim-tarbiya berish, o ‘quvchilaming bilim, ko‘nikma, mala- 
kalarini m uttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyo- 
qarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan iboratdir.
M afkura inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o ‘zgar- 
tiradigan kuchli vositadir. U ning g ‘oyalari xalqning ishonch- 
e’tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga aylansa yetarlicha samara 
beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi targ‘ibot va tash- 
viqot ishlarini, o ‘quvchilarning tushunchasi, aql-idroki va tafak­
kur darajasini inobatga olgan holda m a’rifiy yo‘l va usullar orqali 
amalga oshirish taqozo etiladi.

Download 57.48 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Download 57.48 Mb.
Pdf ko'rish