—
muayyan salohiyatga ega personalning bu salohiyatlarini muvaffaqiyatli ishga solishlari —
intilishlari, iste’dodlari va qat’iyatlarini hisobga olib, kar’eralarini rivojlantirishga imkoniyat yaratib
berish.
Personal kar’erasi bo’yicha qabul qilingan qarorlarni bajarish va rejalarni amalga oshirish Korxona
tizimining personal kasbiy tajribasiga ehtiyojini tahlil qilish
Korxonaning kar’era strategiyasini ishlab chiqish va bu to’g’risida
qaror qabul qilish
Personal kasbiy tajribasini tahlil qilish
Korxonaning kasbiy tajribaga bo’lgan ehtiyoji va bu ehtiyojni amalga oshirish imkoniyati
Korxona personali kar’erasini rejalashtirish
Kar’erani boshqarishni oqilona tashkil etish natijasida quyidagilar ta’minlanadi:
—
yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb
etish uchun keng imkoniyatlar;
—
yuqori malakali mutaxassislarning xizmat vazifalari va lavozimda o’sishlari
ta’minlanganligidan qoniqish hosil qilishlari natijasida ular o’rtasida qo’nimsizlikni kamaytirish;
—
personal bilan korxona faoliyati muvofikdashtirilishi natijasida mehnat unumdorligining
o’sishi.
Kar’era dinamikasi xodimning korxona yoki
tashkilot xizmat vazifalari, lavozimlari
pillapoyalaridan bosqichma-bosqich ko’tarilishini, bu dinamika sur’atini ifodalaydi. Bunda xizmat
vazifasi va lavozimga ko’nikish hamda uni egallash uchun odatda uch
yil talab qilinishi mezon
sifatida belgilab qo’yiladi.
Personal xizmat vazifasi yoki lavozimda besh yil bo’lganidan so’ng esa uning mehnat faoliyati
samaradorligida pasayish kuzatiladi. Shuning uchun dinamik kar’era deyilganda xodim, aksariyat
hollarda xar bir xizmat vazifasi yoki lavozimda 3—5 yil davomida bo’lishi tushuniladi.
Personal kar’erasini o’sishini boshqarish jarayoni (11.8-rasm) mantiqan bir-biri bilan bog’likdir.
Umuman olganda xodimning kar’erasi ishlab chiqarish faoliyati natijasi hisoblanadi. Xodim ishlab
chiqarish jarayonida xizmat vazifasida yoki lavozimda ko’tarilar ekan,
yangi texnika va
texnologiyalarni, ishlab chiqarish usullarini,
xizmat va lavozim vazifalarini, menejmentni, o’z
ijtimoiy rolini va hokazolarni egallaydi.