foydali m ehnat bilan shug‘ullanishlariga erishish lozim. Bunday
m ehnat birgalikda jam oa b o ‘lib bajarilganida yaxshi natija beradi.
Mashq va o ‘rgatish usullari. Bolalar faoliyatini oqilona maqsadga
muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil qilish mumkin. Mashq —
bolalarni axloq mezonlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odat-
lantirish. O ‘quvchilar odatlarni yaqinlaridan meros qilib olmay-
dilar, balki ular bilan m untazam muloqotlari tufayli taqlid qilish,
tarbiya orqali hosil qilinadi. Oxir-oqibatda odat ehtiyojga aylanadi.
M ashq — muayyan xatti-harkatlarni ko‘p
marotaba takror-
lashni o ‘z ichiga oladi. M ashq natijasida ko‘nikma, odat, yangi
bilimlar hosil qilinadi. M ashq va odatlantirish o ‘quvchi uchun
ongli ijodiy jarayondir.
O ‘rgatish — ijodiy xulq-atvorning odatiy shakliga aylantirish
maqsadida o ‘quvchilaming bajarishlari uchun rejali, izchil tarzda
tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliyot ishlaridir. O ‘rgatish
bir necha izchil harakatlar yig‘indisidir. O ‘qituvchi
bu harakat-
larni ko ‘rsatib berishi, tushuntirishi lozim.Tarbiya amaliyotida
mashq qilishning turli yo‘llari mavjud. Faoliyatda mashq qilish,
m ehnat, ijtimoiy faoliyat, jamoadagi faoliyat, o ‘zaro munosabat
odatlarini tarbiyalashga qaratilgan. K un tartibi mashqlari mak-
tabda, oilada o ‘rnatiladigan
kun tartibiga amal qilish, shu bilan
bog‘liq o ‘z istak va harakatlarini boshqarish va b o ‘sh vaqtdan to ‘g‘ri
foydalanish odatiga o ‘rgatadi.
Topshiriq — o ‘quvchilarning m ehnat topshiriqlarini jam oa
b o ‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda
alohida ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik talab tarbiyaning eng m uhim usullaridan biridir.
Talab — bu o ‘quvchining turli vazifalarni bajarishi; ijtimoiy xulq-
atvor m ezonlarini ifodalashi; u yoki bu faoliyatda qatnashib
bajarilishi zarur b o ‘lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon b o ‘lishi;
u yoki bu harakatda rag‘batlantiruvchi yoki uni to ‘xtatuvchi, oqi
lona harakatlarga undovchi b o ‘lishi m um kin.
O ‘z - o ‘zini tarbiyalash usullari. O ‘quvchida o ‘z -o ‘zini tarbiya
lashga, ya’ni o ‘z ustida ongli batartib ishlashga ehtiyoj paydo
b o ‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa b o ‘ladi.
O ‘z -o ‘zini tarbiyalash o ‘quvchilarning o ‘zin i-o ‘zi
idora qilish
organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtim oiy faollik
mavqeyini shakllantirishning ta ’sirchan vositasidir. O ‘quvchilar
o ‘qishda, tarbiyada, dam olishda o ‘z -o ‘zini tarbiyalash usullaridan
foydalanadilar, o ‘z -o ‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mus-
37
taqillikka undaydilar. O ‘z -o ‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunga
tayyor b o ‘lganda, u o ‘zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy
ishlarga mustaqillik ko ‘rsata boshlagan vaqtda paydo b o ‘ladi.
O ‘z -o ‘zini tahlil qilish — o ‘z
shaxsini, fazilatlarini tahlil
qilishga, xatti-harakatlari haqida o ‘ylashga o ‘rgatadi. O ‘z-o ‘zini
nazorat qilish uchun o ‘quvchi o ‘zining yurish-turishi, intizomi,
ijobiy odatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining
kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
O ‘z -o ‘zini baholash — o ‘quvchining qobiliyatini o ‘z kuchi
bilan yuzaga chiqishiga yordam beradi. O ‘z -o ‘zini baholash o ‘zi-
ning imkoniyatlarini
hisob-kitob qilish, chetdan turib xolisona
baho berish, o ‘zidan qoniqish hosil qilishda yordam beradi.
R ag‘batlantirish va jazolash usullari. O ‘quvchilaming har biri
o ‘sib kamol topib borayotganidan xursand b o ‘layotganini sezishi
kerak. Faqat shundagina bola o ‘zining olg‘a siljib borayotganini
ko‘ra biladi. Bunga erishish uchun rag‘batlantirish usulidan foy-
dalaniladi. Rag‘batlantirish bolaga ishonishga, unga b o ‘lgan ijobiy
qobiliyat va fazilatlarning kuchini e’tirof etishga asoslangan. Rag‘-
batlantirish o ‘quvchining ko‘nglini oladi, uni quvontiradi,
yanada
yaxshiroq b o ‘lishga undaydi.
Rag‘batlantirishning quyidagi turlari mavjud:
— o ‘quvchining kuchi yetadigan m as’uliyatli topshiriq berish
orqali bolaga ishonch bildirish;
— maqtash: (ota-ona, jam oa oldida); esdalik sovg‘a berish;
— maqtov yorlig‘i berish;
— stipendiya bilan taqdirlash;
— teleko‘rsatuvlarda maqtash;
— hurm at taxtasiga rasmini qo‘yish;
— qo‘llab-quvvatlash;
— m a’muriyat va jamoaning minnnatdorchiligi;
— musobaqalarda bayroq ko‘tartirish;
— gazetada e’lon qilish;
— televideniyeda ko‘rsatuv uyushtirish.
Rag‘batlantirish pedagogik talab asosida b o ‘lishi lozim. Tar-
biyalovchi oshirib maqtashi, boshqa o ‘quvchi-yoshlarga taqqoslab
kesatishga yo‘l qo‘ymasligi, rag‘batlantirishga b o ‘lgan talabchan-
ligini oshirishi lozim.
Pedagogikada yana bir usul bu — jazolash.
Jazolash — tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga
salbiy baho berish.
38
Tanbeh berish — eng yengil jazo chorasi b o ‘lib hisoblanadi.
Ogohlantirish — nom a’qul xatti-harakatlarning
oldini olish
uchun ishlatiladi.
Hayfsan berish — tanbeh va ogohlantirish kutilgan natija
bermasa, o ‘quvchi intizomni buzaversa, hayfsan beriladi.
Uyaltirish — odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-
nomus, sharm-u hayo. Odamda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli
b o ‘lsa, avvalo, o‘zini-o‘zi hurmat qilsa, unda or-nomus kuchli bo‘ladi.
Xalqimiz, uyat o ‘limdan qattiq deb, bejiz aytmagan. Shu sababli
bolani hadeb uyaltirmasdan, boshqa vositalarni ham qo‘llash kerak.
Jazo haqqoniy m e’yorda qo‘llanilsa, samarali b o ‘ladi.
Shunday qilib: tarbiya jarayoni
inson hayotida rivojlanib,
takomillashib boradi. Yuqorida ta ’riflab berilgan tarbiya tam o-
yillari va umumiy metodlari o ‘quvchilarga pedagogik ta ’sir ko‘r-
satish sohalarining hammasini qamrab olmaydi.
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning
uchun ham tarbiya jarayoni ham, uning qoida va usullari ham
takomillashaveradi. Tarbiyaning samarasi bu qoida va usullarning
to ‘g‘ri qo‘llanishiga, tanlangan vosita va usullar muayyan ijtimoiy
guruhda tarbiya tizimidan qanchalik o‘rin olganiga, ularning tarbiya
vazifalari va maqsadlariga qanchalik javob berishiga bog‘liqdir.