• 1.5. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi o ‘rni. Ijtimoiy tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mazmuni
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/43
    Sana02.11.2023
    Hajmi57.48 Mb.
    #93022
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
    Bog'liq
    PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARI

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
    1. Shaxs va individ bir-biridan nimalar bilan farq qiladi?
    2. Rivojlanish deganda nimani tushunasiz?
    3. Shaxs rivojlanishida biologik omilning o‘rnini qanday tushunasiz?
    4. Shaxs shakllanishida ijtimoiy muhitning ahamiyatini ko‘rsatuvchi 
    misollar keltira olasizmi?
    5. Shaxs rivojlanishida ta’lim va tarbiya qanday o‘rin tutadi?
    6. Shaxsning rivojlanishi uning faolligi bilan bog‘liqmi?
    7. Insonning shaxs va individ sifatlarini alohida yozing va izohlang.
    1.5. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi o ‘rni. Ijtimoiy 
    tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mazmuni
    «Tarbiya biz uchun yo hayot, 
    yo mamot, yo najot, yo halokat, 
    yo saodat, yo falokat masalasidir».
    A bdulla Avloniy
    Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli 
    b o ‘lgan va muayyan qonuniyatlarda nam oyon b o ‘ladigan ichki 
    aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. Tarbiya jarayoni shaxsni 
    maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tar-
    26


    biyalanuvchining shaxsiga m untazam va tizimli ta ’sir etish im- 
    koniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o ‘zaro bog‘liq ikki faoliyatni — 
    o ‘qituvchi va o ‘quvchi faoliyatini o ‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayo- 
    nida o ‘quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari va turli 
    qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xis- 
    latlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tar- 
    kib topadi, jismoniy kuch-quvvati mustahkamlanadi. Tarbiya ja- 
    rayonida o ‘quvchida jam iyatning shaxsga q o ‘yadigan axloqiy 
    talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qi- 
    linadi. Bunga erishish u chun o ‘quvchining ongiga (ta’lim ja- 
    rayonida), hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), 
    irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) 
    tizimli va m untazam ta ’sir etib boriladi. Tarbiyalash jarayonida 
    bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa, 
    maqsadga erishish qiyinlashadi.
    Taraqqiyot, ijtimoiy ong, aql-zakovat, yangilikka intilish hissi 
    tarbiyalanganlikning ham harakatlantiruvchisi, ham mexanizmi, 
    ham zarurat ekanligini ta ’kidlovchi omil b o ‘lib xizmat qilgan va 
    bundan keyin ham ko‘p funksional vazifani ado etaveradi.
    Tarbiyalanganlik — jamiyatda qabul qilingan axloqiy norma- 
    larga b o ‘ysunish va o ‘zgalarning nafratini qo‘zg‘atadigan xatti- 
    harakatlardan o ‘zini tiya bilish. Demak, tarbiyalanganlik barcha 
    ijobiy xulqlarni o ‘zida mujassamlashtirib, salbiy xulqlardan forig‘ 
    b o ‘lish demakdir.
    Yoshlarda axloqiy xislatlar bilan birga, umuminsoniy fazilat- 
    larni, m a’naviy sifatlarni tarbiyalashda pedagogik diagnostika va 
    kooreksiyalash faoliyatiga murojaat etish zarur. Buning uchun, 
    eng avvalo, inson fazilatlarining o ‘zaro munosabatlarini va o ‘rnini 
    aniqlab olm oq lozim. M a’naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, 
    iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. M azkur bilim- 
    lar, o‘z navbatida, inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib 
    borishiga olib keladi.
    Rejali va maqsadli o ‘qitish va tarbiyalash jarayonida natijalarni 
    aniqlash zaruriyati pedagogik diagnostikani vujudga keltirgan. O ‘z 
    ibtidosida bu natijalar oddiy pedagogik metodlar orqali aniqlangan.
    Tarbiyaviy m etodlar: so‘z orqali ifodalash, k o ‘rgazmalilik, 
    amaliy, nam una, rag‘batlantirish, jazo uslublari va h.k.
    Tarbiya jarayonida a n ’analar, udumlar, rasm-rusumlar va ta ’lim 
    muassasalarining roli. Vatan tug‘usini shakllantirish, ona tilimizga 
    muhabbat uyg‘otish, milliy qadriyatlarga hurm atni kuchaytirish,
    27


    ezgulik timsoli b o ‘lgan ayolni ulug‘lash, umum insoniy qadriyat- 
    larga, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish 
    va ilg‘or m adaniyatni shakllantirish, dinning dunyoviylik bilan 
    qarama-qarshi emasligini anglash, huquqiy madaniyat — sog‘lom 
    dunyoqarashning m uhim omili ekani to ‘grisidagi m a’lumotlarni 
    ko‘paytirish, m a’rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirish- 
    dagi im koniyatlari kengligini isbotlash kabi tam oyillar tarbiya 
    jarayoniga kiradi. Bunda:
    — aqliy tarbiya: bilim, ilm, malaka, ko‘nikma; aql, ong, fahm;
    — axloqiy tarbiya: axloq, odob, xulq, yaxshilik, adolat, insof, 
    diyonat, sharm, hayo, vatanparvarlik va boshqalar;
    — m ehnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ish- 
    bilarmonlik; aqliy ish, jismoniy m ehnat, foyda, maosh;
    — jismoniy tarbiya: chiniqish, sport o ‘yinlari; sog‘lom tan;
    — estetik tarbiya: go‘zallik, kiyinish, tozalik, yurish-turish, 
    saranjom-sarishtalik;
    — ekologik tarbiya: tabiat, atrof-m uhit, daraxtlar, qushlar, 
    o ‘rmonlar;
    — iqtisodiy tarbiya: tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof; 
    foyda, mulk, mulkka egalik;
    — huquqiy tarbiya: fuqaro, tenglik, to ‘g‘rilik, halollik, jinoyat, 
    jazo, huquq, burch.
    Tarbiya nazariyasi — pedagogika fanining bir qismi b o ‘lib, 
    tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masa- 
    lalarini o ‘rganadi. U Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pe- 
    dagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribasiga tayanadi. Peda­
    gogika tarixidan m a’lumki, ta ’limni tarbiyadan, tarbiyani rivojla- 
    nishdan ajratib b o ‘lmaydi.
    Tarbiya m a’naviy m anbalar va hozirgi zam on talablari eh- 
    tiyojlarini nazarda tutgan holda o‘qituvchining o ‘quvchi bilan aniq 
    bir maqsadga qaratilgan o ‘zaro amaliy va nazariy muloqoti h i­
    soblanadi. Tarbiyada tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyala- 
    nuvchilar ongiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga 
    muayyan suratda va tizimli ta ’sir ko‘rsatishi mumkin. M a’naviy 
    boylik moddiy boylikdan ming bor ustun, shu bois biz ta ’lim- 
    tarbiya masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida 
    yondoshmoqdamiz. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham mo- 
    hiyat e ’tibori bilan shu m aqsadni amalga oshirishga qaratilgan. 
    Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tom onidan 
    rejalashtiriladi va tartibga solinadi.
    28


    O ‘quvchining barcha xislatlarini shakllantirish yoki yo‘qotish 
    maqsadida shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo‘qotish uchun xiz- 
    m at qiluvchi manbalar izlab topiladi. Belgilangan maqsad uchun 
    xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarning qay birini va 
    qayerda ishlatish rejalashtiriladi. Bunday rejaga solinib olib bo- 
    rilgan tarbiya mohiyatini ta ’lim-tarbiya tizimi, jamiyat, insonlar- 
    ning intellektual, jismoniy faoliyati tashkil qiladi.
    Tarbiyaning birinchi xususiyati uning ko ‘p qirrali jarayon 
    ekanligi b o ‘lib, unda m aktab, oila, bolalar va o ‘smirlar tash- 
    kilotlari, m ahalla, keng jam oatchilik, kino-teatr, televideniye, 
    adabiyot va san’at ishtirok etadi.
    Tarbiyaning yana bir xususiyati uning uzoq m uddat davom 
    etishidir. T a’limdan farqli ravishda u bola tug‘ilganidan boshlanadi, 
    maktab yillarida, undan keyin va butun um r b o ‘yi davom etadi. 
    Tarbiyaning ta ’limdan farqlantiruvchi yana bir xususiyati shundaki, 
    u yaxlit holda va konsentrik asosda amalga oshiriladi. Tarbiyaning 
    turli tom onlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Boshlang‘ich sinfda 
    ham, o ‘rta va yuqori sinfda ham ayni bir narsa, masalan, do ‘stlik, 
    ahillik, vatanparvarlik va boshqalarni tarbiyalash ko‘zda tutiladi. 
    Tarbiyaning yana bir xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tom on- 
    lama xususiyatga ega b o ‘lib, unda bolaning o ‘zi ham faol ishtirok 
    etadi. Tarbiyada qarama-qarshiliklaming ko‘pligi yana bir xusu- 
    siyatdir. Bu qarama-qarshiliklar bolalarda o ‘z tushunchalariga mu- 
    vofiq dastlabki paydo b o ‘lgan sifatlar bilan tarbiyachi tom onidan 
    tarkib toptirilayotgan sifatlar, o ‘quvchilarga qo‘yilgan talablar bilan 
    uni bajarish imkoniyatlari o‘rtasidagi kurashlarda namoyon bo ‘ladi.
    Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyos- 
    dir. Mutafakkir olim Abu Nasr Forobiy ta ’lim-tarbiyaning asosiy 
    vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun 
    xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
    Jam iyat taraqqiyotida m uhim o ‘rin egallagan insonni tar- 
    biyalash, uni bilim olish, m ehnat qilishga undash va bu xatti- 
    harakatni sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Bu in- 
    sonning m ushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va aqlni pesh- 
    laydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va m a’naviy manbaga 
    aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka 
    erishib boradi, ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchi- 
    lardan uzoq davom etadigan m as’uliyat, sharafli m ehnat va qunt, 
    iroda talab etiladi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini 
    e’tiborga olishi zarur. Tarbiyaning samarali b o ‘lishi ko‘p jihatdan
    29


    jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning rivojlanishiga bog‘liq. M a’n a­
    viy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, ja ­
    miyatdagi m uhit va munosabat m uhim o ‘rin egallaydi. Bolalarda 
    taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota- 
    onaning ongi, m a’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi m uhim aha- 
    miyatga egadir. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samara- 
    dorligi tarbiyachining qanday m etoddan foydalanishiga bog‘liq.
    M etod, ya’ni usul axborot uzatish va qabul qilish xarakteriga 
    qarab:
    1. So‘z orqali ifodalash usuli.
    2. K o‘rgazmalilik usuli.
    3. Amaliy nam una usuli.
    4. Rag‘batlantirish va jazo usullariga b o ‘linadi.
    Bu usullar, o ‘z navbatida, quyidagi guruhlarga b o ‘linadi.

    Download 57.48 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




    Download 57.48 Mb.
    Pdf ko'rish