Pedogogik mahorat




Download 170.43 Kb.
Sana25.12.2022
Hajmi170.43 Kb.
#37049
Bog'liq
Rajabova Kamola
Buxoro davlat universiteti, Mustaqil ish mavzulari, Elektron hukumat.amaliy ish-2

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI FIZIKA YÒNALISHI 203-GURUH TALABASI KAMOLA RAJABOVANING PEDOGOGIKA FANIDAN “PEDOGOGIK MAHORAT”MAVZUSIDA
TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
Reja:
1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagogik mahoratning mazmuni va maqsadi.
2. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari.
3. Pedagogik qobiliyat.
4. O’qituvchining nutq madaniyati.
5. O’qituvchiga qo’yiladigan talablar.
1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagogik mahoratning mazmuni va maqsadi.
Agarda pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qaralsa, u holda birinchi o’ringa uning integral sifati – o’qituvchining mahoratidan iborat bo’ladi. Pedagogik mahoratga berilgan ta'riflar shuncha ko’p bo’lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir tomonlari albatta ifodalanadi.
Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog – o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis.
Pedagogik nazariyada o’qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan bogliq bo’lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy o’rin tutadi.
Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya printsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O’quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to’g’ri tanlab olishni,diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur. “Men faqat «buyoqqa kel»ni 15-20 xilda gapira olganimdan, aft, tashqi qiyofa va ovozni 20 ko’rinishda bera olganimdan sunggina xakikiy masterga aylandim,- deydi buyuk pedagog A.S. Makarenko.
Pedogogik mahorat – shaxsning pedagogik sifatlari majmui va o’qituvchi tomonidan kasbiy pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda samarali tashkil etishni ta'minlash bo'lib, u pedagogning faoliyat mohirligini eng yuqori cho’qisiga erishganligini bildiradi.
O’qituvchilik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir o’qituvchining muhim hayotiy o'rni, uning o'z ishining ustasi bo'lishdir.
O’qituvchi mahorati uning faoliyatida ko'rinadi. O’qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari va uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo'ladi.
Biroq mahorat — bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada Usta bo'lishi mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chohidagina go'zaldir.
Pedagogik mahoratga etishish o’qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi.
Pedagogik mahorat yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi.
«Pedagogik mahorat» bir kategoriya sifatida o'zining ilmiy asoslariga ega. Turli tadqiqotchilar ishlarida ayni bir hodisani tavsiflash uchun turlicha tushunchalardan foydalanish boshqacha ma'no va mazmun tomonlariga ega.
A.Zyazyun va NA.Lebedniklar shaxsning sotsial etukligi va kasbiy mahoratining o'zaro bog’liqligini isbotlab berdilar.
Mahorat talabalar tomonidan ularning sotsial etuklikka erishish darajasiga qarab bosqichma-bosqich egallanadi. Sotsial etuklik komponentlari pedagogik mahorat komponenti bilan quyidagi nisbatda bo'ladi.
Bo'lg’usi pedagogning sotsial etuklik komponentlariga ushbular kiradi:
*sotsial o'z-o'zini belgilash - o'zining pedagogik qobiliyatlari va e'tiqodini namoyon qilish;
*sotsial faollik — odamlar bilan ishlay qilish va boshqalarni tarbiyalash tajribasini takomillashtirish;
*sotsial masuliyat - o’qituvchining bilimdonligiga aylanadigan bilimlar.
Mahoratning shakllanish bosqichlariga:
*reproduktivlik (boshlang’ich),
* ijodiylik, ijodiy-novatorlik kiradi.
Pedagogik mahorat darajalari o’qituvchi ish darajasining davomi hisoblanadi:
* reproduktiv (o'ta past);
* moslashuvchan (past);
* lokal (chegaralangan)-
Pedagogik mahorat komponentlarini hosil qiladigan quyidagi malaka guruhlari farqlanadi:
* loyihalash;
* konstruktsiyalash;
* tashkilotchilik;
* muloqot;
* bilish va reflektivlik.
2. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
* Har bir talaba uchun dolzarb bo'lgan hayotiy mazmun rivojlanishini, talabaning shu rivojlanish kesmasida, harakat qila olishida, uning hayot mamunining ochilishi va amalga oshishida o’qituvchi qanday bilim bilan unga yordam ko'rsata olishini bila olish» qobiltyati;
* ayrim o’qituvchilar rivojlanish mazmuni va kesmasi integrasiyasi hisoblangan hamdajonli organizm sifatida talabalar (auditoriya va b.) guruhini uning rivojlanish va mazmun kasb eta borish jarayonida «ko'ra olish»qobiliyati;
* integral mazmuni va integral rivojlanish kesmasini idrok etish malakasi;
* o'zining organizmini yuksak darajada anglash. Auditoriya, talaba o'z istaklari, motivlari, afzal ko'rishi jihatidan ular uchun zarur bo'lgan haqiqiy axborotlarni ajrata olish malakasi;
shaxsiy xususiyatlar oqibati sifatida vujudga keladigan turli buzilish vaziyatlaridan idrokni chalg’itish;
* o'z sezgilarining nozik farqilanish imkoniyatlari vositasida yuqori his bilan boshqarish;
* keng boshqaruv repertuari, boshqarishning xilma-xil uslublari, axborotlarni uzatish «qurollari»: ovoz, hatti-harakat, mimika va boshqalarni egallash;
* kasbiy usullar va metodlarning keng jamg’armasi;
* metodologiyani egallash.
3. Pedagogik qobiliyat
O’qituvchining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy qobiliyatlarni talab qiladi.
Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati xususiy pedagogik qobiliyatlaiga bog’liq bo'ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi:
* obektga (talabaga) nisbatan sezgirlik;
* kommunikativlik — insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, xushmuomalalik;
* perseptiv qobiliyatlar — kasbiy etuklik, empatiya, pedagogik tuyg’u;
* shaxs dinamikasi — irodaga ta 'sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati;
* hissiy barqarorlik - o'zini boshqara olish;
* kreativlik — ijodiy ish qobiliyati.
O’qitish, o'iganish va o'igatish bo'yicha qobiliyatlariga quyidagilar kiradi:
* talabani tushunishini ko'rish va sezish hamda bunday tushunishning darajasini va xarakterini o'rnatish qobiliyati;
* o’quv materialini mustaqil tanlab olish hamda o’qitishning samara beruvchi usul va metodlarini belgilash qobiliyati;
* materialni etarli bayon qilish hamda uning barcha talabalarga tushunarliligini ta'minlash qobiliyati;
* talabalarning individualligini hisobga olgan holda o’qitish jarayonini tashkil etish qobiliyati;
* o’qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati;
* talabalarning katta odimlar bilan rivojlanishini tashkil etish qobiliyati;
* o'zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati;
* o'zining tajribasini boshqalar bilan baham ko'rish qobiliyati;
* mustaqil ta'lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati.
Pedagogik jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga quyidagilar kiradi:
* boshqa insonning ichki holatini to'gri baholash, unga hamdardlik bildirish, hamnafas bo'la olish qobiliyati (empatiya qobiliyati);
* tahlid qilish uchun namuna bo'lish qobiliyati;
* tarbiya jarayonida individual xususiyatlarni inobatga olish qobiliyati;
* muloqotning lozim topilgan uslubini hamda o'z o'rnini topish, kelisha olish qobiliyati;
* hurmat qozonish, ya'ni talabalar o'rtasida obro'ga ega bo'lish qobiliyati.
4. O’qituvchining nutq madaniyati
O’qituvchining nutq madaniyati, notiqlik san'ati va o'z fikrini og’zaki va yozma tarzda ifodalay olishi haqida mulohaza yuritishdan oldin til va nutq xususida ayrim ma'lumotlarni eslatish lozim.
Nutq madaniyati jamiyat hayoti va madaniyatining o'ta muhim ajralmas tarkibiy qismi, muayyan voqeligi, ko'rinishi sifatida alohida ahamiyatga egadir. U fikr almashish, muomala, so'zlash kabi kundalik, doimiy, zaruriy jarayonlarni o'z ichiga oladi, ularni «boshqaradi», ular orqali voqelikka aylanadi, ta'sir qilish quvvatiga ega bo'ladi.
Til va nutq o'zaro dialektik bog’liq ijtimoiy-tarixiy, ijtimoiy-psixik xodisalar bo'lib, til aloqa quroli sifatida, nutq esa aloqa usuli sifatida mavjuddir.
Nutq - bu til deb ataluvchi, ijtimoiy-individual noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari, imkoniyatlarining ob'ektiv borliq, tafakkur hamda vaziyat bilan o'zaro zaruriy, doimiy munosabatda namoyon bo'lishidir. Nutq-bu rasmiy tildir. U keng ma'noda so'zlardan, so'z birikmalari va gaplardan tashkil topadi.
Nutq madaniyati termini tilshunoslikda uch xil hodisani ifoda etadi:
1) madaniy nutqning, ya'ni nutqiy hodisaning nomi;
2) madaniy nutq tushunchasi bilan bog’liq va nutq madaniyati deb yuritiluvchi ilmiy muammoning nomi;
3) nutq madaniyati muammolarini o'rganish bilan shug’ullanuvchi sohaning, tilshunoslik fani bo'limining nomi.
5.O’qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar:
Oliy maktab o’qituvchisi shaxsiga jiddiy talablar qo'yiladi. Ular pedagoglar va psixologlar tomonidan chuquro'rganilgan. O’qituvchi shaxsiga qo'yiladigan eng muhim talab uning yuqori malakali bo'lishidir. Balki uningsiz pedagogik faoliyat yuritib bo'lmaydi. Oliy maktab o’qituvchisi ham shunday talablarga javob berishi kerakki, bunda talablar uni yuksak darajada bo'lg’usi mutaxassisni shakllantiradigan shaxs darajasiga ko'tarsin.
Oliy maktab o’qituvchisiga quyidagi muhim va doimiy talablar qo'yiladi:
* jamiyat rivojlanishining siyosiy, sotsial va iqtisodiy yo'nalishlarini to’g’ri baholay olishi;
* muayyan taraqqiyot davrida jamiyat uchun zarur bo'lgan bo'lg’usi mutaxassisni shakllantirish standartlarini egallagan bo'lishi;
* pedagogik faoliyatni sevishi;
* o'z sohasi bo'yicha maxsus bilimlarga ega bo'lishi;
* zakovatli bo'lishi;
* pedagogik tuyg’u;
* yuksak etuklik;
* umumiy madaniyat va axloqning yuksak darajasi;
* pedagogik texnologiyalarni mahorat bilan egallagan bo'lishi.
Pedagog shaxsiga qo'yiladigan qo’shimcha talablar: kirishib keta olish,san'atkorlik, quvnoqlik, yaxshi did va boshqalar.
Yuqorida sanab o'tilganlar, pedagog shaxsiga xos bo'lgan tug’ma xislatlar emas, balki ular pedagogning o'z ustida muntazam va betinim mehnati, ulkan xizmatlari natijasida yuzaga keltiriladi.
Download 170.43 Kb.




Download 170.43 Kb.