• 1.8. Ta’lim jarayonining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish funksiyalari
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/43
    Sana02.11.2023
    Hajmi57.48 Mb.
    #93022
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
    Bog'liq
    PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARI

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
    1. Axloq va axloqiylik deganda nimalarni tushunasiz? Yaxshi va yomon 
    xulqlarga nimalarni kiritasiz?
    2. Axloq va vijdonning qanday bog‘liq tomonlari bor deb o‘ylaysiz?
    3. Axloqiy tarbiyaning maqsadi qanday, uning mazmunini nimalar 
    tashkil etadi?
    4. Sizningcha, qanday kishini komil inson deb hisoblash mumkin?
    5. Mustaqil fikrlashning komil inson shakllanishidagi o‘rnini qan- 
    day tushunasiz?
    6. Televizor orqali namoyish etilayotgan chet el seriallarining yoshlar 
    tarbiyasiga qanday ijobiy va salbiy ta’siri bor deb o‘ylaysiz? Ularni 
    tomosha qilish va unga munosabat bildirishda ota-onalar qanday 
    yo‘l tutishlari lozim deb hisoblaysiz?
    1.8. Ta’lim jarayonining ta’limiy, tarbiyaviy va 
    rivojlantirish funksiyalari
    Bilim jarayonining ilmiy, nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini, 
    ya’ni ta ’lim, bilim berish, o ‘qitish nazariyasi bilan pedagogikaning 
    mustaqil b o ‘limi didaktika — ta ’lim nazariyasi shug‘ullanadi.
    Didaktika — grekcha so‘z b o ‘lib, «didasko», ya’ni o ‘qitish, 
    o ‘rgatish m a’nolarini bildiradi. T a’lim qonuniyatlarini o ‘rganish, 
    tahlil qilish jarayonida ta ’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun 
    va vazifalari, o ‘qitish prinsiplari, shakllari haqidagi bilimlar b a­
    yon etiladi. Didaktika pedagogikaning «nimaga o ‘qitish», «nim ani 
    o ‘qitish» va «qanday o ‘qitish» kabi savollariga javob izlaydi.
    Ta’lim — insoniyat tajribasining m a’lum tomonlarini, ya’ni 
    o ‘quvchilar ijtim oiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq 
    darajada bilim va tarbiyaga ega b o ‘lishlarini ta ’minlaydigan fao­
    liyat. O ‘qituvchi ta ’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chega- 
    ralanmaydi, balki bu jarayonda o ‘quvchi, talabaga ta ’sir ko‘rsa- 
    tadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, na- 
    tijada o ‘quvchi ta ’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.
    43


    T a’limdagi yutuqlar, avvalo, o ‘qituvchiga bog‘liq. U mutaxassis 
    sifatida o ‘z fanini chuqur bilishi, pedagogik m uloqot ustasi b o ‘- 
    lishi, psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egal- 
    lashi, har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o ‘rganishi va ba- 
    holashi, pedagogik ta ’sir ko‘rsatishning maqbul usul va vositala- 
    rini tanlay olish qobiliyatiga ega b o ‘lishi kerak.
    Mustaqil ishlash iste’dodini shakllantirish, kasbiy layoqat his- 
    sini, pedagogik voqea va hodisalarni taqqoslash, tahlil qilish va 
    xulosalash ko ‘nikm alarini rivojlantirish — bularning barchasi 
    ta ’lim jarayonining asosiy vazifalari.
    T a’lim jarayoni — m a’lumot mazmuni ham da unga oid faoliyat 
    usullarini o ‘quvchilarning o ‘zlashtirishi uchun o ‘qitish va o ‘qish 
    faoliyatlarining real aloqalashuvi, sababiyatli bog‘lanishi, bir-bi- 
    riga muvofiqlashuvi asosida ta ’limning aktlar, zvenolar, sikllar 
    shaklida m akon va zam onda harakatlanadigan maqsadga muvofiq 
    shirkat faoliyati.
    T a’limning asosiy vazifalari shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma 
    va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. T a’lim inson bilish 
    faoliyatining bir turi sifatida bir necha m a’noni bildiradi, ya’ni 
    ta ’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, ularda 
    dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish ham da ularning 
    qobiliyatlarini o ‘stirishdir. T a’lim orqali yosh avlodga insoniyat 
    tajribasi orqali to ‘plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko‘nikma va 
    malakalar ham da e ’tiqodlar shakllantiriladi. T a’lim o ‘qituvchi va 
    o ‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati b o ‘lib, u ikki tom onlam a 
    xarakterga ega, ya’ni unda ikki tom on o ‘qituvchi va o ‘quvchi faol 
    ishtirok etadi. O ‘qituvchi aniq maqsadni ko‘zlab, reja va dastur 
    asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni singdiradi, o ‘quvchi esa uni 
    faol o ‘zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli 
    jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok 
    tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi, m uhim 
    rol o ‘ynaydi. T a’lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko‘- 
    nikma va malakalarni hosil qilish, ya’ni haqiqatlarni ocha olishga 
    qodir b o ‘lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.
    O ‘qituvchi o ‘quvchi va talabalardagi fikrlash jarayonini to ‘g‘ri 
    y o ‘lga solish uchun amaliyot har qanday bilishning negizidir, 
    degan qoidani hisobga olishi zarur. T a’limda o ‘qituvchi bilim berish 
    bilan cheklanmaydi, u o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga ham 
    raqbarlik qiladi, o ‘quvchilarda ishdagi mustaqillik, ijodkorlik qo­
    biliyatlarini o ‘stiradi va shu tariqa o ‘rganilayotgan narsaning ongli
    44


    ravishda o ‘zlashtirilishiga erishadi, materialni idrok qilishlari va 
    tushunib olishlari bilan birga, uni puxta esda saqlab qolishlari 
    to ‘grisida ham g ‘amxo‘rlik qiladi.
    O ‘qituvchi o ‘quvchi-talabaning bilish faoliyatlarini tashkil 
    qilish maqsadida o ‘quv ishlarini olib borar ekan, avvalo, ta ’lim 
    jarayoni orqali uch vazifani, ya’ni b ilim berish orqali uch maqsadni 
    hal qilish lozimligini unutmasligi kerak. Bu maqsadlar o‘qituvchi 
    va o ‘quvchilar faoliyatini birlashtiradi.
    1. T a’limiy maqsad — o‘quv materialining m azm unini bilish, 
    ya’ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o ‘zlashtirish va ama- 
    liyotga tatbiq qila olish.
    2. Tarbiyaviy maqsad — fan asoslarini o ‘zlashtirish orqali uning 
    m azm unida yotgan g ‘oyalar, dunyoqarashlar ta ’sirida o ‘zining 
    shaxsiy sifatlarini, im o n -e’tiqodlarini shakllantirish.
    3. Rivojantiruvchi maqsad — ta ’lim jarayoni ta ’sirida shaxsning 
    aqliy kamolotini, bilish qobiliyatini, o ‘qishga, mehnatga b o ‘lgan 
    m unosabatini rivojlantirishdan iborat. Bu m aqsadlarni amalga 
    oshirish natijasida o ‘quvchi-talabada mustaqil ishlash iste’dodi 
    paydo b o ‘ladi. U ni o ‘ylashga o ‘rgatadi, ta ’lim jarayonida tafakkur 
    hukmronlik qiladi.
    Bu bog‘liqlikni, avvalo, ta ’limni amalga oshirish bosqichlarida 
    ko‘rishimiz mumkin. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat:
    Birinchi bosqich — o‘quv materiallarini idrok qilishdan iborat. 
    Bunda o ‘quvchi-talaba ta ’limning mazm uni bilan tanishib, o ‘zi- 
    ning bilish vazifalari nim alardan iborat ekanligini tushunib oladi. 
    Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi.
    Ikkinchi bosqich — ular o ‘quv materiallarini tushunib ola- 
    dilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. N ati- 
    jada, ularda yangi bilimlar paydo bo ‘ladi. Buning uchun ular analiz, 
    sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar.
    Uchinchi bosqich — yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar 
    o ‘qituvchining qo‘shimcha izohlari orqali mustahkamlanadi.
    T o‘rtinchi bosqich — ular o ‘zlashtirib olgan bilimlarni im- 
    koniyatga qarab amaliyotga tatbiq qiladilar.
    Bularni bilish orqali o ‘qituvchi ta ’lim-tarbiya jarayonini sa- 
    marali boshqarishi mumkin. Shuning uchun o ‘quv jarayonining 
    ham m a bosqichlarida o ‘qituvchi yetakchilik va boshqaruvchilik 
    rolini o ‘ynaydi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan b o ‘l- 
    sak, o ‘qitish jarayoni bilish faoliyatining m uhim tarm og‘i sifatida 
    qator vazifalarni bajaradi.
    45


    1. O ‘quvchi va talabalarda bilim , k o ‘nikm a va m alakalarni 
    hosil qiladi.
    2. U larda dunyoqarash, ishonch va e’tiqodlarini o ‘stiradi.
    3. Yoshlarni muayyan darajada o ‘qimishli, tarbiyali kishilar 
    bo ‘lib yetishishlariga, qobiliyat va is’tedodlarini o‘stirishga erishiladi.
    Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o ‘qituvchida o ‘z 
    kasbiga layoqat b o ‘lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik m ehnatni 
    muvaffaqiyatli bajarishga qodir b o ‘lishdir. Bu, avvalo, pedagogik 
    kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishda 
    ko‘rinadi. Bundan tashqari, o ‘qituvchi o ‘quvchiga e ’tibor bilan 
    qarashi, uning ehtiyoj va xususiyatlarini tushuna bilishi lozim.
    O ‘qituvchi keng ko ‘lamdagi didaktik bilimlarga, pedagogik 
    mahoratga ega b o ‘lishi lozim. Shundagina o‘qituvchi Kadrlar tay­
    yorlash milliy dasturi talablari darajasida ta ’lim jarayonini tashkil 
    qiladi va boshqaradi.

    Download 57.48 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish