Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadi nimadan iborat?
2. G ‘oya va mafkuralarning tarixiy turlari haqida nimalarni bilasiz?
3. Milliy istiqlol mafkurasining bosh va asosiy g‘oyalari haqida gapirib
bering.
4. Milliy istiqlol mafkurasini o‘quvchilar ongiga qanday yo‘llar bilan
singdirish mumkin deb o‘ylaysiz?
5. Ta’lim-tarbiya jarayonida milliy istiqlol g‘oyasini o‘quvchilarga sing-
dirishga doir misollar keltiring (mutaxassislik faningiz asosida).
6. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalarini nimalar tashkil
etadi? Bu boradagi qarashlaringizni «Taklif va mulohazalar» rukni
ostida daftaringizga qayd qilib boring.
7. Quyidagi iboralarni izohlang:
«Vatani borning baxti bor, mehnati borning — taxti».
«Ona Yerning tuprog‘i ona sutidek aziz».
«Vataning tinch, sen tinch».
«Vatanning ostonasi oltin».
1.4. Shaxs kamoloti ijtimoiy biologik hodisa, pedagogik
jarayon obyekti va subyekti sifatida
Istiqlol tufayli o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan
jamiyatimiz kun sayin demokratlashib, davlat, jamiyat va shaxs
munosabatlari tobora ko‘proq demokratiya tamoyillariga asoslanmoqda.
T a’lim tizimi oldidagi davlat buyurtm asi O ‘zbekiston Res
publikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy g‘oyalarida
o ‘z aksini topgan. O ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to ‘g‘-
risida»gi Q onuni va K adrlar tayyorlash milliy dasturi yuksak
um um iy madaniyatga, kasb-hunar ko‘nikmalariga, ijodiy va ij-
tim oiy faollikka, m antiqiy m ushohada qilish ham da ijtim oiy
hayotdagi muammolarning oqilona yechimlarini topish mahora-
tiga ega b o ‘lgan, istiqbol vazifalarni odilona baholay oladigan,
kadrlar yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tom onlam a
barkamol, ta ’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda mu-
22
kammal o ‘zlashtirgan, m as’uliyatli fuqarolarni tarbiyalashni na-
zarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi. Y uqoridagi g ‘oya
ta ’lim tizim i oldiga bir qator aksiomatik vazifalarni ko ‘ndalang
qilib qo ‘ydi. Jumladan:
— uzluksiz ta ’lim tizim ini jam iyatda amalga oshirilayotgan
yangilanish, rivojlangan huquqiy-dem okratik davlat qurilishi ja-
rayonlariga moslash;
— ta ’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlar tizimi va maz-
munini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari-
dan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiya-
ning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
— ta ’lim oluvchilarni mantiqiy m ushohada qildirish jarayonida
m a’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va metodlarini
ishlab chiqish hamda joriy etishni hal etish vazifalarini amalga oshirish.
Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar va muas-
sasalar vujudga kelishi, inson manfaatlariga e’tibor jahon huquqiy
andozalari va milliy urf-odatlarning uyg‘unligida shakllanib borayot-
ganligi mustaqil O ‘zbekistonda ta ’lim sohasidagi islohotlar tantana
qilib borayotganligining belgisidir. O ‘zbekiston Respublikasining
mustaqil b o ‘lishi munosabati bilan maktablardagi ta ’lim-tarbiya
ishlari rivojlanib, takomillashib borayotir. Mamlakatimizda ijtimoiy
sohalarda o ‘tkazilgan ijobiy islohotlar natijasida shaxsning erkin
fikrlashi va mantiqiy m ushohada qilish ko ‘nikm alarini yanada
takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilishni kuchaytirish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
Shaxs erkin, mantiqiy izchillikda fikrlay olmasa, demokratik tamo-
yillar tantana qilmasa, shaxsning ta ’lim olish huquq va erkinliklarini
amalga oshirib b o ‘lmaydi. Biz uchun mustaqillik, eng avvalo, o ‘z
taqdirimizni qo‘limizga olish, o ‘zligimizni anglash, milliy qadriyat-
larni, urf-odatlarni tiklash, m o ‘tabar shu zaminda, tinchlik-oso-
yishtalikni, barqarorlikni saqlash. Shu nuqtayi nazardan, shaxsning
har tom onlam a kamol topishini amalga oshirish, yangicha fikr
yurituvchi erkin fuqaroni tarbiyalash davr talabi b o ‘lganligi bilan
belgilanadi va u quyidagilarda o ‘z aksini topadi:
1. Jam iyatim izda mafkuraviy tizim ning o ‘zgarishi, ijtimoiy
yangilanish erkin m ushohada yurituvchi shaxsga q o ‘yilayotgan
talablarga yangicha yondashish, qarash, munosabat, mezon, talab,
mohiyat, mazm un, shakl, atribut taqozo etishi.
2. Erkin m ushohada yuritish fenomenologiyasining ko ‘lami
kengayishi.
23
3.
Uzluksiz ta ’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiya-
lar, interfaol yondashuv asosida talqin qilinishiga, shaxsga ham
obyekt, ham subyekt sifatida qaralishiga ijtimoiy zarurat tug‘ilishi.
Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o ‘z xususiyati va
sifatlari bilan boshqalardan farq qiladigan muayyan jamiyatning
a ’zosi tushuniladi. Shaxs — ijtimoiy hayotning mahsuli. Odamning
insonlik jinsiga mansublik fakti esa, individ tushunchasi bilan
ifodalanadi.
Inson shaxsining eng xarakterli tom onlaridan b in uning indivi-
dualligidir. Individuallik deganda shaxs ruhiy xususiyatlarining
qaytarilmaydigan birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga
xarakter, temperament, ruhiy jarayonlarning o‘tib borish xususiyat-
lari, hissiyotlar, faoliyat motivlari, tarkib topgan qobiliyatlar kiradi.
Individ va shaxs o ‘rtasidagi o‘xshash tafovutlar: shaxsning bio-
logik va psixologik rivojlanishi; shaxsning jismoniy, aqliy, m a’naviy
kamol topish jarayoni; bolalik, o ‘smirlik va o ‘spirinlik yillarida
shaxsning kamol topishi.
Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon b o ‘lib,
u barcha tug‘m a egallangan miqdor va sifat o ‘zgarishlarini o ‘z ichiga
oladi. Rivojlanish deb, bola vaznining oshishi, suyak va muskul
tizimining, tanosil a’zolarining, nerv funksional faoliyatining ka
mol topishi, aql-zakovatining shakllanishiga aytiladi.
Bolaning jismoniy rivojlanishida uning b o ‘yi o ‘sadi, vazni va
muskul kuchi ortadi, sezgi organlari m ukammallashadi, hara-
katlarni to ‘g ‘ri boshqara oladi. Bolaning ruhiy rivojlanishida
shaxsidagi psixik sifat va belgilar shakllanadi, hissiy-irodaviy, bilish
jarayonida m uhim o ‘zgarishlar yuz beradi. Bolaning ijtim oiy
rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda, uning xulqida,
tevarak-atrofga b o ‘lgan munosabatida, ayniqsa, jam oa ishlarida
qatnashishida namoyon b o ‘ladi.
Ajdodlarimizning komil inson haqidagi axloqiy talablar maj-
muasi — sharqona axloq kodeksi, O ‘zbekiston Respublikasi Kadr
lar tayyorlash milliy dasturida sog‘lom avlod tarbiyasi haqida o‘l-
mas g‘oyalar keltirilgan.
H ar bir inson shaxs sifatida turlicha nam oyon b o ‘lar ekan,
uning ijtimoiy voqelikka, m ehnatga, kishilarga, jamiyatga b o ‘lgan
m unosabati ham , faollik darajasi, axloq-odob borasidagi yetuk-
ligi ham turlichadir. Shaxs qaysi jam iyatda yashasa o ‘sha jam iyat
qonun-qoidalariga asosan kamol topadi. Pedagogika shaxsning
kamolotga yetishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi.
24
Shaxsning kamolga yetishida irsiyat, m uhit, maqsadga muvofiq
amalga oshiriladigan ta ’lim -tarbiya va nihoyat o ‘zining mustaqil
faoliyati ham m uhim ahamiyatga egadir. Shunday qilib, ijtimoiy
m uhitning shaxs shakllanishidagi o ‘rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy
belgilarning rivojlanishi hamda insoniy-ijtimoiy muhitda yashashga
bog‘liqligiga ko‘plab misollar keltirish m um kin. Inson bolasi, agar
ijtimoiy-insoniy muhitga emas, boshqa muhit, aytaylik, hayvonlar
m uhitiga tushib qolsa, un d a irsiy belgilarning ayrim biologik
ko‘rinishlari saqlanadi, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat
b o ‘lmaydi. Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning obyektiv
omillariga kiradi. O dam lar organizmdagi anatom ik tuzilishni,
fiziologik harakatni, asab tipini, asosiy shartsiz reflekslarni meros
qilib oladilar. Odam shaxsi va xulqining rivojlanishida biologik
omillarning rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog‘lab o ‘r-
ganuvchi bixeviorizm, progm atizm , biogenetik oqimlar b o ‘lib,
ularning ayrim vakillari odam bolasi ona pushtidaligidayoq b o ‘-
lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega b o ‘ladi desa, ayrimlari
ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o ‘tadi, deydi. Ba’zilari
esa, bolaning axloqiy jihatdan o ‘sishini ham irsiyatga bog‘laydi.
Biologik omilning inson shakllanishidagi o ‘rni m uhim va o ‘ziga
xos, irsiyatning ahamiyatini inkor etib b o ‘lmaydi, insonga xos
xususiyatlar aqliy va jismoniy m ehnat qobiliyati, tafakkur va nutq
ham tug‘m a o ‘tishi mumkinligi, lekin bu tug‘m a imkoniyatlar
rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida
yashashi, odamlar bilan aloqa qilishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi
va m a’lum axloq-odob qoidalariga amal qilishi lozimdir.
T a’lim-tarbiya insonning shakllanishida yetakchi rolni o ‘y-
naydi, ta ’lim-tarbiya natijasida irsiyat va m uhitning stixiyali ta ’siri
bera olmaydigan o ‘qish, yozish, m ehnat, malaka va ko‘nikmalar
egallanishi, hatto tug‘m a kamchiliklar ham m a’lum tom onga o ‘z-
gartirilishi (kar, ko‘r, soqovlarni o ‘qitish), m uhit ta ’sirida yuzaga
kelgan salbiy kamchiliklarni ham tugatish mumkin. Hozirgi kunda
yurtim izda qobiliyatli, iste’dodli va iqtidorli bolalarga alohida
e ’tibor berilganligi, bu yoshlar O ‘zbekistonim iz kelajagi, deb
aytilayotganligi ham bejiz emas. «Nihol», Zulfiya mukofotlari,
Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy nomidagi va Prezident
stipendiyalarining joriy etilishi ham yoshlarga berilayotgan e’ti-
borning nam oyon b o ‘lishidir.
Shaxsning rivojlanishida «faoliyat», «faollik» tushunchalarining
o ‘rni beqiyos. Buyuk insonlar o ‘z sohalarida yuksaklikka erishish
25
uchun tinm ay m ehnat qilganlar. Inson o ‘z intilishi va faolligi bilan
yuksak cho‘qqilarga erishishi m um kin, qobiliyat va iste’dodni
ro ‘yobga chiqarish uchun ham o ‘z ustida ishlashi zarurdir.
T a’lim oluvchilarning shaxsiy-xarakterologik sifatlarini aniq-
lashning, hech b o ‘lmaganda, oddiy metodikasini egallash, uni
tatbiq etish, kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning m uhim unsurlaridan
biridir. Oliy va o ‘rta maxsus o ‘quv maskanlari o ‘qituvchilari, ko‘-
pincha, o ‘quvchi-yoshlarning aqliy qobiliyatlarini o ‘rganishga e’ti-
bor qaratadilar, ammo ularning tarbiyalanganlik darajalarini (keng
m a’noda) va xulqiy nuqsonlarini korreksiyalash muammolarini
uzluksiz ta ’lim tizimida yagona uzviylik va yaxlitlik nuqtayi nazari-
dan talqin qilishga, uning yechimlarini topishga urinishmaydi.
O ‘quvchilar va talabalarning aqliy rivojlanishlari ko‘p jihatdan mus
taqil fikrlashga, um um iy tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liq. U lar
ning tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish, m a’naviy-ma’rifiy
rivojlanish xususiyatlarini o ‘rganish, zarur b o ‘lsa, xulqiy nuqson-
larini bartaraf etish hozirgi davrning m uhim talablaridan biridir.
|