Rezinaning mustahkamlik chegarasi havo harorati pasayishi natijasida
ortadi, elastikligi esa kamayadi va minus 80°C haroratda nolga teng bo‘ladi. Havo
harorati pasayishi oqibatida kelib chiqadigan asosiy noqulay lik rezina
elastikligining kamayishidir. Buning natijasida rezina materialning mo‘rtligi
ebonitning mo‘rtligiga yaqinlashadi. Ko‘pchilik rezina materiallar minus 45°C
haroratdayoq zarur chegaradagi deformatsiyalanish xususiyatini yo‘qotadi. Sovuq
ta’siriga chidamli kauchuk asosida olingan mahsulotlargina minus 50°C va undan
past haroratlarda zarur elastikligini saqlab qoladi. Bundan qish
mavsumida rezina
detallarga alohida e’tibor berilishi va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish
lozimligi kelib chiqadi.
Shuning uchun qish mavsumida rezina detallarni montaj va demontaj qilish bilan
bog‘liq bo‘lgan barcha ishlami bajarishdan oldin ularni xona haroratigacha isitib
olish lozim. Uzoq muddat turib qolgan yoki avtomobil ma’lum bir
muddat sovuqda
turib qolganida pnevmatik shinalarni qizdirish muhim ahamiyatga ega. Shinalarni
qizdirish bevosita avtomobil harakatlantirilib amalga oshiriladi, bunda
dumalayotgan shinalardagi uzluksiz deformatsiyalanish
issiqlik energiyasiga
aylanishi hisobiga shinalar qiziydi. Ammo avtomobil o‘rnidan qo‘zg‘algan
dastlabki paytda shinalar yetarli elastiklikka ega bo‘lmaydi, buning oqibatida
unchalik katta bo‘lmagan dinamik yuklanishlar ta’sirida shinaga osongina shikast
yetishi mumkin. Shuning uchun avtomobil o‘midan qo‘zg‘atilgan dastlabki
paytlarda yo‘lning xavfli burilishlari bo‘lmagan nisbatan
tekis uchastkalarida
kichik tezlik bilan harakatlanish va birdaniga tormozni bosmaslik tavsiya etiladi.
Avtomobillarni qish mavsumida ishlatishda benzin va moy ta’siriga
chidamli rezinalardan tayyorlangan detallarga yuqori ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo‘lish lozim. Chunki bunday rezinalarning sovuq ta’siriga
chidamliligi juda past bo‘lib, minus 20°C haroratdayoq mo‘rt bo‘lib qoladi. Bitta
avtomobilga sovuqqa chidamli va chidamsiz bo‘lgan shinalar o‘rnatish taqiqlanadi
(hatto belgisi bir xil bo‘lsa ham), chunki shinalaming qizish muddati turlichadir.
Haroratning 110-120°C gacha ko‘tarilishi natijasida rezinaning nisbiy uzayishi
ortadi, harorat 120°C
dan ortganida esa, rezinaning nisbiy uzayishi kamayadi.
Rezinaning nisbiy uzayishining ortib borishdan kamayishga o‘tishi 110-120°C
haroratda kauchuk makromolekulalari orasidagi oltingugurt ko‘priklari qisman
uzilishi bilan tushuntiriladi. Buning natijasida rezinaning elastikligi birdaniga
kamayishi bilan birga plastiklik xususiyati ortadi.
Harorat ortishi bilan rezinaning ekspluatatsion
xususiyatlari faqat yomon
tomonga o‘zgaradi - rezinaning mustahkamligi, yemirilishga qarshi turg‘unligi va
qattiqligi pasayadi, qoldiq uzayishi va, umuman, deformatsiyalanishi ortadi.
Rezina 20°C dan 100°C
gacha qizdirilganida, uning uzilishdagi mustahkamligi ikki
va hatto uch barobarga pasayadi. Shuningdek, harorat 20°C dan 100°C ga
o‘tkazilganida, rezinaning yemirilishga qarshi turg‘unligi va qattiqligi yanada
yomonlashadi.
Natijada, harorat ortishi bilan avtomobil shinalarining bosib o‘tadigan
masofasi
kamayadi (13. 5- rasm).