• E ’tiqod — insonning anglangan ehtiyoji bo‘lib u faoliyatga undaydi. Id ea l — bu namuna, intilishlarning eng yuqori cho‘qqisi. Intilish
  • S.L. Rubinshteyn bo‘yicha shaxs strukturasi




    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/43
    Sana02.11.2023
    Hajmi57.48 Mb.
    #93022
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
    Bog'liq
    PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARI

    S.L. Rubinshteyn bo‘yicha shaxs strukturasi
    Shaxs — bu hayot jarayonida shakllanuvchi individual o‘ziga 
    xos psixofiziologik tizimlar, shaxs xususiyatlari yig‘indisi bo‘lib, 
    u asosida ushbu insonga xos tafakkur va xulq-atvor yuzaga keladi. 
    Shunday qilib, shaxs bu jamiyat a ’zosi b o ‘lib, u individning 
    psixofiziologik tizimining dinamik tashkil etuvchisi, bu uning xatti- 
    harakati va tafakkurini belgilab beradi. Individuallik — bu inson-
    76


    ning o‘ziga xos individual xususiyatlari bo‘lib, ular asosida insonlar 
    bir-biridan farq qiladilar. Individuallik — bu o‘ziga xoslikka ega 
    bo‘lgan shaxs. Shaxsning tuzilishi, shakllanishi, tarkib topishida u 
    yashayotgan muhitning, kishilik jamiyatining roli juda kattadir. 
    Shaxsning faoliyatini yo‘naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga 
    nisbatan bog‘liq bo‘lmagan barqaror motivlar majmuyi kishi shax- 
    sining yo‘naltirilganligi deb ataladi. Shaxs yo‘nalganligi — bu 
    barqaror motivlar yig‘indisi bo‘lib, shaxs faoliyatini belgilaydi. 
    Shaxs yo‘nalganligi qiziqishlar, dunyoqarash, e’tiqod, intilish va 
    idealda xarakterlanadi. Qiziqish — bilish ehtiyojining namoyon 
    formasi bo‘lib, u yangi faktlar bilan tanishishga hamda borliqning 
    aniq, chuqur aks etishiga yordam beradi. Dunyoqarash — inson­
    ning qarashlari tizimi bo‘lib, unda insonning atrofdagi dunyoga 
    munosabati va bu dunyoda o‘zining o‘rnini anglash, kishilarga bo‘l- 
    gan munosabati, hayotiy pozitsiyasi, ideallari, qadriyatlari, e’ti- 
    qodlari va prinsiplari namoyon bo‘ladi.
    E ’tiqod
    — insonning anglangan ehtiyoji bo‘lib u faoliyatga 
    undaydi.
    Id ea l
    — bu namuna, intilishlarning eng yuqori cho‘qqisi.
    Intilish
    — birlamchi qiziqish, ehtiyojning hissiy kechirilishi, 
    obyektga intilishi. Inson o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun atrof- 
    muhit, tabiat, kishilar bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. Ularni o‘z- 
    gartiradi, o ‘z faoliyatini yo‘naltiradi. Ijtimoiy qonun-qoidalar, 
    muhit, jamiyat talablariga rioya qilgan tarzda o‘z-o‘zini yo‘nal- 
    tiradi, o‘z oldiga maqsad qo‘yadi, maqsadga intilish yo‘lida uch- 
    raydigan qiyinchilik va to ‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qiladi. 
    Maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyatini amalga oshirishda mod­
    diy, m a’naviy olam bilan faol tarzda muloqotga kirishadi. Eh­
    tiyojlar asosida odamda faoliyatning motivlari, muayyan eh­
    tiyojlarini qondirish bilan bog‘liq ichki turtki kuchlar paydo bo‘- 
    ladi. Motiv odamning faoliyatiga, faolikka yo‘naltiruvchi sabab- 
    dir. Shaxs-inson aniq maqsad sari intiladi, muayyan ishni ba- 
    jaradi, uning natijasiga ega bo‘lishga, uni qo‘lga kiritishga o‘z-o‘zini 
    yo‘naltiradi. Shaxs faolligining yo‘nalishi turli ehtiyojlar kelib 
    chiqishi, predmetiga ko‘ra:
    a) tabiat — inson o‘zini, avlodini saqlab qolishdagi faolligi;
    b) madaniy — odamning insoniyat madaniyati mahsuliga 
    bog‘liq bo‘lgan faoliyati; predmetiga ko‘ra;
    d) 
    moddiy — ovqatlanish kiyinish, uy-joy, maishiy turmush 
    ashyolari;
    77


    e) 
    m a’naviy—m a’naviy madaniyatni o‘zlashtirib olish, yara- 
    tish, o‘qish, ilm, san’at, musiqa, kinofilm, teatr va boshqalar 
    asosida boshqariladi, amalga oshiriladi.
    Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida o‘ziga xos sifatlar mav­
    jud: ekstraversiya — inson ongni va diqqatini atrofga, tashqariga, 
    asosan, o‘zi atrofida bo‘layotgan narsalarga qaratilganidir. Eks­
    traversiya intraversiyaga qarshi bo‘lib, intraversiya — bu ong va inson 
    qiziqishlari o‘ziga, o‘z ichki dunyosiga qaratilgan.
    Shaxs odamning atrofiga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatni 
    belgilaydi. Shaxsning shakllanishida o ‘z-o ‘ziga baho berish mu­
    him ahamiyat kasb etadi. O ‘z -o ‘ziga baho berish — uch xil 
    ko‘rinishga ega b o ‘lishi mumkin: a) shaxs o ‘z imkoniyatlari
    qobiliyati, layoqatiga past baho berishi, o‘z-o‘ziga ishonchsizligi 
    tufayli kechirilishi mumkin; b) o‘z-o‘zining imkoniyatlari, qo- 
    biliyatlarini to ‘g‘ri, m e’yorda baholashi; d) o‘zining imkoniyat va 
    qobiliyatlarini m e’yoridan yuqori baholashi, bu odamda o‘ziga 
    bino qo‘yish atrofidagilarini nazar-pisand qilmaslik kabi xa- 
    rakterlarini namoyon etishga olib kelishi mumkin. Shaxsning o‘z- 
    o‘ziga to ‘g‘ri baho berishida o‘z-o‘zini anglash muhim hisoblanib, 
    shaxsning to ‘g‘ri shakllanishi, individning o‘zi haqida nisbatan 
    barqaror anglangan tasavvurlar tizimini hosil qilinishiga olib keladi. 
    Uning asosida individ odamlar bilan o‘z munosabatini o‘rganadi.
    O‘z-o‘zini anglashning shakllanishi jamiyatning ongli a’zosini 
    tarbiyalashning zarur shartlaridan biridir. Odam individ bo‘lib 
    tug‘iladi, shaxs bo‘lib rivojlanadi, taraqqiy etadi. Shaxsning rivoj­
    lanishi va shakllanishida xarakter va qobiliyatlarining determi- 
    nantligi, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari: hissiy-emotsional 
    jarayonlari, irodaviy sifatlari, faolligi, aktivligi, ongliligi muhim 
    hisoblanadi. Y. Gudechek shaxsning ijtimoiy qadriyatlar jarayonida 
    rivojlanishi masalasiga katta e’tibor bergan. Qadriyatlar shaxsning 
    xulqi va faoliyatini motivlashtiradi. Shaxsiy ahamiyatga ega qad­
    riyatlar shaxs tomonidan o‘zlashtiriladi. Qadriyatlar shaxsning qi­
    ziqishlari, ehtiyojlari, yo‘nalishi bilan bog‘liq. Umumiy holda 
    shaxsni harakatga keltiruvchi sifatida uning ehtiyojlari yotadi. Eh­
    tiyojlar shaxsni faoliyatga undovchi motivlarda namoyon bo‘ladi.
    Shaxsning rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar:
    a) faoliyatda o‘zgaruvchi ehtiyojlar orasida qarama-qarshi- 
    liklar va ularni qondirish;
    b) faoliyatdagi faollik natijasida qondiriladigan ehtiyojlar aso- 
    sida yangi ehtiyojlarning yuzaga kelishi.
    78


    Qarama-qarshiliklarni yengishda maxsus usullar, yo‘llar, ha­
    rakatlar, bilim va malakalar asosida ta ’lim jarayonida amalga 
    oshiriladi. Shaxs shakllanishida yetakchi o‘rin tarbiyaga ajratiladi. 
    Tarbiya shaxs rivojlanishini tashkil etadi, yo‘naltiradi va jamiyat 
    talablariga moslashtiriladi. Demokrit aytganidek: «Insonni inson 
    qilib yetishtiruvchi narsa tarbiyadir». Ishonch — xulq xatti-hara- 
    katlarining muhim anglanilgan motivi, faoliyatini aniq yo‘nalishga 
    solib turuvchi va dunyoni hissiy idrok etish, qat’iy prinsipga ega 
    ekanligi bilan xarakterlanadi. G ‘oyalar o‘z-o‘zini tarbiyalash reja- 
    sini beruvchi, o‘zini nazorat qilishga undovchi omil hisoblanadi. 
    Bola — shaxsning tarkib topishida ta ’lim-tarbiyaning ta ’siri asosiy 
    ahamiyat kasb etadi. Tarbiya muassasalari: bog‘cha, maktab, 
    internat, litsey va kollejlarda beriladigan ta ’lim-tarbiya jarayoniga 
    o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish 
    maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ularning shaxsini o‘rganish 
    metodlaridan foydalanish samarali kechadi. Metod tadqiqot, tek- 
    shirish, bilimni nazariy va amaliy o‘zlashtirish usulllari yig‘in- 
    disidir Uning shaxs bo‘lib shakllanishida uning biologik shart- 
    langanlik — jinsiy, yosh davrlari, miyaning fiziologik, morfologik 
    xususiyatlari: ijtimoiylashuvi muhim omillar bo‘lib hisobladi.

    Download 57.48 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    S.L. Rubinshteyn bo‘yicha shaxs strukturasi

    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish