Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




Download 57.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/43
Sana02.11.2023
Hajmi57.48 Mb.
#93022
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARI

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
67


ularga tayanadi, bilish va irodaviy jarayonlarsiz yuz berishi 
mumkin emas. Faoliyat kishining anglangan maqsad bilan bosh- 
qarib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligi hi­
soblanadi. Inson faoliyatining ma’lum motivlari, maqsad va amalga 
oshirish usullari bo‘ladi. Inson faoliyati m a’lum motivlar asosida 
yoki motivlar uchun bajariladi, ongli suratda tug‘ilgan ehtiyojlar 
inson xatti-harakatining asosiy motivlaridir. Motiv — bu birin- 
chidan, insonni faoliyatga undaydi, ikkinchidan, o‘ziga xos jihat- 
larni namoyon etadi va maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va 
usullarni tanlashga yordam beradi. Motivlarga ehtiyojlar, qizi- 
qishlar, emotsiya va hislar, e’tiqod va ideallar, ustanovka va odatlar 
kirishi mumkin.
Kishining o‘z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy taraq- 
qiyot bilan belgilanadigan faoliyat shaklini egallashning faol 
muayyan maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni sifatida alohida ajralib 
turadi.
Ehtiyojlar kelib chiqishiga va predmetiga ko‘ra farqlanadi:
1. Tabiiy ehtiyojlar — bu insonning o‘zining va avlodining 
hayotini saqlab qolishga qaratilgan faolligida namoyon bo‘ladi. Bular 
oziqlanish, uyquga ehtiyoj, nasl qoldirishga bo‘lgan ehtiyoj.
2. Madaniy ehtiyoj — odamning insoniyat madaniyati mah- 
suliga bog‘liq bo‘lgan faolligida namoyon bo‘ladi. Ularning bog‘la- 
nishi insoniyat tarixi boshlanishiga borib taqaladi. Madaniy eh­
tiyoj obyektiv bo‘lib, tabiiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qi- 
ladigan predmetlar, vositalar kiradi. Predmetga ko‘ra moddiy va 
m a’naviy ehtiyojlar bo‘ladi:
a) moddiy ehtiyojlar — kishining moddiy, madaniy pred- 
metlarga, vositalarga bo‘lgan bog‘liqligida namoyon bo‘ladi. Bu­
lar — ovqatlanishga, kiyinishga, uy-joyga, maishiy turm ush 
ashyolariga va boshqalarga ehtiyoj sezilishi;
b) m a’naviy ehtiyoj m a’naviy madaniyatni o‘zlashtirib olishda 
va yaratishda namoyon bo‘ladi. M a’naviy ehtiyojlarga o‘qish, ilm, 
san’at, musiqa tinglash, kinofilm, teatr va shu kabilar kiradi.
Ixtiyoriy (ongli irodaviy) harakatlarning ixtiyorsiz (ongsiz im- 
pulsiv) xatti-harakatlardan asosiy farqi qanday motivlar asosida 
amalga oshirilganligiga bog‘liq. Ehtiyoj asosida odamda faoliyat­
ning motivlari, ya’ni muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan ichki-turtki kuchlar paydo bo‘ladi. Shu boisdan motiv 
odamni faoliyatga undovchi sababdir. Motivlar bir-biridan ehtiyoj 
turlariga qarab hamda ijtimoiy xarakterga ega bo‘lishiga qarab
68


farqlanadi. Anglash darajasiga qarab esa, anglangan qiziqishlar 
ishonch, intilish, havas, ideal kabi va anglanmagan — mayl, ish- 
qibozliklar bo‘lishi mumkin. Odam qandaydir motivlar asosida 
m a’lum bir faoliyatga kirishar ekan, ko‘zlangan maqsadga erish- 
maguncha harakat qilaveradi. Maqsadga erishilgandan so‘ng fao­
liyat tugallanadi. Maqsad bu odamning biron ishni bajara turib 
nimagadir intilishidir. Faoliyat maqsadi deganda biz ana shu fao­
liyat oxirida qo‘lga kiritiladigan natijani tushunamiz. Faoliyat 
voqelikka nisbatan faol munosabat bildirishning shunday shak- 
lidirki, u orqali tabiatga, narsalarga, boshqa kishilarga ta’sir ko‘r- 
satadi. Inson faoliyati ayrim hollarda tashqi tomondan ifodalansa 
(harakatlarda, yurish-turish va hokazolarda), boshqa hollarda esa, 
u ichki harakatlarga ega bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazardan sa’y- 
harakatlarni ikki turkumga ajratish mumkin: a) tashqi (real, 
predmetli, jismoniy, amaliy, motor) harakatlar; b) ichki; ruhiy, 
psixik, aqliy sa’y-harakatlar. Tashqi, real (predmetli) sa’y-hara- 
katlardan ichki, timsoliy, sa’y-harakatlarga ko‘chirilishi o‘tish 
jarayonini interiorizatsiya (ma’nosi, ichki tarzga aylanish) deb 
ataladi (tik turish-o‘tirish yoki yurish, yugurish). Interiorizatsiya 
tufayli kishi psixikasi m a’lum bir vaqt ichida uning nazariy 
e’tiborida b o ‘lmagan narsalarning timsolida foydalanish qobi- 
liyatiga ega b o ‘ladi. Aqliy amallarning tashqi predmetlari bilan 
bo‘ladigan sa’y-harakatlar (amallarga) ko‘chirilishiga ichki psixik 
faoliyatning eksteriorizatsiyalashuvi (ma’nosi — ichkining tashqi 
tarzga aylanishi) deb qarash mumkin. Kishi faoliyatining tashqi 
(jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari chambarchas bog‘liqdir. 
Tashqi jihat odam tashqi olamga ta ’sir ko‘rsatish uchun qiladigan 
sa’y-harakatlar motivlashtiruvchi, bilimga undovi, boshqaruvi 
ichki psixik faoliyat bilan belgilanadi va yo‘naltiriladi.
Inson faoliyatida narsalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan sa’y- 
harakatlardan tashqari: a) tananing fazoviy holati; b) gavdani 
tutish holati (tik turish, o ‘tirish); d) joy almashish (yurish, 
yugurish); e) aloqa vositalari sa’y-harakatlari qatnashadi. Odatda, 
aloqa vositalari tarkibiga: a) ifodali sa’y-harakatlar (imo-ishora, 
pantomimika); b) m a’noli ishoralar; d) nutqiy sa’y-harakatlar 
kiradi. Sa’y-harakatlarning ushbu turlarida ta’kidlab o‘tilganlardan 
tashqari mushaklar, hiqildoq, tovush paychalari, nafas olish a’zolari 
ishtirok etadi. Demak, narsalarni o ‘zlashtirishga qaratilgan 
harakatning ishga tushishi muayyan sa’y-harakatlar tizimining 
amalga oshirilishini anglatadi. Bu hodisa ko‘p jihatdan harakatning
69


maqsadiga, ta ’sir o‘tkaziladigan narsalarning xususiyatlariga va 
harakatning amalga oshish shart-sharoitlariga bog‘liq. Jumla- 
dan: a) kitobni olish qalamni olishdan boshqacharoq tarzdagi 
sa’y-harakatni taqozo etadi; b) avtomobilni haydash velosipedda 
uchishga qaraganda boshqacharoq sa’y-harakatni talab qiladi; 
d) ellik kilogrammli shtangani ko‘tarishda bir pudlik toshga 
qaraganda ko‘proq quvvat sarflanadi; e) kartonga katta shaklni 
yopishtirishga qaraganda kichik shaklni joylashtirish qiyin 
kechadi.

Download 57.48 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Download 57.48 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

Download 57.48 Mb.
Pdf ko'rish