M eh n a t fa o liy a ti.
Insoniyat o ‘zining mehnati tufayli ongli
mavjudotga aylangan. M ehnat faoliyatining tarkibida mehnat va
ish-harakat yotadi. Ularning har qaysisining muayyan ulushi na-
tijasi o‘laroq, faoliyat mahsuli vujudga keladi, u moddiy yoki
m a’naviy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Mehnat bu m a’lum bir
ijtimoiy, foydali, moddiy va m a’naviy mahsulotni ishlab chiqa-
rishga yo‘naltirilgan faoliyat demakdir. Mehnat faoliyati kishining
eng yetakchi, asosiy faoliyatidir.
Kishilarning mehnat faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy
hisoblanadi. U jamiyat ehtiyojlari bilan shakllanadi, belgilanadi,
yo‘naltiriladi va boshqariladi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Faoliyat haqida tushuncha bering.
2. Faoliyat tuzilishini nimalar tashkil qiladi?
3. Faoliyat turlarini aytib bering. Yetakchi faoliyat haqida ham tu
shuncha bering.
4. Faoliyat interiorizatsiyasi nima?
5. Faoliyat ekstrorizatsiyasi nima?
6. Faoliyatning psixik jarayonlar bilan bog‘liqligini qanday izohlaysiz?
7. Ehtiyojlar kelib chiqishiga, faoliyatning turlariga, nima uchun
faoliyat kerakligini klasster metodi bo‘yicha yeching.
71
2.4. Motivatsiya va emotsiya psixologiyasi
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli-
tuman nuqtayi nazardan yondoshish orqali tadqiq qilib kelin-
moqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o‘ziga xos psixologik maktab
vujudga kelgan bo‘lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va
konsepsiyalar mohiyati jihatidan farqlanuvchi g‘oyalar va yo‘-
nalishlar mujassamlashadi. Insonning xatti-harkati va ma’lum eh-
tiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undovchi sababga
motiv deyiladi. Odamning faoliyat motivlarini o‘rganish shaxsning
m a’naviy-psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga
ega. Kishilarning xulq-atvoriga qarab, uning xatti-harakatlarini tahlil
qilib, ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim. Shunda xatti-
harakatlarni odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligini anglash
mumkin bo‘ladi. Bunday xatti-harakatlarning yana takrorlanishini
oldindan ko‘rish, shaxsiy holatlarning ayrimlarini yuzaga kel-
tirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qo‘llab-
quvvatlash mumkin. Ba’zilar mehnatga o‘z ehtiyojlariga ko‘ra
sidqidildan munosabatda bo‘lsalar, ba’zilar o‘z burchlarini angla-
ganliklaridan, yana ba’zilar o‘zlarining qabih niyatlariga erishish
uchun vaqtincha sun’iy munosabatda bo‘ladilar.
Motivatsiya — odamni faol faoliyatga undovchi sabablar maj
muyi bo‘lib, xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning
dinamik jarayoni hisoblanadi, unga tashabbus, yo‘nalganlik,
tashkilotchilik, qo‘llab-quvvatlash kiradi. Motirovka inson xulq-
atvorini tushuntirish bo‘lib, «Nima uchun?», «Qanday maqsad
bilan?», «Qanday m a’noda?» kabi savollarning motivatsiyasiga
bog‘liq. Motivatsiya inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi
va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuyini
bildiradi.
Psixologiyada motivlashtirish deganda, psixologik hodisalar-
ning o‘zaro mustaqil bog‘langan, lekin bir-biriga to ‘la mos kel-
maydigan, nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi:
a) individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan
faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirish. Faollik ho
lati paydo bo‘lishining subyektiv ehtiyojlarini izohlab beradi;
b) motivlashtirish faollik kimga qaratilgani, boshqa xulq-atvor
emas, balki xuddi shunaqasi tanlaganligini izohlab beradi. M o
tivlar xulq-atvor yo‘nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir.
Bular birgalikda kishi shaxsining yo‘nalishini tashkil etadi;
72
d) kishi axloqi va faoliyatini boshqaradigan vosita hisoblanadi.
Bularga emotsiyalar, istaklar, qiziqishlar kiradi.
Ustanovkalar — yo‘nalish, yo‘naltirish m a’nosini anglatib,
kishining tevarak-atrofdagi odamlarga yoki obyektga nisbatan
qanday munosabatda bo‘lishini, ularni idrok qilish, sezish, ularga
baho berish va qandaydir harakat qilishga tayyorgarligini angla-
tadigan holat. Y o‘naltirilgan faoliyat subyektning m a’lum va-
ziyatda faol yo‘l topib keta oladigan harakatlari majmuyidir. Yo‘-
nalish — tug‘ilgan yo‘l, maqsad sari shaxsning xatti-harakati va
faoliyatini aniq sharoitlardan qat’iy nazar m a’lum yo‘lga yo‘nal-
tiruvchi barqaror motivlar majmuyi. Ular asosiy, yetakchi va bosh
ehtiyojlar, qiziqishlar, moyillik, e’tiqod, dunyoqarashlar, yuksak
g‘oyalar bilan xarakterlanadi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi.
Inson ehtiyojlari, maqsadi, istagi, qiziqishlari shaxsiy holatlardir.
Ehtiyoj — jonli mavjudotning hayot kechirishda konkret shart-
sharoitlarga qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nis
batan uning faolligini vujudga keltiruvchi holat. His-tuyg‘u psixik
jarayon bo‘lib, bunda insonning borliqqa shaxsiy ichki subyektiv
munosabati aks etadi. Emotsiyalar — lotincha so‘zdan olingan
(emovere) to ‘lqinlashtirish ma’nosiga ega. Ichki yoki tashqi qo‘zg‘a-
tuvchilar ta ’siriga subyektiv holatda ifodalovchi javob reaksiyasidir.
Ya’ni, hissiyot tashqi olamdagi narsa va hodisalarga nisbatan bo‘l-
gan munosabatlarni va munosabatlardan hosil b o ‘ladigan ichki
kechinmalarni ongda aks ettirishdir. Hissiyot o‘ziga xos aks ettirish
jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarning bevosita emas, balki
shu narsalarning aks ettirish jarayonidan hosil bo‘ladigan ichki
kechinmalari va munosabatlari aks ettiriladi. His-tuyg‘u psixik
jarayongina bo‘lib qolmay, psixik holat hamdir. U xususiyat bilan
xarakterlanadi. His-tuyg‘uni yuzaga keltiruvchi sabab stimullardir.
Faolligiga ko‘ra hislar stenik (kuchli) va astenik (kuchsiz) turlarga
bo‘linadi. Hislar tashqi jihatdan namoyon bo‘lib, ular xatti-hara-
katlarda, yuzda namoyon bo‘ladi. Uning tashqi ifodalanishi eks-
pressiya deb ataladi. Ekspressiya bu — hislarning spetsifik namoyon
bo‘lishi, u ovoz, mimika, pantomimika, yurish, yig‘i va kulguda
namoyon bo‘ladi. Hislar mazmuniga va qo‘zg‘aluvchanligiga qarab,
kuchi, tezligi barqarorligiga ko‘ra quyidagi emotsional holatlarga
ajratiladi: kayfiyat, ko‘tarinkilik, kuchli xohish-istak, affekt, stress.
Hissiyot olamda sodir bo‘layotgan narsalardan shaxs sifatida
odam uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalar haqida darak beruvchi
73
signallar sistemasi hisoblanadi. M a’lum qo‘zg‘alishlar odam uchun
xotirjamlik haqidagi signalga aylanadi. Hissiyotlarning boshqaruv-
chanlik funksiyasi shunda namoyon bo‘ladiki, barqaror kechin-
malar bizning xulqimizni yo‘naltiradi va qarama-qarshiliklarni
yengishga undaydi. Emotsiyalarni boshqaruvchi mexanizmi kuchli
emotsional qo‘zg‘alishni kamaytiradi. Odamlarning hayotida
bo‘ladigan qayg‘u, kulfat kabi psixik holatlar xavflidir. Odam ularni
boshqarishi lozim. Axloqiy hislar — shaxsning, odamlarning xulq-
atvoriga emotsional munosabatida ifodalanadi. Shaxs bu hislarni
kechirar ekan, ijtimoiy-axloqiy prinsiplar va normalarga asoslanib,
boshqa odamlarning xatti-harakatlariga yoki psixik xususiyatla-
riga ham e’tibor beradi, namoyon etadi. Intellektual hislar aqliy
faoliyat jarayonida hosil bo‘ladigan kechinmalardir. Ushbu hislar
haqqoniy, soxta, ajablanarli, shubhali yoki tushunib bo‘lmaydigan,
hayratda qoldiradigan fikrlarga bo‘lgan munosabatlarda ifodala
nadi. Intellektual hislarga ajablanishni kiritish mumkin. Ajabla-
nish insonning bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan
va qandaydir tushunib bo‘lmagan, hayratda qoldiradigan narsaga
e’tibor qaratish odamning bilish ehtiyojlarini qondirishga inti-
lishdir. Ajablanish odamning bilish bilan bog‘liq faoliyatini yuzaga
keltirishga undovchi omillardan biridir.
Estetik hislar: go‘zallikni idrok qilish, zavqlanish, go‘zallikni
yaratishdan iborat bo‘lishi mumkin. Estetik his hamma odamga xos
bo‘lgan hissiyotdir. Estetik hislarni yuzaga keltiruvchi manbalar
juda ko‘p va xilma-xildir. Iroda odamning biror maqsad yo‘lida
ongli ravishda qiyinchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan xatti-
harakatlardir. Irodaviy faoliyatda odam o‘zini, xususiy ixtiyorsiz
impulslarni nazorat qiladi. Iroda tormozlovchi va boshqaruvchi
mexanizmlarga ega. Xulqning irodaviy boshqarilishi, ongli ravishda,
aqliy va jismoniy kuchni maqsadga erishishga qaratilishi yoki
aktivlikdan o‘zini ushlab turishidir. Iroda aktiv maqsadni anglash,
qarorga kelish, rejalashtirish, bajarish, irodaviy zo‘r berish kabi
murakkab mexanizmdan iboratdir. Iroda ikkita funksiyani baja-
radi: qo‘zg‘aluvchanlik va tormozlash. Iroda va irodaviy sifatlar se-
kin-asta organizmning o ‘sishi natijasida taraqqiy etish imko-
niyatiga ega bo‘ladi. O‘quvchilar irodasini tarbiyalashda kattalar
va o‘qituvchilar to ‘g‘ri talab qo‘yishlari, bajarilishini nazorat qilib,
uyushgan tartibda m a’lum maqsad sari intilmoqlari zarur. Ana
shunday tarzda irodani taraqqiy ettirish mumkin. Insonni angla-
nilgan, maqsadli, ongli faoliyatga, xatti-harakatga undovchi sa-
74
bablar majmuyi motivatsiyadir. Ushbu mavzuning ahamiyatli ji-
hati shundaki, odamning faoliyat motivlarini o‘rganish, shaxsning
m a’naviy-psixologik mohiyatini tushunishga yordam beradi. His-
tuyg‘ular odam uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalar haqida darak
beruvchi signallar hisoblanib, xotirjamlik va notinchlik borasida
m a’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Estetik, axloqiy, intel-
lektual hislar shaxsni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
|