Pedagogik fa o liy a t haqida tushuncha




Download 57.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/43
Sana02.11.2023
Hajmi57.48 Mb.
#93022
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARI

Pedagogik fa o liy a t haqida tushuncha.
Faoliyat hamisha kishi­
ning boshqa odamlar bilan munosabatida yuz beradi. U boshqa 
odamlarning yordami va ishtirokini taqozo etadi, ya’ni birgalik- 
dagi faoliyat xususiyatiga ega bo‘ladi.
Faoliyatning quyidagi turlari mavjud:
1. O‘yin. 2. Mehnat. 3. Ta’lim.
Bola faoliyatining oddiy shakllarini o‘zlashtirish uchun dast- 
labki shart-sharoitlar tarkib topa boshlaydi. Ulardan birinchisi — 
o‘yin faoliyati hisoblanadi. O‘yin faoliyati bilan organizmda kuch- 
quvvat almashinuvi o‘rtasidagi bog‘lanish o‘yinga nisbatan mayl 
tug‘ilishiga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘yin bola- 
larda ham o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqarish, hayot kechirish va 
faoliyat ko‘rsatish shakli bo‘lib xizmat qiladi. Faoliyatga bo‘lgan 
ehtiyoj uning ko‘zg‘atuvchisi b o ‘lsa, taqlid qilish va tajriba esa 
manbayi hisoblanadi. Bola hayotida faoliyatning alohida turi sodir 
bo‘ladigan vaqt ham yetib keladi. Bu maqsadi bevosita muayyan 
axborotni, harakatlarni, xulq-atvor shakllarini o‘zlashtirishga qa­
ratilgan faoliyatdir. Subyektning o‘rganishini o‘ziga maqsad qilib 
olgan bunday o‘ziga xos faoliyat ta ’lim deb ataladi.
Ta’lim ham jarayon, ham faoliyat sifatida insonning hayotida 
muhim o‘rin tutadi va muayyan davr uchun yetakchi faoliyat si­
fatida gavdalanishi mumkin. Ta’lim, boshqacha so‘z bilan aytganda, 
o‘qituvchi bilan o‘quvchining munosabatidagi hamkorlik faoliyati 
hisoblanadi. Mustaqil bilim olish va mutolaa qilish ham o‘quv 
faoliyatining muayyan ko‘rinishlari bo‘lib, shaxsiy, ilmiy, ijodiy 
izlanishning mahsuli hisoblanadi. Ta’limning yana bir muhim 
funksiyasi shuki, u turli yoshdagi odamlarni kasb tanlashga yo‘- 
naltiradi, kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishga, mutaxassis si­
fatida shakllanishga muhim ta’sir o‘tkazadi. Ta’lim ijtimoiy jihat­
dan shaxslarni shakllantirish, ixtisos ko‘nikmalari bilan qurollan- 
tirish, u yoki bu sohada mutaxassis bo‘lib faoliyat ko‘rsatishiga
70


xizmat qiladi. Mustaqil fikrlash, psixologik imkoniyatlarni ro‘yobga 
chiqarish, barkamollikni egallash borasida ijtimoiy hayotning turli 
jabhalarida ta’lim yetakchi faoliyat sifatida muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim faoliyati quyidagilardan tarkib topadi:
1. Bilim axborotining o‘zlashtirilishi.
2. Faoliyatning barcha turlari tarkib topadigan usullar va hara- 
katlarning o‘zlashtirilishi.
3. Qo‘yilgan vazifa va ilgari surilgan maqsadga mos keladigan 
usullar va jarayonlarni to ‘g‘ri tanlash hamda nazorat qilish uchun 
ko‘rsatilgan axborotdan foydalanish yo‘llarining egallanishi — ko‘- 
nikmalar hosil qilinishi.
Shunday qilib, ta ’lim kishining harakatlari muayyan bilimlar, 
malakalar, ko‘nikmalarni o‘zlashtirib olishga qaratilgan ong bilan 
idora qilingan joydagina yuz beradi. Ta’lim o‘ziga xos insoniy fao- 
liyatdir. Bola faoliyati va xulq-atvorini insoniyat ijtimoiy tajriba- 
sini o‘zlashtirish sari yo‘naltirishdan iborat jarayon o‘qitish deb 
ataladi. Bola shaxsining rivojlanishiga ta ’sir ko‘rsatadigan ja ­
rayon — tarbiya deb ataladi.

Download 57.48 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Download 57.48 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik fa o liy a t haqida tushuncha

Download 57.48 Mb.
Pdf ko'rish