|
Mustaqil ravishda muhokama bahs-munozara qilingBog'liq PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARIMustaqil ravishda muhokama bahs-munozara qiling.
Keksayib qolgan podshoh taxtni ikki o‘g‘lidan biriga berishga qaror
qildi. U ikkala o‘g‘liga murojaat qilib, otda poyga qilishga va kimning oti
oxirida kelsa, unga taxtni berish qarorini bildirdi. Har bir o‘g‘il poyga
paytida bir narsadan, mabodo, hiyla ishlatsa, otlardan biri sekinroq
yuradigan bo‘lib qolishidan qo‘rqdi. Shu qo‘rquv ularni saroydagi bir
masxarabozga o‘z dardlarini aytishga majbur qilibdi. Masxaraboz atigi
ikki so‘zni aytdi, uni eshitgan shahzodalar o‘sha zahoti otlarga minib,
poygaga otlandilar.
Masxaraboz nima degan ekan?
2.3. Faoliyatning psixologik tahlili
M a’lumki, inson o‘z tabiati jihatidan faol (ya’ni har doim
bir maqsad asosida harakat qiladigan) mavjudotdir. Ana shu jihat-
dan olganda, odamning barcha psixik jarayonlari va shaxsiy psi
xologik xususiyatlari turli-tuman faoliyatlarida namoyon bo‘ladi.
Faoliyat doimo organizm bilan muhitning o‘zaro bir-biriga ta ’sir
etib turishining ifodasidir. Faoliyat deganda tirik organizmning
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faolligi tushuniladi. Odam
faoliyati hayvonlarning xatti-harakatlaridan tubdan farq qiladi.
Hayvonlarning faolligi ularning nerv sistemasi va psixikasining
rivojlanganligiga qarab birmuncha murakkab bo‘lishi mumkin.
Ammo, ularning hayoti har qanday hollarda ham tashqi borliqning
talabiga organizmning biologik moslashishi bilangina chegarala-
nadi. Odamning xulq-atvori, faoliyati esa, tamomila boshqacha
xarakterdadir. Inson xatti-harakatlari hayvonlardan farq qilib,
avvalo, ijtimoiy xarakterga egadir. Inson o‘zining sa’y-harakatlarini
ilk yoshidanoq butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga
yo‘naltirib boradi. Xatti-harakatlarning bu turi shu qadar o ‘ziga
xoski, uni ifodalash uchun maxsus termin — faoliyat termini
qo‘llaniladi. Inson faoliyatiga xos b o ‘lgan xususiyatlardan yana
biri bilish jarayonlari va iroda bilan chambarchas bog‘liq b o ‘ladi,
|
| |