larni amalga oshirish uch u n o ‘qituvchi-tarbiyachining tarbiya
tizimiga kiritilishi lozim. Masalan, maktab kutubxonasi tarbiya
vositasi b o ‘lishi uchun o ‘qituvchi va kutubxonachi yozuvchilar
bilan uchrashuvlar, o ‘qilgan va yangi kitoblarning muhokamasi,
taqdim otini uyushtirishi lozim.
Tarbiya natijasi tarbiya jarayonining usullari, uslubi, vositalari
va shakllaridan mohirona foydalanishga bog‘liq. Tarbiyachilar ta ’sir
etishning bola shaxsiyatiga mos usulini — eng maqbul usulini tan
lab olishi, uning shaxsini o ‘zgartirishi uchun kerakli shart-sharoit
yaratishlari lozim. Tarbiya usullari
har bir bolaga, har qaysi bola-
lar jamoasiga alohida munosabatda b o ‘lishni nazarda tutishi kerak.
Tarbiya usullarini o‘rganish, tahlil qilish bu usullardan pedagogik
jarayonda foydalanish ko‘nikma va malakalar egallashni osonlash-
tiradi. Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga b o ‘lish mumkin:
a) ijtimoiy ongning shakllantiruvchi usullari;
b) faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajriblarini shakllanti-
rish usullari;
d) o ‘z -o ‘zini tarbiyalash usullari;
e) rag‘batlantirish va jazolash usullari.
Ijtimoiy ongning shakllantiruvchi usullari. Bu guruhga o ‘quv-
chilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqod, m a’naviy va siyosiy g‘oyalarni
shakllantirish m aqsadida ularning ongi, hislari, irodasiga ta ’sir
ko‘rsatish usullari kiradi. Bu guruh usullarining mohiyati shundan
iboratki, ular orqali jam iyat o ‘quvchilar ongiga qanday talablar
qo‘yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashini shakllan
tirish, hayot m azm unini tushunib olishlariga ko‘maklashish uchun
ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar ishlatiladi. O ‘quvchilarda
siyosiy onglilik va ijtimoiy faollikni tarbiyalash lozim. Tushunti-
rish — bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng m uhim omil. Tu-
shuntirishning vazifasi o ‘quvchilarni
yuksak madaniyatli milliy
g‘ururli qilib tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda o ‘quvchilarda mamlakatimiz fuqarosining o ‘z
davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog‘langanligi bo-
rasida m a’lum otlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, mad-
hiyasi, konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashning roli katta.
Suhbat — o ‘quvchi shaxsini g‘oyaviy-axloqiy shakllantirishda
o ‘qituvchining jonli so‘zi eng ta ’sirli usul hisoblanadi. Suhbat turli
mavzularda — axloqiy (kishilarning jamiyatdagi
axloq mezonlari,
o ‘zini tutish qoidalari), estetik (tabiat g o‘zalligi ham da inson
go‘zalligi), siyosiy (davlatning ichki va tashqi siyosati), ta ’lim va
35
bilimga oid (koinot hayvonot dunyosi) uyushtirilishi m um kin .
Suhbat davomida o‘quvchilarda o ‘z fikrlarini aytish jasoratini uy-
g ‘otish, o ‘quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi savollar berish
juda muhimdir. Bu borada baxs va munozaralarning ahamiyati katta.
Hikoya — o ‘quvchilar, odatda, hayotdan va boy badiiy ada-
biyotdan olingan aniq misol bilan to ‘liq hikoyalarni tinglaydilar.
Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tarixiy,
tabiiy boyliklari, san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy
adabiyot, radio, televideniye, Internet tarmoqlari, gazeta va jur-
nallardagi m aqolalar ham qim m atli m aterial b o ‘ladi. Suhbat
ham, hikoya ham o ‘quvchilaming
yoshiga mos mavzularda ular
tushunadigan so‘zlar orqali ravon va jonli o‘tkazilishi kerak.
N am una — o ‘quvchilar o ‘z atrofidagi kishilarda ham m a yaqin
axloqiy sifatlarni k o ‘rishlari va nam una olishlari nihoyatda m u
him. O ‘qituvchining shaxsan o ‘zi nam una b o ‘lishi yoshlarga katta
ta ’sir k o ‘rsatadi. U lar o ‘qituvchining darsida va hayotda o ‘zini
qanday tutishini, m uom ala qilishini, o ‘z vazifalarini qanday baja-
rishini kuzatib yuradilar. O ‘quvchilar o ‘zlariga yaqin kishilarning
x u lq -atv o rig a taq lid q iladilar. X u lq -atv o r b o la la rd a yaxshi
sifatlarning, b a ’zan esa yom on sifatlarning ham tarkib topishiga
ta ’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o ‘qituvchi va ota-onalar har
qanday holatda ham o ‘zlarini tuta bilishlari kerak. M aktablarda
ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar o ‘tkaziladi. Bolalar
o ‘z ota-onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan
faxrlanadilar. U larga taqlid qilishga intiladilar.
N am una xalq
pedagogikasida ham keng foydalanilgan. O ta-bobolarim iz o ‘z
farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug‘ kishilardan
ibrat olishga d a ’vat qilib kelganlar. M asalan, «Qush uyasida
k o ‘rganini qiladi», «Onasini k o ‘rib qizini ol», «Axloqni axloq-
sizdan o ‘rgan», «Bola oldida birovlarning g ‘iybatini qilma, bolang
g ‘iybatchi b o ‘ladi». Shu oddiy iboralar ostida qancha fikrlar jam -
lanib yotganligining guvohi b o ‘lamiz.