• 2.6. Muloqot psixologiyasi M uloqot
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/43
    Sana02.11.2023
    Hajmi57.48 Mb.
    #93022
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
    Bog'liq
    PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARI

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
    1. Shaxs tushunchasiga tushuntirish bering.
    2. «Individ», «Shaxs», «Individuallik» tushunchalari bir-biriga bog‘- 
    liq, lekin qarama-qarshi emasligini tushuntiring.
    3. Shaxs faolligining asosiy omili nima?
    4. «O‘z-o‘ziga baho berish» tushunchasini izohlang.
    5. Shaxs taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar nima.1a.rdan iborat?
    2.6. Muloqot psixologiyasi
    M uloqot
    — bu ikki yoki undan ortiq kishilarning m a’lumot 
    almashishdan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishi. Muloqot tizimida 
    o‘zaro bir-biriga bog‘liq jihatlari ajratiladi: kommunikativ, inter- 
    aktiv va pertseptiv.
    1. Muloqotning kommunikativ jihati — bu muloqotdagi in- 
    sonlarning o‘zaro ma’lumot almashinishi.
    2. Muloqotning interaktiv jihati — bu insonlar muloqotda, 
    nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bo‘yicha ham o‘zaro 
    ta ’sirini tashkil etishdan iborat.
    79


    3. 
    Muloqotning perspektiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro 
    bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir.
    Demak, muloqot birgalikdagi harakat ehtiyojlaridan kelib 
    chiqadigan, aloqa almashish, bir-biriga ta’sir etish, boshqalarni 
    tushunish, odamlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish va rivojlantirish ja­
    rayoni. Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir.
    Muloqotning o‘zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ 
    jihatdan ishtirokchilarning uning jarayonida amalga oshiriladigan 
    o‘zaro idrok etishi yuzaga keladi. Taniqli psixolog S.L. Rubin­
    shteyn shunday deb yozgan edi: «Kundalik hayotda odamlar bilan 
    muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq-atvoriga m o‘ljal 
    olamiz. Negaki, biz ularning tanqidiy m a’lumotlari mohiyatini 
    go‘yo o‘qib, ya’ni mag‘zini chaqamiz va shu yo‘sinda kontekstda 
    mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud 
    bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz». Bunday o‘qish naridan beri tez 
    yuz beradi, chunki tevarak-atrofdagilar bilan muomala jarayonida 
    avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki m a’no hosil 
    bo‘ladi. Muomalaning prioretiv jihati bu kishining kishi tomo- 
    nidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir. Iden- 
    tifikatsiyalash — bir kishi ikkinchi kishini uning ta’rifini o‘z ta’rifiga 
    anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o ‘xshatilishi orqali tu ­
    shunish usulidir. Shaxslararo idrok etish jarayonida teskari aloqa
    xabar beruvchi funksiyani va o‘zini o‘zi boshqarish funksiyasini 
    bajaradi. Stereotiplashtirish — xulq-atvor shakllarini tasniflash va 
    ularni hozirgacha ma’lum va mashhur deb sanalgan, ya’ni ijtimoiy 
    qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo‘li bilan 
    ularning sabablarini o‘zgartirishdan iboratdir. Ko‘p hollarda, in- 
    sonlarning bir-birlarini idrok etishlari «ijtimoiy persepsiya» sifa­
    tida namoyon bo‘ladi. Muloqotning bu jihati ijtimoiy persepsiya 
    haqidagina emas, balki shaxslararo persepsiya haqida hamdir.
    Inson jamiyatda shaxs sifatida qabul qilingani sari muloqotda 
    ham shaxs sifatida namoyon b o ‘ladi. S.L.Rubinshteyn aytgani- 
    dek: «Biz insonni tashqi xulq-atvoriga qarab o‘qiymiz». «Boshqa 
    odamni bila turib, o‘rganayotgan individning o‘zi ham shakllanadi». 
    L.S. Vigodskiy: «Insonni inson tomonidan idrok etilishida kamida 
    ikki kishi jalb qilingan bo‘lishi lozim, ularning ikkalovi ham faol 
    subyektdir», degan edi. O‘zini boshqa inson tahlil qilishi o‘z ichiga 
    identifikatsiya va refleksiyani kiritadi. Odamlarda samarali m uo­
    mala o‘rnatish malakalari tasodifiy ravishda tarkib topadi yoki 
    ta’limning yordamchi mahsuli sifatida yuz beradi. Maktab yoshidagi
    80


    o ‘quvchilar xulq-atvori qoidalariga bag‘ishlangan ommabop 
    adabiyotlarni o‘qir ekan, muloqot madaniyatining ba’zi jihatlari 
    bilan tanishadi. Lekin muomala malakalarining maxsus o‘rgatilishi 
    alohida bir vazifa bo‘lib, pedagog uchun uning qanchalik muhim 
    ekanligini trening, y a’ni m uom alaning m ashq qilinishi bu 
    vazifaning hal etish yo‘llaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Sotsial 
    psixologik trening, ya’ni m uom alaning m ashq qilinishi bu 
    vazifaning hal etish yo‘llaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Sotsial 
    psixologik trening mazmunan ikki xil vazifani:
    — muomalaning va shu jumladan pedagogik muomalaning 
    umumiy qonuniyatlarini;
    — pedagogik kommunikatsiya texnologiyasini egallash, ya’ni 
    professional pedagogik muomala va malakalar shakllanishini o‘z 
    ichiga oladi.
    Psixologik pedagogik trening shakllaridan yana biri — tipik pe­
    dagogik vaziyatlarning, misol uchun, imtihonlarni modellashti- 
    ruvchi amaliy o‘yinlar. Muomala trening, ya’ni muomalani mashq 
    qilish o‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish sistemasida 
    pedagogik ishning yangi shakli bo‘lib, pedagogik ta ’lim uchun 
    juda istiqbolli hisoblanadi. Bog‘lanish munosabatga kiruvchilar 
    o‘rtasida ikki tomonlama aloqa bo‘lishini taqozo etadi. Bunga eri­
    shish va uni ko‘ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatiga 
    kirishuvi shaxslarning o‘zaro bir-biriga hurmati va ishonchidan 
    iboratdir. Agar pedagog o‘z tarbiyalanuvchilariga ishonch va hur- 
    mat bilan munosabatda bo‘lsa, u har qancha prinsipial va talabchan 
    bo‘lgan taqdirda ham, uning eng arzimas tanbehlari ham ta’sirli 
    bo‘ladi. Munosabat jarayonlari har doim va barcha vaziyatlarda ham 
    sip-silliqqina va ichki qarama-qarshiliklarsiz yuz beradi deb tasav­
    vur qilish yaramaydi. Ayrim vaziyatlarda bir-birini inkor etuvchi 
    qadriyatlar, vaziyatlar va maqsadlarning mavjudligini aks ettiruvchi 
    pozitsiyalar antogonizmi yuzaga chiqadiki, b a’zan bu o ‘zaro 
    adovatni keltirib chiqaradi, shaxslararo mojaro sodir b o ‘ladi. 
    Mojarolarning kelib chiqishiga, shuningdek, munosabatga kiruv- 
    chilarning o‘zaro birgalikda harakat qilishlariga g‘ov bo‘lgan va 
    bartaraf etilmagan m a’naviy anglashilmovchiliklar ham sabab 
    bo‘ladi. Munosabatdagi m a’naviy anglashilmovchilik — bu aytil- 
    gan talabning, iltimosning, buyruqning m a’nosi munosabat 
    bog‘lashga sheriklar uchun muvofiq emasligidir. Bu hol ularning 
    o‘zaro hamjihatligi va birgalikda harakat qilishi uchun to ‘sqinlik 
    tug‘diradi. Har qanday m a’lumotni belgilar, aniqrog‘i, belgilar
    81


    tizimi orqali bilish mumkin. Kommunikativ jarayonda qo‘lla- 
    niladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. Bular verbal kom- 
    munikatsiya (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan bog‘liq bo‘l- 
    maydigan belgilar orqali) kommunikatsiyadir. Verbal kommu- 
    nikatsiyada inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi. Nutq 
    inson tomonidan qo‘llaniladigan tovushlar signallari yoki yozma 
    belgilardan iborat bo‘lib, ular orqali muloqotdan olingan m a’lu­
    mot qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi. Bu jarayon til orqali 
    amalga oshiriladi. Til so‘z belgilari tizimi bo‘lib, u muloqot ja­
    rayonida psixik faoliyat mahsuli bo‘lib yuzaga keladi. Nutqning 
    o‘ziga xos turlari mavjud — tashqi, ichki, og‘zaki, yozma va hokazo. 
    Kommunikativ jarayonda o‘zaro munosabatga kirishuvchilarni 
    bir-birlari tushunishlari juda muhimdir.
    Buyuk fransuz yozuvchisi Antuan Sent Ekzyuperi: «Muloqot 
    bu shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi», deb yozgan 
    edi. So‘zning mohiyati haqida Sa’diy Sheroziy: «Aqllimisan yoki 
    ahmoq, kattamisan yoki kichik buni biror so‘z aytmaguningcha 
    bila olmaymiz» degan edi. Yozma nutq insoniyat tarixida og‘zaki 
    nutqdan ancha keyin paydo bo‘lgan. Yozma nutq fanda foydala- 
    niladigan murakkab umumlashmalarning rivojlanishida, badiiy 
    timsollarni yetkazishda muhim rol o‘ynaydi. Nutq o‘zining fizio- 
    logik negiziga ko‘ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini 
    bajaradi. Nutqni programmalashtirish — nutqiy ifodaning, ya’ni 
    kishi bildirmoqchi bo‘lgan fikrning m a’naviy o‘zagini tuzishda 
    birinchi bosqich hisoblanadi, ikkinchi bosqich jumlaning sin- 
    taktik strukturasini tuzishdan iboratdir. Noverbal kommunikat- 
    siyaga — belgilarning optik-kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo‘l 
    harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pontomimika (qo‘l-oyoq, 
    tana harakatlari) kiradi. Jestlar — insonning qo‘l harakatlari bo‘lib, 
    u orqali insonning ichki holati, biror bir obyektga munosabati va 
    tashqi olamga yo‘nalganligi ifodalanadi. Mimika — inson yuz 
    harakatlarining bir qismi bo‘lib, u orqali insonning o‘ylari, xatti- 
    harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajjubi va hokazolar namoyon 
    bo‘ladi. Pantomimika — inson tanasi yoki uning qismlari yor- 
    damida ifodalanadigan harakatlar tizimidir. Tadqiqotlar shuni 
    ko‘rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so‘zlar 7 % ni, tovush 
    va intonatsiya 38 % ni, nutqsiz muloqot esa 55 % ni tashkil etadi. 
    Noverbal kommunikatsiyaning paralingvistik va ekstralingvistik 
    belgilar tizimi ham mavjud. Bular lokalizatsiya tizimi bo‘lib, u 
    ovoz sifatida uning diapazoni nutqdagi pauzalar, yo‘tal, yig‘i,
    82


    kulgu, nutq tempida namoyon bo‘ladi. Muloqotning maqsadga 
    ko‘ra, 8 ta funksiyasi mavjud:
    1. Kontakt.
    2. Aloqa o‘rnatish.
    3. Undovchilik.
    4. Koordinatsion.
    5. Tushunish.
    6. Amotiv (hissiy aloqa) hissiyotni o‘zgartirish.
    7. Ta’sir o‘tkazish.
    8. Munosabat o‘rnatish, o‘z o‘rnini anglash
    Pedagogik munosabat deganda pedagog va o‘quvchilar kol- 
    lektivi o‘rtasida o‘zaro birgalikdagi harakatning mazmunan ax­
    borot ayirboshlashdan, o‘quv tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish va o‘zaro 
    hamjihatlikni tashkil etishdan iborat sistemasi, usullari va mala- 
    kalari tushuniladi.

    Download 57.48 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish