Pedagogika va psixologiya p65




Download 57.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/43
Sana02.11.2023
Hajmi57.48 Mb.
#93022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARI

Tarbiya — bu tarbiyachi o ‘zi xohlagan sifatlarni tarbiya- 
lanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga m a’lum 
maqsadga ko‘ra tizimli ta ’sir ko‘rsatishi hisoblanadi.
Jahon pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tu- 
shuncha sifatida baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida 
turli nazariyalar mavjud. Tarbiyani kattalar (o‘qituvchilar, mu- 
rabbiylar va ota-onalar)ning bolalarga ta ’sir ko‘rsatish jarayoni 
sifatida tushunish eng ko‘p tarqalgan tendensiyadir. Bu o ‘rinda 
kattalar to ‘g‘ri deb hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maq- 
sadlar, vazifalar, norm alar va talablarga muvofiq tarzda ta ’sir 
k o ‘rsatish ko‘zda tutiladi, albatta. Tarbiyani bunday tushunish 
haqiqatga yaqinroq, biroq u bir tom onlam a xususiyatga ega b o ‘- 
lib, mazkur jarayonning faqat muayyan qismini aks ettiradi, xolos. 
Tarbiyaga bunday ta ’rif berishda bolaga kattalarning ta ’siri yo‘- 
naltirilgan obyekt sifatidagina qaraladi. Pedagogika ham tashab- 
buskor va m ustaqil shaxslarni tarbiyalashni nazarda tutadigan 
b o ‘lsa, tarbiyalanuvchi pedagogik jarayonda faol harakat qiluvchi 
subyekt rolini beradi.
Shaxsning o ‘zi, o ‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mav- 
qeyini tasavvur qilish orqali hosil b o ‘lgan obraz — «Men» obrazi 
deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi in- 
sonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyini belgilaydi va barkamollik 
mezonlari b o ‘lib hisoblanadi. «Men» — obrazining ijtimoiy psi- 
xologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va uning tar- 
biyalanganlik darajasi omillaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi 
nazardan olib qaralganda, tarbiya shaxsning o ‘zi va o ‘z sifatlari 
to ‘grisidagi tasavvurlarining shakllanish jarayonidir. Dem ak, har 
bir inson o‘zini, o‘zligini qanchalik aniq va to ‘g‘ri anglasa, tasavvur
8


qilsa, unda jamiyatning axloq normalariga zid harakat qilish eh- 
tim oli ham shunchalik kamayadi. Shunday ekan, bugungi kunda 
pedagogik nazariya va am aliyot m uam m olarini tadqiq qilish va 
yechimini topishda korreksiya(to‘g‘irlash) m uhim ahamiyat kasb 
etadi.
Ta’lim — maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o ‘tkazila- 
digan, o ‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurol- 
lantiradigan, bilim qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqa- 
rashini tarkib toptiradigan jarayon.
M a’lumot — ta ’lim -tarbiya natijasida olingan va tizimlashtiril- 
gan b ilim , hosil qilingan ko‘nikma va malakalar ham da shakl- 
langan dunyoqarashlar majmuyi.

Download 57.48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Download 57.48 Mb.
Pdf ko'rish