• Matnda belgilash tizimi
  • II bo‘lim. PSIXOLOGIYA ASOSLARI 2.1. Psixologiya fanining predmeti va uning amaliy vazifalari
  • I N S E R T U S U L I (texnikasi)




    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/43
    Sana02.11.2023
    Hajmi57.48 Mb.
    #93022
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
    Bog'liq
    PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARI

    I N S E R T U S U L I (texnikasi)
    Insert — samarali o‘qish va fikrlash uchun matnda belgilashning 
    interfaol tizimi.
    Insert — avvalgi bilimlarni faollashtirish va matnda belgilash uchun 
    savollarning qo‘yilish muolajasi. Shundan so‘ng matnda uchraydigan, 
    har turdagi axborotlarning belgilanishi.
    Insert. — matn bilan ishlash jarayonida ta’lim oluvchiga o‘zining 
    mustaqil bilim olishini faol kuzatish imkonini ta’minlovchi kuchli asbob.
    Matnda belgilash tizimi
    y f ) — men bilaman deganni tasdiqlovchi belgi;
    (+) — yangi axborot belgisi;
    (—) — meni bilganlarimga zid belgisi;
    (?) — meni o‘ylantirib qo‘ydi. Bu bo‘yicha menga qo‘shimcha ax- 
    borot kerak belgisi.
    лГ
    +

    ?
    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
    1. O‘qitish usullarining ta’lim jarayonidagi ahamiyati qanday?
    2. Uslub va vosita nima? Ularning mohiyatini ochib bering.
    3. O‘qitishning og‘zaki usuli qanday turlarga bo‘linadi?
    4. O‘qitishning ko‘rgazmali usulidan foydalanishga qo‘yilgan talablar 
    qanday?
    5. O‘qitishning amaliy usullariga nimalar kiradi?
    6. O‘qitishning induktiv va deduktiv usullarini qo‘llashga doir mi- 
    sollar keltiring (mutaxassislik faningiz misolida).
    7. Agar siz o‘qituvchi bo‘lganingizda ta’lim tizimini yaxshilash uchun 
    yana qanday metodlarni tatbiq etgan bo‘lardingiz? Muammoli 
    izlanish va reproduktiv metodlarining qo‘llanilishini o‘z mutaxas- 
    sislik faningiz misolida aytib berishga tayyorlaning.
    58


    II bo‘lim. PSIXOLOGIYA ASOSLARI
    2.1. Psixologiya fanining predmeti va uning amaliy vazifalari
    Inson mavjud ekan u o ‘zining hayotiy tajribasiga asoslanib, u 
    yoki bu holda idrok etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni 
    ajratish kabi xususiyatlarga ega ekanligi haqida o‘ziga-o‘zi hisob 
    beradi. Inson olamni qabul qilibgina qolmay, unda harakatlanadi, 
    o ‘z faolligini nam oyon etadi, qaror qabul qiladi, maqsadga in- 
    tiladi, qiyinchiliklarga duch kelganida qat’iyatlilik va irodaviy si- 
    fatlarni namoyon qiladi.
    Inson biror bir jihati bilan boshqalardan farq qiladi: kimdir 
    texnikaga, boshqa birov musiqaga, yana kimdir sportga qiziqadi, 
    boshqada she’r yozish, amaliy san’at, to ‘qish, rasm chizishga turli 
    xil qobiliyatlar mavjud; psixologik xususiyatlariga ko‘ra: hara- 
    katchan, bosiq, sho‘x, befarq, dilkash, ozorlanuvchan, qaysar, 
    asabiy mehnatsevar va kamsuqum va hokazo.
    Bularning hammasi — sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, 
    his-tuyg‘u, iroda, tem peram ent va xarakterlar inson psixikasi- 
    ning hodisalari.
    Psixik hodisalarni o ‘rganuvchi fan — psixologiya deb ataladi. 
    Psixologiya (yunoncha, psyche — ruh, logos — bilim, ilm, fan) 
    insonning obyektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, his-tuyg‘u va 
    boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonlari, qonuniyatlarini 
    o ‘rganadigan fandir. Psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning 
    jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarning o ‘ziga xos tom on- 
    laridir. Psixologiya konkret fan sifatida psixik faoliyat qonuniyat­
    larini, uning ro ‘y berish mexanizmlari va omillarini o ‘rganuvchi 
    fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi — psixik hodisalarni 
    o ‘rganish va ilmiy asoslashdir. Axir barcha narsalar kabi psixik 
    hodisalar ham m a’lum qonuniyatlarga b o ‘ysunadi. Psixologiya shu 
    qonuniyatlarni hammaga, ularning tarkib topishi va rivojlanishini 
    ochishga qaratilgandir. U shbu qonuniyatlarni bilish, ularni bosh-
    59


    qarish, tashkil etish, ta ’lim-tarbiya jarayonlarini to ‘g‘ri olib bo- 
    rishga yordam beradi. Ilmiy psixologiyaning predmeti deyilganda, 
    avvalo, psixik hayotning konkret faktlari nazarda tutiladi. Psixik 
    xarakterga doir har bir fakt esa, ham miqdor ham sifat jihatidan 
    xarakterli xususiyatga ega. Ilmiy jihatdan bilish hodisalarni tas- 
    virlash, ularni tushuntirib berish muqarrar talab qilinadi. Bu esa, 
    o‘z o‘rnida, qonunlar mohiyatini ochib berish imkonini beradi. 
    Demak, psixologik faktlar bilan birgalikda psixologik qonunlar 
    psixologiya fanining o‘rganiladigan predmeti bo‘lib yuzaga chi- 
    qadi, shuningdek, psixik holatning mexanizmlarini aniqlashdan 
    iboratdir. Ushbu muammolar fiziologiya, biofizika, bioximiya, 
    kibernetika bilan birga ochib beriladi.
    Psixologiya juda qadimiy va shu bilan birga navqiron fandir. 
    Psixik hodisalarning ilk talqini qadimgi yunon olimi Aristotel- 
    ning «Jon haqida» nomli asarida berilgan. Arastu kishilik tafak- 
    kuri tarixida birinchi bo‘lib, ruh va jon tananing ajralmas bo‘lagi 
    ekanligini ilgari surdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan imko- 
    niyatlar tufayli va xususiy faolligi orqali ro‘yobga chiqadigan 
    xarakterning real faoliyatda shakllanishi haqidagi nazariyani yaratdi. 
    Demak, kishining adolatparvar va ko‘ngilchan b o ‘lishi uning 
    adolatli va me’yoridagi harakatlarni tez-tez takrorlayverishi natijasida 
    ro‘y beradi.
    Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixevioristik, 
    emperik, geshtalt, assotsiativ, psixogenetik, gumanistik, biogenetik, 
    sotsiogenetik kabi yo‘nalishlari tom onidan to ‘plangan m a’lu- 
    motlar hozirgi zamon psixologiyasini vujudga keltirdi va uning 
    predmetini, tadqiqot prinsiplarini aniqlab berdi
    Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo‘lishida buyuk sharq 
    mutafakkirlarining roli juda katta bo‘lgan. Ular orasida Al Xorazmiy, 
    Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘- 
    bek, Jaloliddin Davoniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy kabi 
    allomalar o‘zlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga 
    doir boy fikrlari va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular 
    orasida, ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metofizika, tabiiy 
    fanlar (ayniqsa, tibbiyot) haqidagi fikrlari o‘sha davr ilmiy taraq- 
    qiyotiga katta hissa qo‘shdi. U maxsus psixologik muammolar bilan 
    shug‘ullangan, birinchi bor psixologiya fanida tajriba amalga oshir- 
    gan alloma hisoblanadi. Uning ruh, asab tizimi, miyaning funk- 
    sional tuzilishi haqidagi fikrlari asab tizimining zamonaviy qa- 
    rashlariga o‘xshashdir. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning tempera­
    60


    ment haqidagi ta’limoti, har bir kishiga uning temperament xu- 
    susiyatlariga qarab yondashish zarurligi fikrlari ming yildan so‘ng 
    ham zamonaviy psixologiyada o‘z aksini topgan. Abu Ali ibn Sinodan 
    so‘ng Markaziy Osiyoda psixologik muammolar bilan shug‘ullan- 
    gan biror bir olim uchramagan bo‘lsa-da, xalq og‘zaki ijodiyotida, 
    shoirlar she’riyatida psixologik qarashlarni ko‘rish mumkin.
    Adabiy qahramonlar orqali aytilgan fikrlar m a’lum tasavvur- 
    larni tashkil etib, ular ilmiy qarashlarning paydo b o ‘lishi va 
    rivojlanishiga asos b o ‘lib xizmat qildi hamda shu bilan birga 
    psixologiyaning fan sifatida tarkib topishiga asos soldi. Rumiy bi­
    rinchi bo‘lib olamning zarradan koinot qadar o‘zaro bavositaligi, 
    bir-biri bilan tortilib turishi, dialektik taraqqiyoti (oddiydan mu- 
    rakkab sari rivojlanishi, hamma yerda zaruriyat va qarama-qarshi- 
    liklar birligining mavjudligi) haqida fikrlar bayon etgan. Ruhning 
    ichki intizomi fikrdan paydo bo‘lishi va yo‘qolishi, tasavvur va 
    tafakkur, xayol va borliqning ongga, ongning borliqqa ta ’siri inson 
    mavjudligini aniqlaydigan belgilar insondan aldanish yolg‘on ta- 
    savvurlar va chin bilim, tajriba, tahlil, aniqlik va mavhumlik kabi 
    yuzlab masalalar yuzasidan bahs yuritilgan. Psixologik konsepsiya- 
    larning rang-barangligi sababli va fan-texnikaning rivojlanishi ta’siri 
    bilan psixologiya o‘zining tadqiqot obyektlariga ega bo‘lgan ko‘p- 
    lab sohalarga ajrala boshladi. Hozirgi davrda psixologiyaning na­
    zariy va amaliy yutuqlari atrof-muhit hamda jamiyatning juda keng 
    qirralariga tatbiq qilinmoqda.
    Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo‘lishda aniq, yaqqol 
    faoliyatning psixologik tomoni, insonning jamiyatga nisbatan psi­
    xologik munosabati, taraqqiyotning psixologik jabhasi asos qilib 
    olingan. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsio- 
    logiya va boshqa ijtimoiy gumanitar fanlar bilan aloqador fan 
    hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson-shaxs faoliyat ko‘rsatar 
    ekan har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun 
    kishilar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq- 
    atvor normalarini bilish va shunga ko‘ra ish olib borish muhimdir.
    Hozirgi kunda psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan 
    sifatida rivojlanayotganligi uning fanlar tizimida yanada mus- 
    tahkamlanayotganligidan dalolat beradi. Umumiy psixologiya — 
    psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o‘ziga xos 
    jihatlarini o‘rganadigan maxsus soha. Pedagogik psixologiya — 
    insonlarga ta ’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini 
    o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi. Yosh davr psixologiyasi —
    61


    turli yoshdagi odamlarning tug‘ilgandan to umrining oxirigacha 
    psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro mu- 
    nosabatlari qonuniyatlarini, individning yoshiga xos tarzda o‘z- 
    garish tamoyillarini o‘rganadi.
    Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda menta- 
    litetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi 
    uning shu yo‘nalishdagi muammolarni m a’lum ma’noda o‘rga- 
    nadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular, 
    birinchi navbatda, ijtimoiy gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixo­
    logiyaning ular orasidagi mavqeyi o‘ziga xosdir.
    Psixika — bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning 
    sistemali xususiyati, subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol 
    aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o‘zidan uzoq- 
    lashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqini va faoliyatini 
    shaxsan boshqarish.
    Evolutsion taraqqiyot davomida psixikaning eng sodda ko‘- 
    rinishidan inson ongigacha taraqqiyoti bir qancha bosqichlardan 
    iborat bo‘lgan. Tirik organizmlarda uzluksiz o‘zgarib turuvchi ha­
    yot sharoitlariga muvofiqlashuvini ta ’minlaydigan harakat fikrlari 
    instinktiv, individual va harakatning intellektual shakli may- 
    donga kela boshlagan. Tirik organizmning psixik rivojlanish ja ­
    rayoni bir-biridan tamomila ajralib turuvchi 2 davrni o‘z ichiga 
    oladi: hayvonlar psixikasining rivojlanishi biologik qonuniyat- 
    larga; irsiyat, o‘zgaruvchanlik, tabiat, saralanish qonunlariga 
    bo‘ysunadi va odam ongi rivojlanadi.
    Psixikaning rivojlanishini, umuman, tirik organizmlar rivojla­
    nishi kabi ikki reja asosida o‘rganish mumkin: filogenez va ontogenez.
    Filogonez — organizmning oddiy shakllaridan tortib hozirgi 
    zamon kishisiga qadar butun bir biologik rivojlanish jarayonida 
    yuz bergan o‘zgarish.
    Ontogenez — har bir individning hayoti davomida tug‘ilishi- 
    dan tortib to hayotining oxiriga qadar sodir bo‘lgan o‘zgarish 
    yig‘indisi. Yerda hayot paydo b o ‘lishi materiya taraqqiyotidagi 
    yangi bosqich, materiya tuzilishiga ko‘ra ancha murakkab alohida 
    xossalarga ega bo‘lgan.
    Seskanuvchanlik psixikaning paydo b o ‘lishida zaruriy xusu- 
    siyat, majburiy shart-sharoitdir. Hayvonlarga mansub shakllarda 
    ta ’sirlanuvchanlikning yangi turi — sezuvchanlik paydo bo‘ladi. 
    A.N. Leontyevning farazlariga ko‘ra, sezuvchanlik genetik jihatdan 
    qaraganda m uhitning organizm ni boshqa taassurotlar bilan
    62


    bog‘lovchi, organizmni muhitda m o‘ljal olishiga yordam beruvchi, 
    signallik vazifasini o‘tovchi ta’sirlariga javob ta’siridan bo‘lak narsa 
    emas. Ta’sirlanuvchanlikdan sezuvchanlikka o‘tish hayot tarzi- 
    ning o‘zgachaligi bilan bog‘liqdir. Yaxshi rivojlangan hayvon- 
    larda sezuvchanlik oshib, sezgi organlari shakllanadi. Taraqqiyot- 
    ning elem entar sensor bosqichidan kompleks kuzgatuvchi- 
    larning, predmetlarning butunligiga aks ettirish bilan ifodalana- 
    digan qobiliyatiga, ya’ni perseptiv aks ettirishga o‘tish amalga 
    oshiriladi. Yashash sharoitlarining murakkablashuvi tirik orga- 
    nizmlarning muhitga moslashuvi zaruriyatini, materiyani sifat 
    jihatdan o‘zgarishining aks ettirish usullarini takomillashtiruviga, 
    xatti-harakatlari maqsadga muvofiq, epchil bo‘lishiga olib keldi.

    Download 57.48 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish