• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Plastmassa tovarlarining iqtisodiy samaradorligi




    Download 16.57 Kb.
    Sana20.12.2022
    Hajmi16.57 Kb.
    #36193
    Bog'liq
    iqtisodda tezis
    Bioxilma-xillikni saqlash masalalari. Reja, Tat, Makroiqtisodiyot tahlili va pragnozlash, Nizomiy nomidagi toshkent davlat, MENGA JUDA ZARUR, курс иши баённомаси (1), ЮТУҚЛАР РЎЙХАТИ , 4-kurslarga buyruqdan ko\'chirma (5), Andijon davlat universiteti rektori, METHODOLOGY GUIDE, 11-sinf darslik 2018, sintaktik aloqa, pratsedura, foydalanuvchim prat va funk

    PLASTMASSA TOVARLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI.
    OBITQORIYEV A.M., MO’MINJONOV M.M..
    Andijon davlat universiteti
    Plastmassalar — zamonaviy konstruktsion materiallar. Tabiiy yoki sintetik polimerlar asosida olinadigan materiallar plastik massalar (plastmassalar) deyiladi. Issiqlik bilan ishlov berish va mexanik ishlov berish natijasida plastmassalardan yuksak fizik-mexanik va ekspluatatsiya xossalariga ega bo‘lgan xilma-xil detal va ashyolar hosil qilinadi. Plastmassalar juda muhim konstruktsiya materiallari bo‘lib, xalq xo’jaligi turli sohalarini rivojlantirishda, birinchi navbatda mashinasozlikni rivojlantirishda juda muhim ahamiyatga ega.
    Plastik deformatsiya uslublari bilan ashyolarga aylantirish mumkinlik qobiliyatlari tufayli plastmassadan foydalanish koeffitsient metalldagi 0,76 - 0,92 o‘rniga 0,89 - 0,98 ni tashkil etadi, ya’ni plastmassaga ishlov berishdagi chiqit miqdori metallga ishlov berishdagi chiqit miqdoridan 3 – 4 baravar oz bo‘ladi. Plastmassalar bir qancha qimmatli xossalarga ega bo‘lganligi tufayli keng tarqalgan: zichligi oz, solishtirma pishiqligi, kimyoviy va elektr izolyatsion chidamliligi yuqori, tovush va issiq o‘tkazuvchanligi oz, ishqalanish koeffitsientlari diapazoni keng va boshqalar. Bundan tashqari plastmassalar optik va radioshaffof material hisoblanadi, qayishqoq va elastik bo‘la oladi, uni osonlik bilan biron buyumga aylantirish mumkin. Plastmassalarning ko’pchiligi mineral moy va benzin ta’siriga chidamli, ishqalanishga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi, tebranish yuki sharoitlarida durust ishlaydi. Zamonaviy mashinasozlikda sirpanish podshipniklarini, turli sisternalar, tormoz qurilmalari, kimyoviy mashina uskuna detallarini, turlicha idishlar, quvurlarni tayyorlashda plastmassa ishlatiladi. Qora metall o’rnida quyma plastmassa olinsa mehnat sarfi 5 – 6 baravar, mashina detallarining tannarxi esa 2 – 6 baravar arzonlashadi. Bundan tashqari plastmassadan tayyorlangan mashina-uskunalardagi tez yedirilib ketadigan ba’zi detallarning xizmat muddati 2 – 10 baravar ortadi. Elektrotexnika sanoatida polimerlardan konstruktsion va izolyatsion material sifatida foydalanish elektr mashinalarining ish unumini va puxtaligini oshirishga, kabel ishlab chiqarishda polietilen va polivinilxloridga almashtirish natijasida anchagina qora metall, mis va ayniqsa qo’rg’oshinni bo’shatishga imkon beradi. Avtomobilsozlikda metall o’rnida plastmassa olish natijasida avtomobil va avtobuslarning og’irligi ancha yengillashib, yonilg‘i va surkov moy materiallar tejaladi. Qurilmasozlikda plastmassani joriy etish natijasida metall tejashdan tashqari mitti maxsulotlar ishlab chiqarish, uning sifatini yaxshilash, sohadagi mehnat unumdorligini oshirish mumkin bo‘ladi. Kemasozlik sanoatida plastmassadan konstruktsion material, elektr va termoizolyatsion material sifatida foydalaniladi. Plastmassadan kema korpuslari va korpus konstruktsiyalari, kema mexanizmlarining detallari, qurilmalar tayyorlanadi. Qurilish va transportda plastmassa ishlatilishi natijasida qora va rangli metallardan, yogoch-taxta, sement, oyna, keramika va boshqa materiallardan foydalanish kamayadi, maxsulot tayyorlashga mehnat sarfining kamayishi va tannarxning arzonlashishidan kattagina iqtisodiy samara olinadi. Masalan, sanitariya-texnika asbob-uskunalarini ishlab chiqarishda foydalanilgan 1 tonna polimer o’rta hisobda 13 tonna qora va rangli metallni tejashga imkon berishi aniqlangan. Turli xil trubalarni ishlab chiqarishda metall o’rnida plastmassadan foydalanish tobora ko’proq ahamiyat kasb etib bormoqda. Po’lat va cho’yan o’rnida 1 tonna plastmassa truba ishlatish natijasida o’rta hisobda 5 – 6 tonna qora metall bo’shab, xom ashyo bazasiga ketadigan xarajatlar hisobga olinganida har bir kilogrammdan 1100 so’mni tejab beradi. Yengil sanoatda, mebel sanoatida, oziq-ovqat, sellyuloza-qog’oz sanoatida, qishloq xo’jaligida va boshqa sohalarda ham plastmassadan foydalaniladi.
    Xulosa qilib aytganda plastmassa tovarlarning noyob fizik-mexanik xossalari, uncha qimmat emasligi, ishlab chiqarish texnologiya jarayonining soddaligi, shu bilan birga plastmassa tovarlarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo resurslarining ko’pligi ham yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishga zamin bo’lmoqda.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    [1]. Salixov S.A. “Tovarshunoslik” (keng iste’moldagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari tovarshunosligi). Darslik. T: 2011, 345 bet.
    [2]. N.Xolmatov, N.Imomova. «Mikroiqtisodiyot» fanidan ma’ru­za­lar kursi. – T.: ToshDSHI, 2012, 121 bet.
    Download 16.57 Kb.




    Download 16.57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Plastmassa tovarlarining iqtisodiy samaradorligi

    Download 16.57 Kb.