Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Pedagogika fanining maqsadi, vazifalari nimalardan iborat?
2. Pedagogika fani rivojiga hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir va pe-
dagog olimlarni aytib bering.
3. Pedagogikaning rivojlanib va boyib borishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
fanlarni aytib bering.
4. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari qanday?
5. Hozirgi kunda jamiyat rivojida pedagogikaning o‘rni qanday?
6. Pedagogika faning maqsadi,vazifasi, kategoriyalari, predmetlararo
bog‘liqligi bo‘yicha tarmoqlash metodikasi yoki «Nima uchun?»
metodikasi bo‘yicha ishlab chiqing.
11
1.2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
O ‘qituvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o ‘rni
O ‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o ‘z-
likni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o ‘zlashtirish
orqali shaxs bilan jamiyat o ‘rtasida uyg‘unlikni vujudga keltirish,
ehtiyojlarning xususiylikdan um um iylikka o ‘tishining qondiri-
lishi har jihatdan voyaga yetayotgan yoshlarning qobiliyatlari,
iste’dodlari, ichki imkoniyatlari, o ‘ziga xos individual-psixologik
xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdek, rivojlantirishni talab
etadi. Yosh avlodning shaxs va subyekt sifatida shakllanishi, aqliy
rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasini aniqlam asdan turib, o ‘rta
maxsus va oliy ta ’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish
mum kin emas. Jamiyatning infrastrukturalarida, guruhiy shaxs-
lararo m unosabatlarda dem okratiya prinsiplarining qaror topishi,
fuqarolar o ‘rtasida teng huquqlilik, subyektlilik, hamkorlik, ham-
dardlik (empatiya) mezonlari turm ush tarziga aylana boshlashi
kishilik dunyosining jahonshum ul ijtimoiy-tarixiy g‘alabasining
yorqin ifodasidir. Hozirgi davrda shaxsning robotlashuviga chek
qo ‘yilishi, o ‘zining mustaqil inson (subyekt) tarzida nam oyon
b o ‘lishi u chun m oddiy-m a’naviy negiz barpo etilishi, shaxsiy
dunyoqarash (ham ilmiy, ham diniy), barqaror e’tiqod, mustahkam
pozitsiya, qat’iy iroda, o ‘tkir va bukilmas g‘oyani egallashga im-
kon yaratdi. Ana shunday umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi
ijtimoiy voqelik, hodisa, ijtimoiy tasavvur va ehtiyoj mamlaka-
tim izda shaxsni markaziy figura sifatida tan olinishi va rivojla-
nishning harakatlantiruvchisi tarzida baholanishi pedagogik bi-
limlarning zaruratga aylanganligini anglatadi.
Insonshunoslik fanida inson-jamiyat, jam iyat-inson shaklida
o ‘zaro ta ’sirni taqozo etar ekan, birinchi va ikkinchisi ham to ‘g‘ri,
ham teskari aloqani o‘rnatishi joiz. Abdulla Avloniy o ‘z davrida
bashorat qilganini esga olsak. Agar pedagogika insonni har to-
monlam a tarbiyalashni xohlar ekan, unda insonni har tom onlam a
o ‘rganishi zarur. T a ’lim -tarbiya jarayonida barkam ol insonni
shakllantirish lozim, uning natijasi orqali m ustaqil fikrlovchi,
ijodiy izlanuvchi, kuchli irodali, ishchan, g ‘oyaviy e ’tiqodli,
m a’naviyati yuksak, pok vijdonli shaxsni kam ol toptirish joiz.
Chunki «subyekt-subyekt» munosabatni amalda qaror toptirmasdan
turib, tarbiyalanganlik darajasini aniqlash im koniyatiga ega
b o ‘lmaymiz. Bu o ‘rinda pedagogika katta aham iyat kasb etadi,
12
jam iyatning barkam ol shaxsni yetishtirishdek m aqsadiga mos
kelishi ayni m uddaodir.
Inson har qanday orzu istaklarga erishishi uchun bitta yo‘l
bor — bu maqsad. Aql-zakovatli, yuksak m a’naviyatli kishilarni
tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha ola-
miz, yurtimizda tinchlik, farovonlik va taraqqiyot qaror topadi.
T a’lim va m aorifni yuksaltirish, m illiy g ‘oyani ro ‘yobga chiqa-
radigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng mu-
him vazifalaridan biri ekanligini ko ‘rsatadi. Bu ulug‘vor vazifa-
larni amalga oshirish uchun O ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj-
lisining 1997-yil 29-avgustdagi IX sessiyasida qonuniy zamin
b o ‘lgan «Ta’lim to ‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi qabul qilindi. O ‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to ‘g ‘ri-
sida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilini-
shiga bir qator omillar sabab b o ‘ldi: birinchidan, biz yashayotgan
m uhitda ijtimoiy tuzum o ‘zgarishi b o ‘lsa, ikkinchidan, ijtimoiy
ishlab chiqarish va mulkka b o ‘lgan m unosabat o ‘zgardi, uchin-
chidan, eski mafkuraviy qarashlar yangi sharoitga javob bermay
q o ‘ydi, to ‘rtinchidan, ta ’lim m uassasalarida olib borilayotgan
tadbirlar ja h o n andozalariga mos ravishda tashkil qilinishni,
talabalarga milliy va um um insoniy qadriyatlar his-tuyg‘ularini
singdirib, ularni har tom onlam a barkamol, chuqur bilimga ega
mutaxassis etib tayyorlashni taqozo etdi.
M a’lumki, «Ta’lim to ‘g‘risida»gi Q onun 5 ta b o ‘lim 34 modda-
dan iborat. T a’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyil-
larida ta ’lim O ‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti soha
sida ustuvor deb e ’lon qilinadi, demak ta ’lim-tarbiya ishlari davlat
siyosatining asosiy prinsiplaridan biridir. T a’lim sohasidagi davlat
siyosatining asosiy tamoyillari:
— ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi;
— ta ’limning uzluksizligi va izchilligi;
— um um iy o ‘rta, shuningdek, o ‘rta maxsus kasb-hunar ta ’li-
mining majburiyligi;
— o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limining yo‘nalishini tanlash-
ning ixtiyoriyligi;
— ta ’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
— davlat ta ’lim standartlari doirasida ta ’lim olishning hamma
uchun ochiqligi;
— ta ’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan
yondoshuv;
13
— bilimli b o ‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish;
— ta ’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
T a’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan
ko‘zlangan maqsad barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdir.
Eng avvalo, ta ’lim tizimiga b o ‘lgan munosabatni tubdan o ‘z-
gartirish kerak. T a ’lim islohoti dem okratik o ‘zgarishlar, yangi
jam iyat barpo etish yo‘lidan dadil yetaklovchi, barchani hara-
katlantiruvchi ichki kuch b o ‘lmog‘i zarur. Shu jum ladan, ta ’lim-
tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki,
ularning turm ush tarzini ham o ‘zgartirish m um kin emas.
Yurtboshimiz ta ’lim -tarbiya islohoti zarurligi va muhimligi
haqida o ‘zining qator nutqlarida to ‘xtalib o ‘tadi. 1997-yil 29-
avgustdagi O ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiya-
sidagi nutqida aytilishicha, birinchidan, shu vaqtgacha amalga
oshirilgan tadbirlar talabga javob bermayotganligini, eski sho‘rolar
zam onidan qolgan ta ’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarash-
lardan va sarqitlardan to ‘liq qutula olmaganligimiz, ikkinchidan,
o ‘zgarishlar yuzaki b o ‘lib, ta ’lim-tarbiya va o ‘quv jarayonlarining
tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksiz
ta ’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muam molarini yechib ber-
maganligi, uchinchidan, amaldagi ta ’lim-tarbiya tizimimiz bu-
gungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talabla-
riga javob bera olmasligi kabilar ham bu islohotning zarurligini
ko‘rsatdi. Shu m unosabat bilan Y urtboshim iz «Barkam ol av-
lod — O ‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida so‘zlagan
nutqida ta ’lim -tarbiya tizim ida islohotlar o ‘tkazish zarurati va
omillarini asoslab berdi. «Ta’lim to ‘g‘risida»gi Q onun maqsadi
fuqarolarga ta ’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o ‘rgatishning huquqiy
asoslarini belgilash ham da har kimning bilim olish mumkinligi
kabi konstitutsiyaviy huquqini ta ’minlashdan iboratdir. Qonunning
birinchi b o ‘limi «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. U nda ta ’lim
sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish, peda-
gogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqlari, ta ’lim muassasasining
huquqiy maqomi, Davlat ta ’lim standartlari, ta ’lim berish tili kabi
masalalar o ‘z ifodasini topgan. «Ta’lim to ‘g‘risida»gi Qonunning
ikkinchi b o ‘limida ta ’lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan.
Respublikamizdagi ta ’lim tizimi: Davlat ta ’lim standartlariga mu-
vofiq ta ’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta ’lim
muassasalarini; ta ’lim tizimining rivojlanishini ta ’minlash uchun
zarur b o ‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassa-
14
salami; ta ’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek,
ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni qamrab oladi.
M azkur qonunning 10-moddasida ta ’lim quyidagi turlarda
amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. Qonunning ikkinchi b o ‘lim, o ‘n
birinchidan o ‘n yettinchi moddasigacha har bir ta ’lim turining
mohiyati qisqacha yoritib beriladi. U nda ta ’kidlanganidek, mak-
tabgacha ta ’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o ‘qishga
tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. M aktab-
gacha ta ’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat
m aktabgacha tarbiya bolalalr m uassasalarida ham da oilalarda
amalga oshiriladi. Umumiy o ‘rta ta ’lim majburiy bo‘lib, u quyidagi
bosqichlarda amalga oshiriladi: boshlang‘ich ta ’lim (I—IV-sinf-
lar); umumiy o‘rta ta ’lim (I—IX-sinflar). Um um iy o ‘rta ta ’lim
o ‘quvchilarning fanlar asoslari b o ‘yicha muntazam bilim olishlarini,
ularda bilim o ‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o ‘quv-ilmiy va umum-
madaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asos-
langan m a’naviy-axloqiy fazilatlarni, m ehnat k o ‘nikm alarini,
ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda b o ‘lishni va kasb
tanlashni shakllantiradi. Umumiy o‘rta ta ’lim tugallanganidan keyin
ta ’lim fanlari va ular b o ‘yicha olingan baholar ko‘rsatilgan holda
davlat to m o n id an tasdiqlangan nam unadagi attestat beriladi.
Qonunda o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi olish maqsadida har
kim umumiy o‘rta ta ’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar
kollejida o ‘qish yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega
ekanligi ta ’kidlanadi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari
egallangan kasb-hunar b o ‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda
bunday ish yoki ta ’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish
uchun asos b o ‘ladigan o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi beradi.
Akademik litseylarda o ‘quvchilar o ‘zlari tanlab olgan ta ’lim
yo‘nalishi b o ‘yicha bilim saviyalarini oshirish ham da fanni chuqur
o ‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o ‘zla-
rida shakllantirish imkoniyatiga ega b o ‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni
o ‘qishni muayyan oliy ta ’lim muassasalarida davom ettirish yoki
m ehnat faoliyatida ro ‘yobga chiqarishlari mumkin. Kasb-hunar
kolleji tegishli Davlat ta ’lim standartlari doirasida o ‘rta maxsus,
kasb-hunar ta ’limi beradi; o ‘quvchilarning kasb-hunarga moyil-
ligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan
kasb-hunar b o ‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini
beradi. Oliy ta ’lim ikki bosqichda yuqori malakali mutaxassis
tayyorlaydi: bakalavriat va magistratura.
15
Qonunning uchinchi b o ‘limi ta ’lim jarayoni qatnashchilarini
ijtimoiy himoya qilishga bag‘ishlangan b o ‘lib, unda ta ’lim oluv-
chilarni va ta ’lim muassasasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish,
yetim ham da jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni b o ‘lgan bo-
lalarni o ‘qitish masalalari qonuniy ifodasini topgan.
To‘rtinchi bo‘limda ta ’lim tizimini boshqarishdagi Vazirlar Mah-
kamasining ta ’limni boshqarish b o ‘yicha vakolatli davlat organ-
larining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko‘r-
satilgan b o ‘lsa, beshinchi bo‘limda yakuniy qoidalar ifodalab berilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi besh b o ‘limdan iborat b o ‘lib,
unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish omillari, dasturning
maqsadi, vazifalari va uni ro ‘yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar
tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, dasturni
ro ‘yobga chiqarishga oid chora-tadbirlar belgilab berilgan. Das-
turning uchinchi b o ‘limida kadrlar tayyorlashning milliy modeli
mohiyati yoritilgan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy
tarkibiy qismlari mavjud.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellek-
tual va m a’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq
b o ‘lgan uzluksiz ta ’lim tizimi orqali har tom onlam a barkamol
shaxs—fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Uzluksiz ta ’lim
m alakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi b o ‘lib,
ta ’limning barcha turlarini o ‘z ichiga oladi. Uzluksiz ta ’lim tizimi
inson va jamiyatning turli xil ta ’lim ehtiyojlarini qondirishi, bi-
limlarning qadr-qimm ati va mavqeyini ko‘tarish uchun keng im-
koniyatlar yaratib berishi, shuningdek, iqtisodiyotning o ‘zgaruv-
chan ehtiyojlari sharoitida um um ta’limiy, umummadaniy, kasbiy
va ilmiy asosda mutaxassislar tayyorlash yo‘li bilan fundamental
bilimlar berib, shaxsni ijtimoiy himoya qilishni ta ’minlashi kerak.
16
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari:
Birinchi bosqich — 1997—2001-yillarni o ‘z ichiga qamrab ol-
gan b o ‘lib, un da mavjud kadrlar tayyorlash tizim ining ijobiy
salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va
rivojlantirish u chun huquqiy, kadrlar jih atid an ilmiy-uslubiy,
moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan edi. Bu
bosqichda ta ’lim qonuni asosida ta ’lim tizimi va mazm uni qayta
ko‘rildi, umumiy o ‘rta va oliy ta ’lim uchun Davlat ta ’lim standart-
lari yaratildi, ta ’lim jarayoni didaktik va axborot ta ’minotining
yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish boshlandi, o ‘rta maxsus
ta ’lim uchun zarur moddiy-texnik, o ‘quv-uslubiy va kadrlar ba-
zasi tayyorlandi, ta ’lim muassasalari faoliyatiga baho berishning
reyting tizimi joriy etila boshlandi.
Ikkinchi bosqich — 2001—2005-yillarni o ‘z ichiga qamrab ol-
gan edi, unda milliy dasturni to ‘liq ro ‘yobga chiqarish, m ehnat
bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hi-
sobga olgan holda unga aniqliklar kiritish nazarda tutilgan edi. Bu
bosqich «sifat bosqichi» deb nomlanib, quyidagi vazifalarni amalga
oshirish m uhim deb belgilangan edi:
— majburiy um um iy o ‘rta va o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ’li-
miga, shuningdek, o ‘quvchilaming qobiliyatlari va imkoniyatlariga
qarab, tabaqalashtirilgan ta ’limga o ‘tishni to ‘liq amalga oshirish;
.— ta ’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pe-
dagog kadrlar bilan to ‘ldirish, ularning faoliyatida raqobatga asos-
langan m uhit vujudga keltirish;
— ta ’lim muassasalarining moddiy-texnik va axborot bazasini
mustahkamlashni davom ettirish, o ‘quv-tarbiya jarayonini yuqori
sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan
ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish.
Bu bosqichda ta ’lim xizmati ko‘rsatish bozorini shakllantirish
mexanizmlari to ‘liq ishga solinishi lozimligi bilan belgilandi. Ik-
kinchi sifat bosqichida belgilangan vazifalar imkoniyat darajasida
bajarilib, hayotga tatbiq etib kelindi.
U chinchi bosqich — 2005-yil va undan keyingi yillarni o ‘z
ichiga qamrab olgan b o ‘lib, unda to ‘plangan tajribani tahlil etish
va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivoj
lantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomil-
lashtirish va yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda o ‘qituvchiga qo‘yilayotgan m uhim talablardan
biri, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan tanishish, amalda qo‘l-
17
lash va shular orqali bolalarni mustaqil fikrlashga o ‘rgatishdan
iboratdir. XXI asrda o ‘qituvchidan keng bilimdonlik, puxta amaliy
tayyorgarlik, yuksak pedagogik m ahorat va ijodkorlik talab etiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida o ‘qituvchilik kasbi va uning
jam iyatda tutgan o ‘rniga obyektiv baho berilgan b o ‘lishiga qa-
ramasdan, ta ’lim-tarbiya jarayonida qanday insonni shakllantirish
lozim, ta ’lim-tarbiya natijasida inson qanday b o ‘lishi kerak, degan
savollarga m untazam javob izlash zaruriyati mavjudligicha qoladi
va asrlar osha mutafakkirlarimiz tom onidan yaratilgan «komil inson
tarbiyasi» g‘oyalariga hamohang ravishda rivojlantiriladi.
|