• 2.2. Psixika va ongning taraqqiyoti
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/43
    Sana02.11.2023
    Hajmi57.48 Mb.
    #93022
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
    Bog'liq
    PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARI

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
    1. Psixologiya predmetiga tushuncha bering?
    2. Psixologiya fanining fanlar tizimida tutgan o‘rnini aniqlang va tu- 
    shuntiring?
    3. Psixologiya nimani o‘rganadi? Psixik jarayonlar, psixik holatlar, 
    psixik xususiyatlarga tushunchalar bering?
    4. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanish bosqichlarini ayting.
    5. Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlarini bayon qiling.
    V a z i y a t : 8-sinf o‘quvchilaridan ikkitasi o‘z o‘qituvchlarini 
    xursand qilish uchun shahar parkida chiroyli bo‘lib ochilib tur- 
    gan gullardan katta bir guldasta qilib, ustozlariga sovg‘a qilayotgan 
    paytlarida sinfga bir qariya kirib, mehnatini hurmat qilmagan bo- 
    lalarni jazolashini o‘qituvchidan talab qilmoqda. Ustoz qoloq o‘quv- 
    chilarning bunday e’tiborlaridan boshi osmonda xursand bo‘lib 
    turgan edi, sovg‘a o‘g‘rilik ekanini bilgan zahoti lol bo‘lib qoldi. 
    O‘qituvchi shunda ...
    Ushbu vaziyatni asosli tarzda guruhda bahs-munozara yo‘li bilan 
    tahlil qiling. Xulosalar chiqaring.
    2.2. Psixika va ongning taraqqiyoti
    Inson psixikasi — psixika taraqqiyotining eng oliy bosqichi. 
    Psixika (yunoncha psychiros-ruhiy) — yuksak darajada tashkil top- 
    gan materiya — miyaning funksiyasi. Uning mohiyati tuyg‘u, idrok, 
    tasavvur, fikr, iroda va boshqalar ko‘rinishida aks ettirishdan ibo- 
    ratdir. Inson ongi o‘z mohiyatiga ko‘ra, hayvonlarning instinktiv, 
    individual va intellektual harakat formalaridan batamom bosh-
    63


    qacha, nihoyatda murakkab hodisadir. Inson ongi evolutsion 
    taraqqiyotning eng so‘nggi bosqichi, ya’ni inson taraqqiyoti bos- 
    qichidan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot tufayli tarkib topgan. Inson 
    ongi insonning o‘zi bilan birga, deyarli bir vaqtda maydonga kel- 
    gan. Ong tarixiy taraqqiyotning ikkinchi yo‘nalishi — odamlar- 
    ning amaliy faoliyatlari bilan amalga oshiriladigan va tekshirib 
    ko‘riladigan insonning bilish faoliyatining doimo rivojlanish ja­
    rayoni. Ongning tabiati — ong odamning borliq haqiqatini aks 
    ettirish formasi tariqasida keladi. Ongning asosiy belgilari — odam 
    ongining psixologik xarakteristikasi, so‘z va ma’noning ongni tash­
    kil qiluvchi tushunchalar sifatida kelishi, odam ongining borliqdagi 
    narsa va hodisalarni, ularning eng barqaror muhim belgilari va 
    xususiyatlarini ma’lum darajada so‘z bilan umumlashtirib ifoda- 
    laydi, aks ettiradi. Psixika va ongning paydo bo‘lish taraqqiyoti 
    inson ongining paydo bo‘lishining dastlabki shart-sharoitlari, kishi- 
    larning birgalikdagi faoliyati, mehnat taqsimoti, kishilar o‘rtasidagi 
    muloqotning borgan sari faollashib borishi, til asosida turli so‘z 
    signallaridan, belgilar tizimidan foydalanish, insonning moddiy 
    va m a’naviy madaniyati, inson boyliklarining yaratilishi, ijtimoiy 
    tajribani o‘zlashtirish, avloddan avlodga berish, saqlash bilan bog‘liq.
    Ongning paydo b o ‘lishi taraqqiyotida filogenetik — orga­
    nizmning oddiy shaklidan tortib murakkab, to hozirgi zamon 
    kishisiga qadar rivojlanish jarayoni juda uzoq tarixiy, ijtimoiy, 
    biologik o ‘zgarishlar yuz bergan davrlar bilan xarakterlanadi. 
    Ontogenetik taraqqiyotda har bir individ hayoti davomida mu­
    rakkab o‘zgarishlar tizimini bosib o‘tadi. Murakkab ko‘rinishdagi 
    shart-sharoitga moslashish refleks qobiliyatining paydo bo‘lishi 
    taraqqiyotiga olib boradi. Ongning rivojlanishini ta ’minlovchi 
    omillar — hozirgi zamon sharoitida yoshlarning har tomonlama 
    kamol topishi, mustaqil fikrlash, atrofidagi o‘zgarishlarga ochiq 
    ko‘z, teran fikr bilan munosabatda b o ‘lishi mumkin ijtimoiy 
    o‘zgarishlarda faol ishtirok etishlari lozim. Buning uchun fan 
    yutuqlari, umumxalq madaniyatining o‘zlashtirilishi, o‘z-o‘zini 
    boshqarishning yangi vositalaridan foydalanish zarur. Ishlab chi- 
    qarish korxonalarini yangi texnologiyalar bilan boyitish, bilimga 
    bo‘lgan qiziqishning ortishi kelajakdagi ijtimoiy o‘zgarishlar, is- 
    tiqbollar nazarda tutiladi. Shuningdek, odamdagi barcha psixik 
    jarayonlar, psixik xususiyatlar, psixik holatlar faqat ong bilan emas, 
    balki ongsizlik, ong osti holatlarida ham ro‘y berishi mumkin. Inson 
    shaxsidagi ongsizlik holatlari kishining o‘zi anglamagan holda
    64


    qiziqishi va ehtiyojlarini bajarishga intilishdir. Bunday xatti-ha- 
    rakatlar turli ixtiyorsiz reaksiyalarda, xulq-atvorda, psixik hodi- 
    salarda namoyon bo‘ladi. Ongsizlik holatlarining ikkinchi guruhi 
    asosida ongsizlik holatlarining uchinchi guruhi kishining idroki, 
    xotirasi va xayoli bilan bog‘lanib ketadi. Tush ko‘rish, shirin xayol, 
    orzu, ongsizlik holatlari ba’zan kishining ongiga singib qolgan axloq 
    normalari orqali nazorat qilinishi ham mumkin.
    Insonning ijtimoiy munosabatlar mahsuli ekanligi, yuksak psixik 
    funksiyalar tarkib topishining o‘ziga xos qonuniyatlari mavjudligi 
    L.S. Vigotskiyning nazariyasida aniq yoritib berilgan. Psixikaning 
    rivojlanishini ijtimoiy muhitdan ajralgan holda vujudga kelgan 
    jarayon deb hisoblab bo‘lmaydi. Bolaning har qanday madaniy 
    psixik rivojlanishi (yuksak funksiya) ikki tomonlamalikka ega, ya’ni 
    ijtimoiy, psixologik har qanday yuksak psixik funksiyalar rivoj- 
    lanishiga ko‘ra dastavval ijtimoiydir. Ular kishilarning o ‘zaro 
    munosabati sifatida shakllanadi, shundan keyingina esa, shaxsning 
    psixik funksiyalari sifatida namoyon bo‘ladi. L.S. Vigotskiyning 
    qonuniyati so‘z va predmetlarga nisbatan munosabatni namoyon 
    etadi. So‘z va predmetlar o‘rtasidagi obyektiv bog‘liqlik kattalar 
    va bolalar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantiradi. Shuningdek, ong 
    psixika rivojlanishining oliy formasidir. Uning paydo bo‘lishi va 
    rivojlanishida kishining mehnat faoliyati, ijtimoiy munosabati va 
    muloqot (til yordamida) qilish jarayoni, ya’ni ijtimoiy-tarixiy 
    shart-sharoitlar natijasidir. Ong kishilarning ijtimoiy-tarixiy 
    rivojlanishi mahsuli, faqat insonga xos bo‘lgan obyektiv borliqni 
    psixik aks ettirishning yuqori usulidir. Ongning paydo bo‘lishida: 
    ijtimoiy omillar; birgalikdagi mehnat, mehnat qurollarini ishlab 
    chiqarish, o‘zlashtirish, avloddan avlodga berish, o‘zaro muloqot, 
    ijtimoiy munosabatlar asosiy hisoblanadi. Biologik omil —orga­
    nizmning anatomik-fiziologik jihatdan o ‘zgarishi, takomillashib 
    borishi; faollik ko‘rsatishi, tabiatga ta’sir o‘tkazishi va uni o‘zgartira 
    olishi; o‘z-o‘zini anglab yetishi. Jahon psixologiyasi fanidan xulq- 
    atvor, muomala va faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar- 
    ning eng muhimi tariqasida insonning emotsional hayoti yotishi 
    aksariyat nazariyotchi psixologlar tomonidan ta ’kidlab o‘tiladi. 
    Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha pred- 
    metning mohiyatini yoritish va materiallar to ‘plash uchun maxsus 
    usullar va vositalardan foydalanadi. Bu esa fanning metodlari deb 
    yuritiladi. Metod — (yunoncha — metod — tadqiqot tekshirish) 
    bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi.
    65


    Psixologiyaning asosiy metodlari quyidagilardan iborat: ku- 
    zatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv 
    mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorni bevosita tashqaridan turib, 
    kuzatish orqali m a’lumotlar to ‘plash usulidir. Erkin kuzatuv, 
    ko‘pincha, biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o‘rganish maqsad 
    qilib qo‘yilganda qo‘llaniladi.Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil 
    kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror 
    o‘rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakte- 
    ristikalarini olish, ularni ko‘pchilikda qayta-qayta sinash va m a’lu- 
    motlarni tahlil orqali ishonchliligini tekshirish mumkin bo‘ladi.
    Umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
    1. Determinizm.
    2. Ong va faoliyat birligi.
    3. Psixikaning faoliyatda rivojlanish prinsipi.
    Determinizm (lotincha — determinata — belgilayman) prinsipi
    tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik hodisalarning 
    obyektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta ’limotdir. Shu 
    boisdan psixika, ongning obyektiv borliq va nerv sistemasi bilan 
    belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug‘i hisoblanadi. 
    Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan 
    belgilanishini va turmush tarzi mutanosib ravishda o‘zgarishini 
    anglatadi.
    Ong va faoliyat prinsipining psixologiya fanida qabul qilinishi 
    quyidagi m a’noni anglatadi:
    a) ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas;
    b) ong bilan faoliyat aynan bir-biriga o‘xshash ham emas;
    d) ong bilan faoliyatning birligi ularning hukm surishi mexa-
    nizmidir.
    Faoliyat o‘zining tuzilishi bo‘yicha ichki va tashqi tarkiblarga 
    bo‘linsa-da, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. Ong esa 
    faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks ettiradi. 
    Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va, o‘z navbatida, ong 
    mazkur jarayonda takomillashadi (muammo va yechimi unga turtki 
    vazifasini o‘ynaydi). Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga 
    o ‘zini qurshab turgan borliqni yanada chuqqurroq, to ‘laroq, 
    aniqroq aks ettirish imkoniyatini beradi hamda u borliqning asl 
    mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab mu- 
    nosabatlari va aloqalarini tobora aniqroq yaratadi. Shu bilan birga 
    mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, 
    voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi.
    66


    1. Psixikaning taraqqiyot bosqichlari haqida tushuncha bering.
    2. Ongning asosiy belgilari qanday?
    3. Ongning paydo bo‘lishidagi omillarni ayting.
    4. Ongning rivojlanishida faoliyatning roli qanday?

    Download 57.48 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish