Photoshopda rgb ranglar tizimi haqida tushuntiring




Download 14.65 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi14.65 Kb.
#97797
Bog'liq
11-sinf
barauzer, Protektsionizm, Tashqi savdo siyosati, uning O’zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiy

Photoshopda RGB ranglar tizimi haqida tushuntiring
Ranglar bilan ishlash uchun bir qator tizimlar ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi qo’shiluvchi
ranglar tizimi deb ataladi. Xonadagi bir nechta chiroqlarni yoqsak, ular taratayotgan yorug`liklar qo’shiladi va xona yanada yorishadi. Agar bu chiroqlar turli rangda bo`lsa, bu ranglar qo’shilib, xona ulardan ko’ra yorqinroq (ochroq) rangga kiradi. Boshqa ranglami uchta asosiy rang: qizil (Red), yashil (Green) va ko‗k (Blue) ranglami turli nisbatda qo’shish bilan yaratish mumkin. Bu ranglarning nomlaridan qo’shiluvchi ranglar tizimi nomi RGB olingan: Bu ranglarning har birining yorqinligi 0 dan 255 gacha bo‗lishi mumkin. Natijada 256*256*256 ta (o’n olti milliondan ko’proq) ranglar hosil qilish mumkin. Masalan, yashil va ko’k ranglar qo’shilganda havo rang (ingliz tilida Cyan deb ataladi), qizil va ko’k ranglar qo’shilganda pushti (Magenta),qizil va yashil ranglar qo’shilib sariq ( ) ranglar paydo bo’ladi. Uchta asosiy rang qo’shilganda oq rang chiqadi. Qo’shiluvchi ranglar yordamida televizor va kompyuter monitori ekranidagi tasvirlaming ranglari hosil qilinadi. Rasm darslaridan bilamizki, oq qog’ozni bir necha rangdagi bo’yoqlar bilan bo’yasak, bu ranglar qo’shilib, to’qlashadi. Masalan, sariq va pushti ranglar bilan qog’ozni bo’yasak, qog’oz qizil rangga kiradi. Bunda ranglar oq rangdan ayriladi va bu ranglar tizimi ayriluvchi ranglar tizimi deb ataladi. Bu tizimda asosiy ranglar sifatida havo rang, pushti va sariq ranglar olingan. Bu uchta rang oq qog’ozga surtilganda qog’oz qora rangga kiradi. Lekin toza bo’yoqlar olish juda qiyinligi sababli bu uchta rangdan hosil qilingan qora rang biron bir bo’yoq tusiga kirib qoladi. Buning oldini olish uchun ayiriluvchi ranglar tizimida yuqoridagi uchta rang bilan birga qora rang ham ishlatiladi.
Natijada qora ranglar ko’p bo’lgan tasvirlami yaratishda boshqa rangdagi bo’yoqlaming sarflanishi ham keskin kamayadi.
Download 14.65 Kb.




Download 14.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Photoshopda rgb ranglar tizimi haqida tushuntiring

Download 14.65 Kb.