Rezinalaming qattiqligini aniqlashda Shor A (TM-2) qattiqlik o‘lchagich
asbobidan foydalaniladi. Shor A qattiqlik o‘lchagichining
tuzilishi sodda, kichik
o‘lchamli asbobdir. Bu asbob yordamida sinov o‘tkazilganida, qattiqlikni
o‘lchagich ignasi namuna sirtiga botiriladi va uning botishiga ko‘rsatilgan qarshilik
o‘lchanadi. Asbob shkalasi qattiqlikning 0-100 shartli birligi bilan darajalangan.
Bu asbob juda ko‘p ishlatiladi, chunki sinash natijalari hech qanday hisob-kitobsiz
asbob shkalasidan tez va oson yozib olinadi. Shor A qattiqlik o‘lchagichi (13. 3-
rasm) metall korpus 10 dan iborat bo‘lib, unda asbobning
barcha mexanizmlari
joylashgan. Korpusning pastki tekisligiga teshikli shayba 2 mahkamlangan, un-
dan igna 1 chiqib turadi. Tekshirilishi lozim bo‘lgan buyum (material) ustiga asbob
qo‘yiladi va kallak 6 bosilganida, igna ko‘rinishidagi prujina 5 ning bosimi ostida
buyumga botadi. Bunda tishli reyka 4 tishli g‘ildirak 3 ni aylantiradi va strelka 8
asbob shkalasi bo‘ylab harakatga keladi. Shkala 20 ta teng bo‘lakka bo‘lingan
bo‘lib, har bir bo‘lak orasi 5 shartli birlikka teng. Igna toblangan po‘latdan
ishlangan kesik konusli uchi o‘tkir metall bo‘lib, u kor- pusdan 25 ± 0,05 mm
tashqariga chiqib turadi.
13. 3- rasm. Shor A (TM-2) qattiqlik o‘lchagich asbobi (
tuzilishi):
1 - igna; 2 - shayba; 3 - tishli g‘ildirak; 4 - tishli reyka; 5 - prujina; 6 - kallak; 7 -
plastinka; 8 - strelka; 9 - shkala; 10- korpus; 11 - asbobni tekshirish uchun nazorat
maydonchasi.
Asbob komplekti ichida prujinali nazorat maydoncha 11 bo‘lib, u o‘rtasida
kichik teshikchasi bo‘lgan shayba bilan tugaydi. Qattiqlikni o‘lchagichning
plastinka va shaybasi nazorat maydoncha tekisligi bilan to‘qnashganida, asbob
ignasi maydonchaning shayba teshigi ichiga kiradi.
Asbob kallagiga bosilganida,
strelka maydoncha yon tomonida joylashgan shkaladan qattiqlik sonini ko‘rsatadi.
Shor A qattiqlik o‘lchagich asbobining ishlash tartibi quyidagicha: sinaladigan
buyum tekis metall yoki shisha tekislik ustiga qo‘yiladi. Nina uchi sinaladigan
rezina namunasi bilan to‘qnashtiriladi. So‘ngra qattiqlikni o‘lchagich kallagi qo‘l
bilan
sekin bosilib, asbob shaybasi va plastinkasi sinaladigan rezina namunasi
tekisligi bilan to‘liq to‘qnashtiriladi. Bunda shayba va plastinka tekisligi
sinalayotgan namuna tekisligiga parallel bo‘lishi lozim,
aks holda, igna sirtga
vertikal bo‘lmaydi. Ignaning namunaga botish chuqurligi qattiqlik o‘lchagich
shkalasidan strelkaning ko‘rsatishiga qarab shartli birliklarda belgilab olinadi.
Sinalayotgan namunaning qalinligi 6 mm dan kam bo‘lmasligi lozim.
Xom rezinadan buyumlar tayyorlashni osonlashtirish maqsadida unga
maxsus
ishlov beriladi, ya’ni kauchuk zarur miqdorgacha yumshatiladi. Bunday
rezinaning qattiqligini o‘lchashda qattiqlik o‘lchagich asbobi ignasi namunaga
uzluksiz ko‘rinishda botadi, natijada asbob ko‘rsatkichi pasayib boradi va
bir necha
daqiqa vaqt o‘tgach nolga yaqinlashadi. Vulkanizatsiyalash jarayonida rezinaning
plastikligi kamaya boradi va so‘nggi bosqichda butunlay yo‘qoladi, rezinaning
qattiqligi va elastikligi yangi oltingugurt porsiyalari reaksiyaga kirishishi natijasida
ortib boradi va tayyor vulkanizatsiyalangan rezinada ma’lum miqdorga erishadi.
Texnik talablarga binoan, qattiqlik o‘lchagich
asbobining ignasi
vulkanizatsiyalangan rezina materialida sezilarli iz qoldirmasa, bunday rezinaning
vulkanizatsiyalash rejimi to‘g‘ri tanlangan hisoblanadi. Rezina materialning
haddan tashqari yuqori qattiqlikka ega bo‘lishi ham nonormal hol bo‘lib, bu holat
ortiqcha vulkanizatsiyalash deyiladi.